Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


 Shaharlar va pul-tovar munosabatlari taraqqiyoti



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

3. Shaharlar va pul-tovar munosabatlari taraqqiyoti. 
Mil.avv. VII asrda Yunon 
shaharlarida savdo-hunarmandchilik tez sur’atlarda taraqqiy qildi. Shaharlar sezilarli 
darajada o‘sdi. Korinf va Afinada 25 ming, Miletda 70 ming, Sibaris shahrida 50 ming 
kishi yashar edi. Barcha shaharlar dengiz savdosi bilan shug‘ullangan. Bu 
kemasozlikning rivojiga sabab bo‘ldi. Mil.avv. VII asrda palubali ko‘p yuk 
ko‘taradigan kemalar paydo bo‘ldi. 50 eshkakli Finikiya pentekopterlari bilan bir 
qatorda «Iliada» dostonida eslatiladigan ikki qatorli eshkaklar – diyeralar, uch qatorli – 
trieralar paydo bo‘ldi. Mahsulot bilan to‘la kemani endilikda qirg‘oqqa tortib chiqarish 
mumkin emas edi. Shu sababli, mil.avv. VII asrdan port va gavanlar qurilib, langar 
(yakor)dan foydalanila boshlandi. 
Mil.avv. VIII asrda O‘rtayer dengizi savdosi finikiyaliklar qo‘lida edi. Sharq 
mahsulotlari mo‘l-ko‘l bo‘lib, yunon mahsulotlari ular bilan raqobat qila olmas edi. 
Mil.avv. VII asrda ahvol o‘zgardi. Yunon savdogarlari finikiyaliklar bilan raqobatlasha 
boshladilar. Yunonlar keramika, gazlama, zaytun va vino eksport qila boshladilar. Pul-
tovar xo‘jaligi, savdo o‘lchov birliklari tizimi va yozuvning shakllanishiga olib keldi. 
O‘lchov birligi, yozuv Bobil va Misrdan o‘zlashtirib olindi. Yunonlar Misrning o‘nlik 
sanoq tizimidan foydalandilar. Mil.avv. VII asrda ilk bor tanga pul paydo bo‘ldi. 
Birinchi to‘laqonli tangalar Kichik Osiyodagi Lidiyada zarb qilindi. Oltin va kumush 
aralashmasidan iborat elektron deb ataladigan tanga zarb qilindi. Tangalar uzunchoq 
shaklda, bir tomonida davlat ramzi, ikkinchi tomonida kvadrat tasviri tushirilgan edi. 
Yunonistonning pul birligini 436,5 gramm og‘irlikdagi mina tashkil qilgan. Bir mina 
8,73 g og‘irlikdagi 50 staterga bo‘lingan. 
Savdo-hunarmandchilik taraqqiyoti bilan ustaxona egalari va savdogarlardan iborat 
kuchli ijtimoiy qatlam vujudga keldi. Ular siyosiy hayotdan hukmron urug‘ 
zodagonlarini chetlatishga urindilar. Pul-tovar munosabatlari, savdoning rivojlanishi, 
Italiya, Sitsiliya va Qora dengizbo‘yidan arzon g‘allaning import qilinishi yunon 
polislarida qishloq xo‘jaligining ahvoli yomonlashuviga va g‘alla ekadigan 
dehqonlarning xonavayron bo‘lishiga olib keldi. Bu jamiyatda ijtimoiy tabaqalar 
o‘rtasida ziddiyatlarni keskinlashtirdi. 



Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish