Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Buyuk Yunoniston mustamlakachiligi



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

5.Buyuk Yunoniston mustamlakachiligi. 
 
Temir qurollarning xoj’alikda keng qo‘llanila boshlanishi dehqonchilik, 
ayirboshlash, hunarmandchilik rivojlanishiga olib keldi. Yunonlar ilk bor egey dengizi 
havzasiga chiqa boshladilar. Mil.avv. I ming yillikning boshlarida ilk bor finikiyaliklar 
begona hududlarda o‘zlarining tayanch nuqta (koloniya – manzilgoh)larini barpo qila 
boshladilar. Finikiyaliklardan so‘ng yunonlar ham bu jarayonda faol ishtirok etdilar. 
Koloniyalar begona hududlarda ularni tashkil etgan finikiyalik va yunon savdogarlari 
uchun savdo-sotiq olib boriladigan tayanch nuqtalar bo‘lib xizmat qilgan. 
Yunonlarning koloniyalarni barpo qilish faoliyati mil.avv. VIII–VI asrlarga to‘g‘ri 
keladi. Bu vaqt Buyuk yunon kolonizatsiyasi davri deb ataladi. 


Koloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari bor edi. Birinchi navbatda, 
Yunonistonning bir necha viloyatlarida aholining haddan tashqari ko‘payib ketganligi 
edi. Arxaik davrining boshlanishida aholi sonining keskin o‘sishi natijasida de-
mografik portlash yuz berdi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif rivojlanishi oziq-ovqat 
va boshqa mahsulotlarning taqchilligiga olib keldi. Yunonistonning o‘zida 
dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo‘lgan yerlar deyarli yo‘q edi. Shu sababli, 
aholining ortiqcha qismi begona hududlarga ko‘chib ketib, yangi yerlarni 
o‘zlashtirishga majbur bo‘ldi.
Buyuk yunon kolonizatsiyasining yana bir ijtimoiy sababi bor edi. 
Kambag‘allashgan jamoachi dehqonlar o‘zlarining boyib ketgan zodagon qarindosh 
(evpatrid)lariga qarzi uchun qul bo‘lishni xohlamadilar. Ular o‘zlarining qarzlari uchun 
garovga qo‘yilgan bir parcha yerlarini tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. Ular uchun 
yagona yo‘l boshqa hududlarga ketish edi. Arxaik Yunonistonning qishloqlari bu 
vaqtda ancha rivojlandi, ilk savdo, hunarmandchilik qilinadigan gavjum joy bo‘ldi. 
Ayirboshlash xo‘jalik hayotida sezilarli o‘rinni egallay boshladi. Boshqa joylar bilan 
mahsulot ayirboshlashni o‘ziga kasb qilib olgan kishilar paydo bo‘ldi. Shaharlar tarkib 
topdi.
Yunon shaharlaridagi tabaqaviy ijtimoiy-siyosiy kurash kolonizatsiya jarayonini 
yana bir sababi edi. Shaharlarning iqtisodiy taraqqiyoti ijtimoiy tabaqalanishni 
kuchaytirdi. Shahar aholisining turli tabaqalari o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy kurash 
kuchayib ketdi. Ayrim hollarda siyosiy kurashda yengilgan guruh shaharni tashlab 
ketishga 
majbur 
edi. 
Shuningdek, 
savdo-hunarmandchilikning 
rivojlanishi 
xomashyoga bo‘lgan ehtiyoj va tayyor mahsulotni sotish uchun yangi hududlarni izlab 
topish zaruriyatini tug‘dirdi. Bundan tashqari, arxaik davrda Yunonistonning ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyatlarida fuqarolarni qarzi uchun qul qilish qonun 
bilan taqiqlandi. O‘sib borayotgan iqtisodiyotni arzon ishchi kuchi – qullarga bo‘lgan 
talabini qondirish uchun begona hududlardan qullarni olib kelish boshlandi. Yunon 
kolonistlari ko‘p hollarda yangi qul bozorlarining tashkilotchilari bo‘ldilar.
Begona joylarda yunonlar o‘z tayanch nuqtalarini mahalliy aholi bilan kelishgan 
holda, ayrim hollarda kuch ishlatish yo‘li bilan barpo qildilar. Yunonlar begona 
hududlarda ba’zida mahalliy aholining qarshiligiga duch keldilar, ba’zida do‘stona 
aloqaga kirishdilar. Kiklad, Sporada orollari va Kichik Osiyo qirg‘oqlari dastlab 
yunonlar o‘zlashtirgani sababli, mil.avv. VIII asrda aholining ko‘chishi g‘arbda 
Sitsiliya va Janubiy Italiyaga, shimoliy-sharqda Qora dengiz qirg‘og‘iga tomon 
yo‘naldi. Janubiy Italiya mil.avv. VIII–VI asrlarda kolonizatsiya qilindi. Bu yerdagi 
kolonistlar o‘zlarining kelib chiqishlarini Pelepponnes axeylaridan deb hisoblar edilar. 
Yunonlarning koloniyalari asosan 3 geografik yo‘nalishda bordi: Shimoliy Qora den-
giz havzasi; Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘i va Apennin yarim orolining janubi va 
Sardiniya, Korsika va Sitsiliya orollarining ayrim qismlari.
Mil.avv. VII–VI asrlardagi kolonizatsiya jarayonida barpo qilingan yunon 
shaharlari xo‘jalikning bir necha yo‘nalishida rivojlandi. Janubiy Italiyadagi shaharlar 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga, Qora dengiz bo‘yidagi Milet 
koloniyalari savdoga ixtisoslashgan edi. Janubiy Italiyada Metapont va Sires, Sibaris, 
Posidoniya kabi yunon shaharlari qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanar edi. Bu yerda 


spartaliklar asos solgan Tarent shahri koloniyalar orasida yetakchi o‘rinni egalladi. 
Shahar Sparta shevasini va boshqaruv uslubini to‘liq saqlab qoldi.
Sitsiliya orolida Evbey Xalkidasi yunonlari mil.avv. 735-yil atrofida Naksos, 
Katanu va Leontiano, Zankli (keyingi Messana) hamda Regiy koloniyalarini barpo 
qildilar. Shimolda Gaetan qo‘ltig‘ida Qum shahriga asos solindi. Loklar Italiyaning 
Zefir burnida Zefir Lokri (hozir Kap Spartivento)ni, Korinf aholisi Sitsiliyaga vaqt 
o‘tishi bilan yunon g‘arbining bosh markazi va metropoliya rolini o‘ynagan Sirakuza 
koloniyasini barpo qildilar. Sirakuza o‘z navbatida, Akr va Kamerina koloniyasini 
barpo qildi. Megara Gibliya Megarasi va Seluninga, rodosliklar Agrigent shahriga asos 
soldilar. Shunday qilib, yunonlar Sitsiliyaning sharqiy va janubiy qismini egalladilar. 
Orolning g‘arbida bu yerga yunonlardan ilgari kelgan finikiyaliklar hukmronlik qilgan. 
Vaqt o‘tishi bilan orolning g‘arbida Finikiya yerlari qisqarib, faqat Finikiyaning uch 
nuqtasi: Solunt, Panorm (hozirgi Palermo) va Motiya qoldi. 
Mil.avv. VI asrda yunonlarning Italiya va Sitsiliya koloniyalari gullab-yashnadi va 
Bolqon Yunonistonidan ko‘ra, bu yerda savdo-hunarmandchilik va dehqonchilik 
yuqori darajada rivojlanib, Buyuk Yunoniston nomini oldi. Bu koloniyalarning gullab-
yashnashining asosi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan qishloq xo‘jaligi, savdo, hunarmandchilik 
edi. Sitsiliya va Italiyadagi yunon koloniyalaridan g‘alla Yunoniston va Kichik 
Osiyoga chiqarildi. Mil.avv. VII asrda Liguriya qirg‘og‘idagi Rodan daryosi havzasida 
fokiyaliklar Massiliya (hozirgi Marsel), Janubiy Italiyada Eleya shaharlariga asos 
soldilar.
Sharqda Xalkidika yarim oroli Evbeydagi Xalkida aholisi tomonidan, Epir 
qirg‘og‘idagi (hozirgi Korfu) Kerkira oroli korinfliklar tomonidan bosib olindi. 
Korinfliklar Ambrakiy qo‘ltig‘ida Ambrakiya va Anaktorn; Illiriya qirg‘og‘ida 
Appoloniya va Epidamn koloniyalariga asos soldilar. Qora dengiz qirg‘oqlarida Kichik 
Osiyodagi yunonlarning eng kuchli savdo markazi Miletning fuqarolari o‘nlab 
koloniyalarni barpo qildilar. Abidos, Sinop, Koteo, Kerasun va Trapezund; Qora 
dengiz shimoli, shimoliy-g‘arbiy qirg‘oqlarida Olviya, Appoloniya, Odessa, Toma, 
Tira, Feodosiya; Bosforda Kalxidon (megaralilar asos solgan); Qora dengizning 
Yevropa 
qirg‘og‘ida Vizantiy, Gerakleya koloniyalari qad ko‘tardi. Bu 
koloniyalarning asosiy mashg‘uloti savdo, hunarmandchilik va dehqonchilik edi. Qora 
dengiz shimolidagi yunon koloniyalari o‘z vatanlariga g‘alla eksport qildilar. Mil.avv. 
VII asrda Misrda ham yunonlarning tayanch nuqtalari vujudga keldi. Bu yerda 
Navkratis koloniyasi barpo qilindi. Shimoliy Afrikada Liviya qirg‘og‘ida shoir 
Kallimax va olim Eratosfenning vatani Kirenaga asos solindi. Ammo yunonlarning 
g‘arbga siljishini Karfagen, janubiy-sharqda esa Misr to‘xtatdi. Yunonlar janubiy 
Italiya, Korsika, Sardiniya va Sitsiliya orollari hamda unga yaqin joylarda etrusklar, 
finikiyaliklar va mahalliy aholining qarshiligiga duch keldilar.
Buyuk kolonizatsiya deb atalgan jarayon bilan bog‘langan ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy o‘zgarishlar qadimgi Yunonistonning keyingi taraqqiyotini belgilab berdi. 
G‘arb va Sharqda ko‘p sonli yunon koloniyalarining barpo qilinishi, O‘rtayer dengizi 
savdosidan finikiyaliklarning siqib chiqarilishi yunon savdosining o‘sishi, 
hunarmandchilikning yuksak taraqqiyotiga olib keldi. Tovar sotish bozorlari, 
hunarmandchilik mahsulotlari hajmi kengaydi. Ishchi kuchiga yanada ehtiyoj 
kuchayib, qullarning soni o‘sdi. Ellada iqtisodiyotining barcha sohalarida qul mehnati 


yetakchi o‘ringa chiqa boshladi. Zodagon oligarxiya ayrim polislarda boshqaruvni xalq 
tomonidan hokimiyat tepasiga chiqarilgan, o‘z shaxsiy hokimiyatini o‘rnatishga 
erishgan kuchli va faol shaxslar – tiranlarga topshirishga majbur bo‘ldi. Mil. avv. VI 
asrda arxaik davrning tugashi davrida ba’zi bir polislarda demokratik qurilishning ilk 
asoslari tashkil topdi. 

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish