Qadimgi falsafiy fikrlar taraqqiy etgan mamlakatlardan biri
Yunoniston edi.
Qadimgi yunon falsafiy fikri dastlab Kichik Osiyo g‘arbidagi
Ioniya orolida vujudga keldi va rivojlandi. Milet Ioniya dengizi
qirg‘og‘ida joylashgan yirik shahar bolib, Yunoniston bilan Eron,
Misr, Vaviloniya va Qora dengiz bo‘yidagi mamlakatlar o‘rtasidagi
savdo va madaniy aloqalaming markazi edi. Milet falsafiy maktabi
ning asoschilari — Fales, Anaksimandr va Anaksimenlardir. Milet
maktabiga mansub faylasuflar uchun sodda dunyoqarash xos
bolib, borliq haqidagi ta’limotida yaqqol o‘z ifodasini topdi. .
Yuqorida nomlari tilga olingan Milet maktabining namoyan-
dalari borliq asosiga muayyan bir moddiy unsurni qo‘yadilar.
Masalan, Fales — suvni, Anaksimandr — apeyronni (cheksiz,
chegarasiz moddiy narsa), Anaksimen esa — havoni olamdagi
barcha narsalar mana shu moddiy unsurlaming turlicha holatidir,
deb tushuntirganlar. Shunisi ahamiyatliki, ular olamning moddiy
ligini va manguligini ham e’tirof etganlar.
Bu qarashlar keyinchalik Geraklit tomonidan rivojlantirilgan.
U Kichik Osiyoning Efes shahrida dunyoga kelgan (miloddan oldingi
530—470-yillar), Geraklit Milet maktabi namoyondalaridan farqli
3‘laroq, olamdagi"barcha narsa va hodisalarning asosi — o‘t (olov).
ieb ta’kidladi. Olamdagi narsa va hodisalarning cheksizligiga, turli-
tumanligiga/Geraklitning fikrieha, boshlang'ich o'tning mangu
harakati va o'zgarishi sababchidir. Biroq, uning falsafasidagi eng
qimmatli fikr — harakat,taraqqiyot haqidagi g'oya hisoblanadi.
Geraklitning fikrieha, olam doimiy harakat jarayonidan iborat.
Olamda doimiy o'zgarmas biron narsa yo'q, undagi hamma narsa
o‘sib, o‘zgarib boradi. Olamdagi bunday doimiy jarayonni Geraklit
daryodagi suv oqimiga o‘xshatadi. Uning fikrieha, oqib turgan
daryoga ikki marta tushib bo'lmaydi. Ikkinchi marta tushganda,
oldingi suvlar allaqachon oqib ketgan bo'ladi. Bu esa, dialektika
haqidagi dastlabki g‘oyalardir. Olam dialektikasi to'g'risidagi bu
tasavvur Geraklit tomonidan to'g'ri ifoda etilgan bo'lib, u hamma
narsa bor va shu vaqtning o'zida yo'q, chunki hamma narsa oqib
turadi, hamma narsa o'zgarib boradi, hamma narsa doim vujudga
keladi va yo'qolib ketadi, degan qarashdan kelib chiqadi.
Mana shu davrda atomistik ta’limot ham vujudga keldi.
Qadimgi Yunonistondagi atomistik ta’limotning asoschilari
Levkipp va Demoknt hisoblanadi. Masalan, Demokrit olamning
asosi atomlar (mayda, bo'linmas, moddiy zarrachalar) va bo'shliq-
dan iborat, turli-tuman narsa va hodisalar shu atomlarning turlicha
qo'shilishidan tashkil topgan, deb ta’kidlaydi.
Demokrit atomistik va deterministik g'oyalarini o'zining
kosmogonik nazariyasiga ham tatbiq etdi. Atomlar o'zlarining fazodagi
tartibsiz harakatlari jarayonida, bir tomondan, o'zaro to'qnashib,
bir-birini parchalab boradi. Ikkinchi tomondan, bir-biriga qo'shilib,
tuproq, suv, havo, o'tdan quyun shaklida harakatlanuvchi ko'p
dunyolarni vujudga keltiradi. Demokritning kosmogonik ta’limoti
(ayniqsa, Yer va unda hayotning paydo bo'lishi masalasida) garchi
sodda bo‘Isa-da, katta ilmiy ahamiyatga ega edi.
Qadimgi Yunonistonda ruhni, g'oyani olamning asosi sifatida
talqin etuvchi falsafiy qarashlar ham vujudga kelib, rivojlanib bordi.
Bunday falsafiy qarashlarning asoschilari Pifagor, Suarot,
Aflotundir.
QaSImgi Yunonistonda bunday dunyoqarashni rivojlantirib,
uni dastlab muayyan tizim holiga keltirishga harakat qilgan faylastif
Aflotun edi. Aflotunning falsafiy qarashlari, asosan, uning
„Bazm", „Teetet", ,,Fedon“ nomli dialoglarida, siyosiy qarashlari
esa, „Davlat“ va „Qonunlar" nomli asarlarida bayon etilgan.
Aflotun ta’limoticha, olamda „g'oyalar dunyosi“ birlamchi
bo'lib, hodisalar dunyosi esa, uning mahsuli, soyasidir. „G'oyalar
dunyosi" zamon va makonga bog'liq bo'Imay, mangu, harakatsiz,
o'zgarmasdir, u — haqiqiy dunyodir. Dunyodagi narsa va hodisalar
zamon va makonga bog'liq bo'lib, o'tkinchi tabiatga ega. Chunki,
ular vujudga keladi va yo'qoladi. Aflotun nuqtayi nazaricha,
„g'oyalar dunyosi“da eng oliy g'oya — yaxshilik va baxt g'oyasi —
Xudodir. Boshqa g'oyalarning hammasi u bilan bog'liq.
Aflotunning bilish nazariyasida ham muhim tomonlar bor.
Uning ta’limoticha, „g'oyalar dunyosi" aqliy bilish obyektidir.
Moddiy dunyo, narsalar to'g'risidagi tasawurlarimiz esa, hissiy
bilish orqali paydo bo'ladi. Aflotunning fikricha, hissiy bilish
haqiqat emas. Moddiy narsalarning boshlang'ich asosi, mohiyati
bo'Igan „g'oyalar dunyosi“ni faqat sof tafakkur orqali bilish
mumkin.
Aflotun Qadimgi yunon falsafasining eng yirik namoyondasi
hisoblanadi. Uning ta’limoti o'rta asrda va, ayniqsa, hozirgi zamon
falsafasidagi turli oqimlarning nazariy asosi bo'lib kelmoqda.
Aflotun falsafiy qarashlarini, xususan „g'oyalar" nazariyasini
birinchi bo'lib tanqid qilgan uning vatandoshi, falsafa rivojiga katta
hissa qo'shgan mutafakkir Arastudir (miloddan oldingi 384-322-
yillar). U sermahsul faylasuf bo'lib, ayrim asarlari bizning
davrimizgacha ham yetib kelgan. Arastuning yirik asarlari „Meta-
fizika" (yoki „Birinchi falsafa"), „Fizika", „Jon to'g'risida",
„Analitika", „Kategoriyalar", „Siyosat", „Ritorika" va boshqa-
lardir.
Shunisi diqqatga sazovorki, Arastu Aflotun ta’limotini tanqid
qilish bilan birga, umuman unga qarshi chiqa boshladi. Uningcha,
moddiy olam abadiy va obyektiv xarakterga ega bo'lib, hech qanday
Aflotun ,,g‘oya“siga muhtoj emas. Tabiat esa, moddiy asosga ega
bo'Igan narsalar yig'indisidan iborat, u har doim harakatda va.
o'zgarishdadir. Arastuning bilish nazariyasi ham muhim ahamiyatga
ega. Arastu Aflotunning bilish nazariyasini rad etib, moddiy dunyo
bilishning predmeti va sezgilarimizning obyektiv manbayi ekanligini
nazariy asoslab berishga harakat qildi.
Arastuning va umuman qadimgi yunon faylasuflarining jamiyat
va inson haqidagi qarashlari o'sha davrdagi hukmron ijtimoiy
munosabatlarga bog'liq edi. Ular jamiyatga nisbatan bo'Igan
qarashlarida quldorlik tuzumini mustahkamlashga urinadilar. Yunon
faylasuflarining ta’limoticha, jamiyatning qul va qul egalariga
bo‘liiiishi,' quldorlarning hukmronligi va qullarning qulligi tabiiy
holatdir. Qullar boshdan qul bo‘lib tugllganlar, shuning uchun
ham ular jismoniy jihatdan baquvvat, jismoniy mehnatga
qobiliyatlidirlar. Qullar o‘z tabiatlariga ko‘ra, axloqiy fazilatlardan
mahrum va yaxshilikka uquvsiz kimsalardir. Axloqiy fazilatlar, yaxshi
faoliyat faqat erkin kishilarga — qul egalariga xosdir.
Qadimgi yunon falsafasining bu cheklangan tomonini hisobga
olmaganda, ijtimoiy fikr taraqqiyotida yangi bosqich bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |