Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Solon islohoti va Afina quldorlik demokratiyasi



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
9-mavzu

3.Solon islohoti va Afina quldorlik demokratiyasi. 
 Solon islohotlari. 
Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag‘al qismi bo‘lgan 
oddiy demos o‘rtasida ijtimoiy ziddiyatlar kuchaydi. Drakont qonunlari Attika 
aholisining eng katta muammolaridan biri – qarz masalasini hal qila olmadi. Solon 
(mil.avv. 640–559-yillar) Attikaning eng qadimgi oilalaridan birining vakili bo‘lib, 
uning ajdodi podsho Kodriy sulolasiga borib taqalar edi. Yevpatrid Solon ancha yerga 
ega bo‘lib, savdo-hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, boylik to‘plagan edi. U 
harbiy qobiliyatga ega, ma’lumotli bo‘lgan va she’rlar yozgan. Solon mil.avv. 594-
yilda arxont vazifasiga saylanib, tub islohotlar o‘tkazdi. Solon, eng avvalo, 


«seysaxteya» (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amal-
ga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. Katta yer egaligi cheklandi. Yer 
ulushini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi. Solon islohotlari Afinadagi 
vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi. Ilgari 
qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar 
jamoa hisobidan pul to‘lanib, Afinaga qaytarildi. Solon qonli drakon qonunlarini bekor 
qildi, faqat odam o‘ldirgani va boshqa jinoiy ishlar uchun hamda kim kambag‘al 
bo‘lsa, ayol yoki qulni xafa qilgan bo‘lsa, bunday qonunlar saqlanib qoldi. Solonning 
qarori bilan vatan uchun urushda qurbon bo‘lganlarning bolalari davlat hisobidan 
tarbiyalangan. Yana bir qaror bo‘yicha vatan uchun jonini fido qilganlar tantanali danf 
qilingan. Bu qarorlar afinaliklarda vatanparvarlik tuyg‘ularining shakllanishiga xizmat 
qilgan.
Solon suyoqoyoq ayollarga maxsus uylarda ma’lum kasb bilan shug‘ullanishga 
ruxsat etdi.Faqat bu kasb bilan shugullanish uchun qa’tiy baholar va soliq to‘lash 
belgilandi. Xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantiradigan qator islohotlar o‘tkazildi. Pul 
islohoti, uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari takomillashtirilib, savdo-
hunarmandchilik rag‘batlantirildi. Attikadan chetga mahsulotlar sotish kuchaydi. Solon 
Attikadan g‘alla chiqarishni taqiqladi. Bu chora-tadbirlar Afina bozorida 
chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag‘batlantirdi va zaytun moyi, vino eksport 
qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. 
Vasiyatlar erkinligi to‘g‘risidagi qonun urug‘chilik aloqalarini zaiflashtirdi. 
Alohida oilalarning iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish 
meyori belgilandi. 
Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikaning barcha 
erkin aholisini daromad miqdoriga qarab, to‘rt toifaga bo‘ldi. Fuqarolarning huquq va 
majburiyatlari shunday taqsimlandiki, boy fuqarolar avvalgidek, to‘la hokimiyatga ega 
bo‘ldilar. Shu bilan birga, fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. 
Yangi yuqori tabaqaga mansub bo‘lish yer ulushidan yillik olinadigan daromadga 
bog‘liq bo‘ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlov berib, ko‘p hosil olish imkoniyatini 
qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak urug‘ga mansublik emas, 
balki aynan daromad miqdori, yerga mehnat qilish fuqaroning jamiyatdagi obro‘ining 
o‘lchov mezoni bo‘ldi. 
Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga yetgan erkin Afina fuqarolaridan sud 
maslahatchilari – gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo‘yicha oliy appelatsiya 
huquqiga ega bo‘ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo‘yicha hukm chiqara olar edi. Odam 
o‘ldirish bo‘yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo‘lida qoldi. 
Siyosiy huquq mulkiy senz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to‘rt toifaga 
ajratildi

1. Pentakosiomedimnlar – bir yilda 500 medimn g‘alla yoki 500 metret (bir metret 
– 39 litr) zaytun yog‘i oladigan fuqarolar.
2. Suvoriylar (gippeylar).
3. Zevgitlar – ikkita eshak aravaga ega bo‘lgan og‘ir qurolli piyodalar.
4. Fetlar – hunarmandlar. 


Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy 
arxont mansabiga faqat pentakosiomedimnlar da’vo qilishlari mumkin edi. Fetlar 
polisning bevosita boshqaruvidan chetlashtirildilar.
Xalq yig‘ini – eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini 
belgilashda mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko‘rsatish, maslahatchilar sudi 
(gelieya)da ishtirok etib, mansabdor shaxslarning suiiste’mollarini yo‘q qilishlari 
mumkin edi. Solon fuqarolarining siyosiy faolligiga jiddiy e’tibor berdi. U shunday bir 
qonunni qabul qildiki, bu qonunga ko‘ra kimki xalq harakatlari paytida kimnidir 
tomonini olmasa, u nomussiz deb e’lon qilingan. Bu qonun bilan Solon ko‘ngilchan 
odamlarning ijtimoiy ishlarga zararli loqaydligini oldini olmoqchi bo‘ldi. Chunki 
loqaydlik oqibatida zararli ishlar ustunlikka erishadi.
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi – maslahatchilar sudi 
(gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis 
boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo‘lmaganligi sababli 
zodagonlar hokimiyatini to‘la tugata olmadi. 
Solon islohotlari bo‘lg‘usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont va 
areopagning roli o‘zgarmadi. Polisning urug‘, fillarga bo‘linishi saqlanib qoldi. 
Islohotlar fillarda urug‘ huquqining yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi 
o‘z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o‘rgatmagan o‘g‘il 
keksaygan otasiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Solon qonunlari 
yog‘och taxtachaga yozilib, shaharga qo‘yildi. Afina fuqarolari bu qonunlarni 10 yil 
davomida o‘zgartirmaslikka qasam ichdilar. Shundan so‘ng Solon arxont vazifasini 
topshirib, Sharq mamlakatlari bo‘ylab uzoq sayohatga chiqdi. Bundan foydalangan 
oqsuyak zodagonlar shaharda oddiy xalqdan hokimiyatni tortib olishga harakat qildi.

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish