Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

Mudofaa devorlari. 
Yunon mudofaa va harbiy tarixida himoya devorlari va 
boshqa fortifikatsiya inshootlari muhim o‘rin tutadi. Yunon tarixini qadimgi davriga 
oid mudofaa inshootlari Troya, Mikeni, Tirinf va Afinada yaxshi saqlangan. Undan 
tashqari, Xersones, Eley, Metapont va Akrogant shaharlari devorlari asl holicha 
saqlanib qolgan. 
Tangalar. 
Yunoniston iqtisodiy tarixini o‘rganishda tangalar muhim o‘rin tutadi. 
XVIII asrda Venada o‘tkazilgan qadimgi yunon tangalari ko‘rgazmasida 70000 dona 
yunon tangalari kolleksiyasi namoyish etiladi. Qadimgi yunon tangalari iqtisod va 
savdo sohasidagi eng muhim ashyoviy dalildir. 
Arxaik davr yunon tangalari kumushdan bo‘lib, uning teskari qismida shahar ramzi 
yoki shahar nomining birinchi harfi tushirilgan. Ellin davri tangashunosligi arxaik davr 
tangashunosligidan farq qiladi. Ularda asosan hukmdorning surati va teskari tomonida 
esa yozuv va ramzlar tushirilgan. Tangalardan tashqari, tesserlar, ya’ni hozirgi kundagi 
chipta shaklidagi hujjatlar yaxshi saqlangan. Ular asosan sopol va metalldan 
tayyorlangan. Tesserlar ikki xil vaziyatda ishlatilgan: harbiy sohalarda kiyimlarga 
taqilgan bo‘lsa, kundalik hayotda teatr va dam olish joylariga kirish uchun ruxsatnoma 
vazifasini o‘tagan. Bizgacha yetib kelgan tesserlardan eng mashhuri Dionis teatriga 
kirish uchun ko‘rsatilgan tesserlardir. Ularda asosan yunon harflari yozilgan. Har bir 
tesserda bitta harf uchraydi.
Ostrakonlar. 
Ular sopol parchalari bo‘lib, Afina demokratiyasiga xavf soladigan 
siyosiy arbob, taniqli shaxslarga qarshi ovoz berishda ishlatilgan. Ular mil.avv. V 
asrga oid. Bizgacha yetib kelgan ortrakonlardan biri Femistoklga qarshi yozilgan. 
Qadimgi Yunoniston tarixini o‘rganishda faqat yuz bergan voqealarni qayd 
etadigan logograflarning asarlari ham muhim o‘rin tutadi. Logograflar mil.avv. VII–VI 
asrlarda yashaganlar. Ular o‘sha davr voqea-hodisalarini hech qanday izoh bermay 
tasvirlab, tarixni afsonalar bilan aralashtirganlar. Afsonalarga tarixiy voqealar deb 
qarab, unga ishonganlar. Mil.avv. VI asrning ikkinchi yarmida yashagan miletlik 
logograf Gekatey o‘z asarida Yunonistonning geografik xaritasini chizadi. Uning 
asarlaridan bizgacha ayrim parchalar yetib kelgan. 

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish