Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

Xalq yig‘ini – appella. 
Xalq yig‘ini – appellada 30 yoshga yetgan barcha 
spartaliklar ishtirok etar edilar. Xalq yig‘ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror 
chiqarish huquqiga ega bo‘lgan. Faqatgina xalq yig‘inigina urush e’lon qilish huquqiga 
ega edi. Sparta appellasi masalalar qizg‘in muhokama qilinadigan, oddiy fuqaro faol 
so‘zga chiqadigan Afina xalq yig‘ini – ekklesiyasidan keskin farq qilar edi. Appellada 
oddiy spartaliklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar 
eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appellada fuqarolar masalani 
muhokama qilmas, bahslashmas edilar, faqat ular ovoz berar edilar. Spartaliklarning 
davlat qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan 
amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Likurg Sparta podsholaridan birining tog‘asi 
bo‘lib, o‘z jiyanining yoshi kichik bo‘lganligi uchun davlatni boshqargan. Likurg is-
lohotlarining asosiy maqsadi Sparta fuqarolarining hukmronligini ta’minlash edi. 
Shuningdek, qaram ilot va perieklarning norozilik chiqishlari va tashqi hujumni 
bartaraf qilishga qodir kuchli harbiy tashkilotni yaratish edi. Likurg spartaliklarning 
tengligiga raxna soladigan, mulkiy tabaqalanishga olib kelish ehtimoli bo‘lgan, savdo-
hunarmandchilikni cheklaydigan qator qonunlarni amalga oshirdi. Sparta fuqarolariga 
xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlandi. Fuqaro o‘ziga berilgan yer ulushida 
ilotlar yetishtirgan mahsulotlarni olib, o‘z ehtiyojini qondirgan. Hunarmandchilik bilan 
perieklar, dehqonchilik bilan ilotlar shug‘ullanganlar. Qaram ilotlar olingan mahsulot-
ning yarmini o‘z xo‘jayinlari yoki davlatga toshirganlar. Spartada katta binolar qurish, 
zeb-ziynat buyumlari, san’at asarlarini ishlab chiqarish keskin cheklangan. Kumush 
tanga o‘rniga savdo ishlari uchun noqulay, qo‘pol, katta temir bo‘laklari ishlatilgan. 
Bu tadbirlar savdo, hunarmandchilikning keskin cheklanishiga olib keldi. Faqat qurol-
aslaha ishlab chiqarish bundan soqit edi. Likurg spartaliklarning tengligini saqlab qol-
ish uchun boylik to‘plashni taqiqladi. Sparta to mil.avv. IV asrning ikkinchi 
yarmigacha shu holatda yashadi.
Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat majburiy edi. Spartaliklar 7 
yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy ta’limni o‘rganib, 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy 
xizmatda bo‘lganlar. Harbiy lagerda yashash bayram hisoblangan. Dushmandan tortib 
olingan o‘lja – ozuqa va ichimlik harbiy xizmatdagilar kayfiyatini yanada ko‘targan. 
Sparta jangchilari zich saflanib (falanga) gulchambar bilan bezalgan qizil kiyimda sur-
nay, musiqa bilan jangga kirganlar. Faqat jangda halok bo‘lganlar qizil kiyimda 
tantanali dafn etilganlar. Qo‘rqoq haqoratlanib obro‘sizlantirilgan. Kimdir jangda 
qo‘rqoqlik qilib qochsa yoki safni tashlab ketsa, u gimnastika o‘yinlarida, 
sissitiyalarda qatnashish huquqidan mahrum qilingan. Hech narsani sotib olishga jur’at 
qilmagan, xalqning oldida sazoyi qilingan. Sparta shahari devorlar, mudofaa 
inshootlari bilan o‘rab olinmagan, mudofaa faqat shahar fuqarolarining jasoratiga 
asoslangan. Spartaliklar shaharlarni qamal qilishni bilmaganlar va yoqtirmaganlar. 
Yuzma-yuz jang qilish ularning qoidasi bo‘lgan. Jangda qo‘shinning oldingi qismida 
ilotlar

perieklar borgan. Ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo‘lgan 
keksalar jangga kirishgan. Qayrilgan qilich, uzun nayza, zich saf – falanga va 
jangchilarning jasorati hamda mohirligi g‘alabani ta’minlagan.


Sparta qo‘shini mil.avv. VI–V asrlarda Yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan 
intizomli va kuchli qo‘shin edi. Qo‘shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo‘lingan. 
Harbiy qism tepasida harbiy boshliq (loxak) turgan. Qo‘shinga qo‘mondonlikni 
podsholar amalga oshirgan. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam 
bergan. Qo‘shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi. Suvoriylar urush vaqtida 
podsholarni 
qo‘riqlaydigan, tinchlik vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini 
ta’minlaydigan o‘ziga xos otliq gvardiyani tashkil etgan. 
Sparta Peloponnes urushidan so‘ng qisqa vaqt mil.avv. 404-yildan 379-yilgacha 
yunon dunyosida yetakchi o‘rinni egalladi. Mil.avv. IV asrning II yarmidan butun 
yunon dunyosini qamrab olgan ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar Spartaga ham o‘z 
ta’sirini o‘tkaza boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartaning 
harbiy qudrati mil.avv. 371-yilda Fiva bilan urushdagi mag‘lubiyatdan keyin zaiflashdi 
va tushkunlikka yuz tutdi.

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish