Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Sparta davlatida fuqaro tarbiyasi



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

3. Sparta davlatida fuqaro tarbiyasi. 
Spartaliklar o‘z vaqtlarini doimiy 
muntazam harbiy mashqlar va ovda o‘tkazib, chodirlarda yashar edilar. Sparta 
Yunonistonda yagona professional qo‘shinni tashkil qildi. Spartaliklarda fuqaroning 
davlatga sadoqat, qonunlarga so‘zsiz bo‘ysunish, katta yoshdagilarga hurmat, mutlaq 
jasorat ruhida tarbiyalash yo‘lga qo‘yildi. Likurg ta’kidlagan edi: «Spartalikni 
tarbiyalashning maqsadi goplitni shakllantirishdir». Spartaga a’lo jangchilar zarur edi. 
O‘smir yoshlar tarbiyasida birinchi o‘ringa jismoniy tarbiya qo‘yilib, faqat xor 
qo‘shiqlari, harbiy musiqa, shoir Terpandrning harbiy marshlari o‘rgatilar edi. 
Spartalik imkoniyat darajasida qisqa va aniq so‘zlashi uqtirilar edi (lakonizm). Sport 
tayyorgarligida ot sporti va atletika yetakchi o‘rinni egallagan edi.
Spartalikni tarbiyalash tizimi uch bosqichdan iborat edi: 
1. 7 yoshgacha bolalar ota homiyligi ostida. 7 yoshdan so‘ng davlat nazorati ostiga 
o‘tgan. 
2. O‘smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o‘smir (iren) boshchiligida 
maxsus guruhlar (il)ga kirgan. 
3. 16-20 yoshlarda o‘qitishning uchinchi bosqichi (ireniya)ga o‘tilgan. 
Bolaligidan kasal va jismoniy zaif bolalar ortiqcha yuk hisoblangani uchun ularni 
jarlikka uloqtirar edilar. Davlat tarbiyasining birinchi bosqichida 7-12 yoshgacha 
bolalarni agella («poda»)ga to‘plab, mashqlar va sinovlar muntazam o‘tkazilgan. Bu 
bosqichda bolalarda kuch va chidamlilikni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. 
Bolalar badani momataloq bo‘lgunicha kaltaklash, tan jarohati yetkazish marosimidan 
o‘tar edi. Kaltaklanayotgan og‘riqqa un chiqarmay chidashi, og‘riqni sezdirmasligi 
lozim edi. O‘smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o‘smir (iren) boshchiligida 
maxsus guruhlar (il)ga kirganlar. Ular g‘arib chaylada yarim och, juldur kiyimlarda 
o‘zlari yig‘ib kelgan qamish ustida uxlar edilar.
Harbiy mashqlar (qurollarni o‘zlashtirish, zich safda harakat qilish, tez 
harakatlanish va taktika) harbiy o‘qish kursi, sport va ov bilan to‘ldirilar edi. Bu 
davrda o‘qituvchilar spartalik yosh o‘smirlarda ilotlarga nisbatan mensimaslik, nafrat 
tuyg‘usini shakllantirganlar. Bu o‘qitish davri dala mashqlari (kriptiya) bilan 
tugallanar edi. Keyinchalik bu mashqlar ilotlarni yo‘q qilish marosimi shaklini oldi. 
Yosh spartaliklar mamlakat bo‘yicha daydishga yuborilganlar. Ular ilotlarning 
suhbatlarini yashirincha eshitishlari, ilotlar ichidan isyonchilik kayfiyatida bo‘lgan-


larini o‘z xanjarlari bilan o‘ldirishlari buyurilgan. Eng kuchli va jasur ilotlar maxfiy 
o‘ldirilgan. Ilotlar 9 ming sparta oilasiga xavf tug‘dirmasligi uchun bu ish muntazam 
amalga oshirilgan.
16-20 yoshlarda o‘qitishning uchinchi bosqichi (ireniya) boshlangan. Yosh 
spartalik yigit yer ulushi egasiga aylanar edi. Bu yer ulushi uni va oilasini boqishi 
kerak edi.
Ayollar tarbiyasi ham qat’iy va sodda bo‘lgan. Ayollarni kuchli, sog‘lom, chiroyli 
bo‘lishi uchun gimnastika mashg‘ulotiga asosiy e’tibor qaratilgan. Qizlar diniy 
marosimlarda qatnashganlar. Ularga ozgina qo‘shiq va raqs o‘rgatilgan. Lekin asosiy 
maqsad sog‘lom bolani dunyoga keltirish edi. Sog‘lom ona kuchli va to‘laqonli bolani 
dunyoga keltirishi shart edi. Sparta davlati bola tug‘ilishiga mukofot belgilab, 
farzandsizlik uchun jarimani kiritdi. Tarbiyaning qattiqligi o‘smirlarni Artemida ibo-
datxonasida har yili o‘tkaziladigan qiynoq sinovlarda o‘z aksini topgan edi. 
Sinalayotgan o‘smir qiynoqlarga dosh berishi va og‘riqni sezdirmasligi shart edi. 
Yosh yigit 20 yoshga yetgach, Sparta («Tenglar jamiyati»)ning to‘la huquqli a’zosi 
hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o‘tkaziladigan ovqatlanish (fiditiya yoki 
filitiya)larga ishtirok etishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy 
ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda 
o‘tirib, uksus, tuz qo‘shilib, qonda tayyorlangan cho‘chqa go‘shti bo‘tqasini iste’mol 
qilar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon 
polislari aholisiga nisbatan jismoniy va ma’naviy 364


ustunlik his-tuyg‘usi shakllantirilar edi. Yunon dunyosida spartaliklarni qat’iy 
intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmasdilar. 
Bosib 
olingan 
qaram 
viloyatlarning 
ilotlarga 
aylantirilgan 
aholisining 
qo‘zg‘olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning 
ongida bo‘ysunish hissini tug‘dirish uchun ularni tunda o‘ldirishni (kriptiya) e’lon qil-
ganlar. Yosh sparta yigitlari qishloqlarda tunda aylanib yurib, kuchli, isyonkor 
kayfiyatdagi ilotlarni o‘ldirganlar. Mil.avv. XI asrdayoq spartaliklar o‘zlarini har xil 
«yangiliklar»dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi 
dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatning o‘zgarmasligi 
uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va 
tomlari yog‘ochdan bo‘lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi. 
Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeyiga qarab, spartaliklar 
bir xildagi kalta yoping‘ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o‘zlarini teng deb 
hisoblardilar. Qonunga ko‘ra chet ellik Spartada belgilangan muddatdan ortiq 
qolmasligi, birorta ham spartalik vatandan tashqari uzoq yashash huquqiga ega 
bo‘lmagan.

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish