Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

3. Iqtisodiy-ijtimoiy hayot. 
Kritning ijtimoiy-siyosiy munosabatlari to‘g‘risida 
aniq ma’lumot yo‘q. Qadimgi Krit jamiyatida qullar bo‘lgani taxmin qilinadi. Kritda 
qul mehnatidan podsho xo‘jaliklarida foydalanilgani, uy qulchiligi mavjud bo‘lgani 
faraz qilinadi. Mil.avv. III ming yillikka borib taqaladigan Messara vodiysida mavjud 
bo‘lgan guruhiy qabrlar, Vasilikadan topilgan ikki qavatli uylar jamoa 
munosabatlarining uzoq vaqt mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi. Knoss saroyining 
o‘zida bir vaqtda 10 ming kishi yashagan.
Orolda qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangani ko‘rinadi. Topilgan qishloq 
qo‘rg‘onlari yirik yer egaligi va boy dehqonlar bo‘lganidan dalolat beradi. Fest shahri 
yonidan topilgan ko‘zaning sirtida, odatda, pishgan zaytun mevalarini urib 
tushiradigan panshaxasimon tayoq ko‘tarib kelayotgan bir to‘da dehqonlar mohirona 
tasvirlangan. Podsho saroylarining ko‘p sonli xonalaridan hunarmandchilik 
ustaxonalari topilgan. Kritda asosan uch soha: kemasozlik, kulolchilik va qurilish 
rivojlangan. Kritliklar mohir me’mor bo‘lib, ko‘p qavatli saroylar, ustaxonalar va 
omborlar qurganlar. Kulolchilik yuqori darajada rivojlanib, kulollar turli shakldagi 
buyumlar yasagan. Kulollar odam bo‘yidan baland qalin devorli xumlardan tortib, 
devori tuxum po‘chog‘idan ham yupqa nafis ko‘zalar yasaganlar. Ko‘zalarda rangli 
tasvirlar, ayniqsa, gullar, sakkiz oyoqlar (dengiz hayvoni) ustalik bilan tasvirlanadi.
Kemasozlar mil.avv. XVI–XV asrlarda suvda uzoq masofaga suzadigan dengiz 
kemalarini qurganlar. Knoss hukmdorlarining kuchli dengiz floti O‘rtayer dengizining 
sharqiy qismi – Sitsiliyadan Suriyagacha, Misrdan Atlantikagacha suzar edi. Kritliklar 
Misr, Suriya va Sharqiy O‘rtayer dengizining boshqa shaharlari bilan keng dengiz 
savdosini 
olib 
bordilar. 
Krit 
hunarmandchilik 
mahsulotlari 
namunalari 
Mesopotamiyadagi Mari shahridan topilgan. Misr devoriy tasvirlarida Krit (Keftiu) 
elchilari tasvirlanadi. Krit orolida esa Misr va Suriya hunarmandchilik mahsulotlari 
topilgan. Italiyaning Sitsiliya oroli va Kampaniya qirg‘oqlaridan topilgan Krit 
buyumlari g‘arbiy yo‘nalishda kritliklar qizg‘in savdo qilganlaridan dalolat beradi. 
Mil.avv XV asr o‘rtalarida Kritning ichki va tashqi ahvoli o‘zgaradi. Krit o‘zining 
Sitsiliya va Egey havzasidagi mavqeyini yo‘qotadi. Dengiz davlati yemiriladi. Shu 
vaqtda Fera orolida Kritdan 100 km shimolda (mil.avv. 1470-yil) vulqon otilib, uning 
natijasida ulkan to‘lqin – sunami 30 metr balandlikda qirg‘oqdagi shaharlarni yuvib, 
gullab-yashnagan Krit shaharlariga shiddat bilan yopirilib kelgan, deb faraz qilinadi.
Mil.avv. 1450-yillarda Kritni zaiflashganidan foydalangan Yunonistonning 
janubida yashagan axey qabilalari orolga bostirib kirib, Kritning siyosiy yetakchiligiga 
chek qo‘ydilar. Egey havzasi ikki asr mobaynida doriylar kelganlariga qadar axeylar 
hukmronligi ostida qoldi. Axeylar krit sivilizatsiyasining ajoyib yutuqlarini o‘zlashtira 
olmadilar. Ular krit san’atining yuqori badiiy qiymatini, go‘zallligini his qilishdan ojiz 


edilar. Aholi soni kamayadi, shaharlar bo‘shab qolib, sivilizatsiya epitsentri Egey 
dengizining boshqa havzasiga ko‘chdi.

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish