Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Klisfenning islohotchilik faoliyati



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
9-mavzu

5.Klisfenning islohotchilik faoliyati.
Pisistrat va uning o‘g‘illari tiraniyasidan so‘ng Afinada turli ijtimoiy qatlamlar 
o‘rtasida kurash kuchayib ketdi. Pisistrat va uning o‘g‘illarining 50 yillik (mil.avv. 
560–510-yillar) tiraniyasi ag‘darilganidan so‘ng, yevpatridlarning o‘z hukmronliklarini 
tiklashga urinishlari Afina demosining keskin qarshiligiga uchradi. Afinada taniqli 
bo‘lgan Alkmeonidlarning urug‘idan bo‘lgan Klisfen toifaviy tuzum sarqitlaridan xoli 
bo‘lib, Afinaning qudratini yangi Tiraniyani o‘rnatish bilan emas, aksincha, barcha 
fuqarolarning huquqlarda to‘la va mutlaq tengligini amalga oshirish bilan ta’minlash 
mumkin deb hisobladi. Shunday bir sharoitda demos qo‘llab-quvvatlagan Klisfen 
yangi islohotlarni o‘tkazdi (mil.avv. 509–507-yillar). Klisfen mil.avv. 509-yilda 
qo‘shimcha vakolatlar bilan Birinchi arxont lavozimiga saylandi. Uning islohotchilik 
dasturining asosiy maqsadi Solon asos solgan demokratik muassasalarni rivojlantirish 
va mustahkamlash, demokratiyani oligarxik to‘ntarish yoki tiraniyaning o‘rnatilishidan 
himoya qilish mexanizmini yaratish edi. U, eng avvalo, demokratiyaning ijtimoiy 
tayanchi sifatida Afina fuqarolik jamoasini mustahkamladi va kengaytirdi. U 
ma’muriy-hududiy islohotni amalga oshirdi. Azaldan mavjud bo‘lgan urug‘-
zodagonlari va badavlat boylarning hokimiyati tayanchi bo‘lgan to‘rt sinf (fillar) 
tugatildi. Klisfen Attika viloyatini geografik tuzilishi bo‘yicha har birini tarkibida 10 
dem (jamoa) bo‘lgan 10 fil (okrug)ga bo‘ldi. Fillarga chet elliklar va meteklar 
birlashtirildi. Shu bilan urug‘ zodagonlari hokimiyati tugatildi. Har bir fil o‘n demdan 
iborat bo‘lib, har bir dem oliy ma’muriy organ Besh yuzlar kengashiga 25 kishigacha 
a’zo saylagan. Afina ko‘ngilli qo‘shinlari tarkibi ham o‘zgardi. Uning asosiy qismini 
og‘ir qurollangan jangchi – goplitlar tashkil etdi. Ular ko‘p sonli uchinchi toifa 
zevgitlardan to‘ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan jangchilar va harbiy flot 
matroslarini tashkil etdilar. 
Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar tayanchi bo‘lgan areopagga qarshi turgan 
To‘rt yuzlar kengashi (Bule) tashkil etildi. Kengash a’zolari to‘rt fildan yuztadan 
fuqaro saylanadigan, muntazam faoliyat ko‘rsatadigan organ bo‘ldi. To‘rt yuzlar 
kengashi xalq yig‘inida ko‘riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq 


yig‘ini (ekklesiya) to‘laqonli barcha vakolatlarga ega bo‘lgan boshqaruv organi bo‘lib, 
fuqarolarning barcha qatlamlari ovoz berish va uning ishida qatnashish huquqiga ega 
bo‘ldilar. Xalq yig‘ini muntazam yig‘iladigan bo‘ldi (mil.avv. V asrda yiliga 40 marta 
yoki 9 kunda 1 marta). 
To‘rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o‘z tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 
hududiy fildan 50 kishi bu kengashga saylandi. Shu bilan birga, yangi Besh yuzlar 
kengashi tarkibi (Bule) har yili to‘la yangilandi. Ikki martadan ortiq saylanish mumkin 
emas edi. Klisfen tub joy aholi huquqiga kelgindi aholi huquqini tenglashtirdi. Endi 
fuqarolik qadimgi urug‘ filiga mansublik bilan emas, balki eng kichik hududiy birlik – 
demga mansublik bilan belgilandi. Endilikda har bir fuqaro o‘z ismiga otasining avlodi 
ismi emas, o‘z demining nomini qo‘shdi. Bu fuqarolik jamoasining barqarorligiga olib 
keldi.
Yana bir siyosiy yangilik – tiraniyaning o‘rnatilishiga qarshi qo‘yilgan ostrakizm 
qonuni qabul qilindi. Bu qonunga ko‘ra demokratiya, tenglik va erkinlikka tahdid 
qiladigan fuqaro Afinadan 10 yil muddatga, keyin besh yil muddatga quvg‘in qilinishi 
mumkin bo‘lgan. Quvg‘in qilinadigan fuqaroga qarshi 6 ming kishi ovoz berishi kerak 
edi. Bu qonun siyosiy hayotda mil.avv. 487-yildan 417-yilgacha qo‘llanib, shu davrda 
tiraniyaning uch tarafdori Afinadan haydab yuborilgan. Klisfenning islohotlari 
urug‘chilik aloqalarining uzilishi va aholining aralashib ketishiga olib keldi. Endilikda 
Attika aholisi yashash joyiga qarab hududiy aloqalar bo‘yicha birlashdi. Urug‘ fillari 
to‘la tugatildi. 
Bu vaqtda zodagonlar Isagor boshchiligida hokimiyatni zodagonlarga qaytarish 
uchun Spartadan yordam so‘radilar. Spartaning kichik harbiy qismi Afinaga kirdi. 700 
ta oila quvg‘in qilindi, beshyuzlar kengashi tarqatib yuborildi. Lekin oddiy xalq 
qurollanib, spartaliklarni Afinadan chiqib ketishga majbur qildilar. Spartaning 
yangidan tazyiq o‘tkazishidan qo‘rqqan afinaliklar forslardan yordam so‘radilar. Sard 
shahrida turgan Eron satrapi Klisfen boshchiligidagi Afina elchilarini qabul qildi. U 
yordam berishga va’da qilib, faqat fors podshosiga yer va suv berishga (qaramlik 
belgisi) rozi bo‘lishni so‘radi. Elchilar bunga rozi bo‘ldilar. Lekin afinaliklar bu 
shartnomani rad qildilar. Klisfen Afinaga qaytishi bilan u Afinaga xiyonat qilgan 
hisoblanib, ostrakizm yo‘li bilan Afinadan quvg‘in qilindi.
Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu islohotlar urug‘chilik munosabatlari va 
urug‘ zodagonlarining hokimiyati qoldiqlarini to‘la tugatdi. Afina davlat qurilishiga 
demokratiyaning to‘la hukmronligini o‘rnatdi. Barcha Afina fuqarolari (Afinada 
yashayotgan chet elliklar, qullar bundan mustasno) polisning siyosiy hayotida faol 
qatnashdilar. Ular har qanday davlat lavozimlariga saylanishlari, o‘z fuqarolik jamoalari 
siyosiy hayotini eng muhim muammolarini yechishda ishtirok etishlari mumkin edi. 
Barcha yunon polislari orasida Afina davlati eng ilg‘or va rivojlangan demokratik davlat 
qurilishiga ega bo‘ldi.

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish