Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

6. TiraniY. 
Yunonistonda mil.avv. VIII–VI asrlarda xo‘jalik hayotidagi ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar siyosiy hayotga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Savdo, hunarmandchilik 
ishlab chiqarishining ilk rivoji hukmron tabaqa – katta yer egalari – oqsuyak zo-
dagonlarga qarshi turgan kuchli, ko‘p sonli savdo, hunarmandlar qatlamining paydo 
bo‘lishiga olib keldi. Milet, Efes, Korinf, Sikion, Megara, Afina shaharlari, Samos, 
Lesbos va Sitsiliya orollarida iqtisodiy o‘sish kuchli edi. Aynan shu joylarda kuchli, 
siyosiy faol shaxslar hokimiyatni noqonuniy tarzda zo‘ravonlik bilan bosib oldilar. 
Hokimiyatni noqonuniy, zo‘ravonlik bilan egallab, boshqarish shakli – «tiraniya» 
paydo bo‘ldi. Tiraniya mil.avv. VII asrda ayrim yunon shaharlari (Korinf, Sikion, 
Milet, Efes, Afina, Sirakuza, Megara, Argos)da keng tarqaldi. Zodagonlar ichidan 
chiqqan tiranlar urug‘ zodagonlari va xalq hokimiyatini keskin rad qildilar. 
Hokimiyatni bosib olgan tiranlar o‘zlarining raqiblari bo‘lgan oqsuyak urug‘ 
zodagonlariga qarshi shafqatsiz kurashdilar. Chunki bu vaqtda urug‘ zodagonlari ja-
moa-polisning eng uyushgan hamda boy va ta’sirli qismi edilar. Shu sababli, tiranlar 
o‘zlarining shaxsiy hokimiyatlari uchun eng xavfli deb, zodagonlar hokimiyatini 
hisoblar edilar. Tiranlar o‘z hokimiyatlarini kuch bilan ushlab turgan holda urug‘ 
aslzodalarining siyosiy-iqtisodiy hukmronligini zaiflashtirdilar. Tiranlar aslzodalarning 
kuch-qudratini zaiflashtirib, demosni kuychaytirdilar va o‘zlari istamagan holda 
hokimiyatlarining halokati uchun qulay shart-sharoit yaratdilar.
Xalq ommasi orasida mustahkam tayanchga ega bo‘lish uchun tiranlar kambag‘al 
qatlamlarni tirikchilik o‘tkazishi uchun shart-sharoitlar yaratdilar. Xalq ommasi 
tiranlarni yoqtirmas, lekin hurmat qilar edi. Ular aholini ish bilan band qilish 
maqsadida yo‘llar, kanallar, binolar qurilishi kabi jamoat ishlarini uyushtirdilar. 
Savdo-hunarmandchilik va qishloq xo‘jalik sohalarini bevosita qo‘llab-quvvatladilar. 
Tiranlar madaniyat, ma’rifat, qadimiy urf-odat, an’ana va diniy e’tiqodlarni rag‘bat-
lantirdilar. Ularning hukmronligi davrida yunon polislari o‘zlarining buyuk kelajaklari 
poydevorini qo‘ydi (Afina-Pisistrat davrida, Sirakuza-Gelon va Dionisiy davrida). 
Korinf va Samos shaharlarining gullab-yashnashiga tiranlar sababchi bo‘ldilar. 
Tiranlar boshqaruvga o‘z qarindosh-urug‘larini tortdilar. Ular boshqaruvda yollanma 
qo‘shinlardan foydalandilar. 
Sitsiliya orolidagi yunon-shahar davlatlaridan biri Sirakuza edi. Geron 
tiraniyasidan so‘ng shaharda demokratik tuzum qaror topdi va mil.avv. V asr 
oxirigacha davom etdi. Sirakuzaning raqibi Karfagen unga qarshi mil.avv. 409–405-
yillarda g‘olibona urush olib bordi. Sirakuzada og‘ir harbiy siyosiy vaziyat yuzaga 
kelib, hokimiyatni o‘rta tabaqadan chiqqan harbiy boshliq, 24 yoshli Dionisiy bosib 
oldi. Dionisiyning tiraniyasi 40 yil atrofida (mil.avv. 406–367-yillar) davom etdi. Bu 
davrda Sirakuza nafaqat Sitsiliyada, balki butun Yunonistonda eng yetakchi davlat 
birlashmalaridan biriga aylandi. Mohir siyosatchi bo‘lgan Dionisiy mil.avv. 398–392-
yillarda Karfagen bilan bo‘lgan urushda g‘alaba qozondi. Natijada Sitsiliyaning katta 
qismini bosib oldi. Janubiy Italiyadagi Regiy, Kavloniya va Kraton shaharlarini qaram 


qildi. Hatto Adriatika dengizining shimoli, Illiriya qirg‘oqlariga o‘rnashib oldi. 
Dionisiy Po daryosining boshida o‘z koloniyalarini barpo qiladi. Sirakuza Sitsiliyani 
Bolqon bilan bog‘laydigan savdo yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi.
Dionisiy davlat boshqaruvida xalq yig‘ini mavqeyini pasaytirdi. Muhim davlat 
ishlari Dionisiy oldida majlis qiladigan «do‘stlar kengashi»da muhokama qilindi. Tiran 
harbiy qo‘shinni nihoyat darajada mustahkamladi. Qo‘shin yaxshi qurollantirildi. 
Qo‘shinning 1/3 qismi yollanma askarlar edi. Harbiy flot 400 kemadan tashkil topdi. 
Dionisiy nozik ijtimoiy siyosat olib bordi. U barcha ijtimoiy qatlamlarning manfaat va 
ehtiyojlarini qondirishga harakat qildi. Yersizlarga yer berdi, harbiy o‘ljalarni xayr-
ehson qilib, xalq uchun bayramlar uyushtirdi. Sirakuza zodagonlariga mansablar berib, 
o‘ziga moyil qilishga urindi. O‘z muxoliflarini musodara qildi. Dionisiyning 
hokimiyati merosiy deb e’lon qilindi. Qudratli Dionisiy vafotidan so‘ng uning zaif 
o‘g‘lining hokimiyati ag‘darilib, Sirakuzada demokratiya qaror topdi. Dionisiyning 
o‘g‘li Dionisiy II Sirakuzani mil.avv. 357-yilgacha boshqardi. Hokimiyatdan mahrum 
bo‘lgach, Korinfda yashab, kambag‘allashib tilanchilik qildi va tirikchilik uchun 
bolalarni o‘qitdi.
Timoleon (mil.avv. 411–337-yillar) siyosatchi va sarkarda bo‘lib, demokratiyaning 
qizg‘in tarafdori edi. U mil.avv. 364-yilda Korinfda o‘z akasi tiran Timofanni 
o‘ldirishda qatnashdi. Mil.avv. 357-yilda Korinfning koloniyasi Sirakuzaga Dionisiy II 
ning tiraniyasiga qarshi va Sirakuzani bosib olishga urinayotgan qudratli Karfagen 
davlatiga qarshi urushga yuborildi. U Sirakuza, Leontina, Kanat shaharlarida tiraniyani 
tugatdi. Bu shaharlarni Sirakuza ittifoqiga birlashtirdi. Korinflik fuqarolarning katta 
qismini Sirakuzaga ko‘chirdi, Karfagen qo‘shinlarini mil.avv. 341-yilda tor-mor qilib, 
Karfagen bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. Shartnomaga ko‘ra Karfagenning mulklari 
Sitsiliyaning g‘arbiy qismi bilan cheklandi. Timoleon Sirakuzada demokratiyani qayta 
tikladi (mil.avv. 352–336-yillar). Uning vafotidan so‘ng shahar oldidagi xizmatlari 
uchun Sirakuzada unga haykal o‘rnatildi.
Yunon shaharlarida demos ma’lum darajada kuch to‘plaganidan so‘ng, o‘zlari 
yoqtirmagan tiranlarning hokimiyatidan yengil qutildilar. Tiraniya urug‘ zodagonlari 
bilan kurashda yetakchi rol o‘ynab, mil.avv. V asr boshlarida deyarli hamma joyda 
polis tuzumi o‘rnatilishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berdi va hokimiyatni 
topshirib, siyosiy sahnadan chiqib ketdi.

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish