Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Attikaning aholisi, xо‘jaligi, toifa jamiyatning vujudga kelishi.Afina



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
9-mavzu

2.Attikaning aholisi, xо‘jaligi, toifa jamiyatning vujudga kelishi.Afina 
aristokratiyasi. 
 Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi. 
Taxminlarga ko‘ra, arxaik davrda 
yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlarga ko‘ra, erkaklar kalta ko‘ylak 
(xiton) kiyib, ko‘chaga chiqayotganda ustilariga keng yoping‘ich (xlamida) 
tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, kamar bilan tortilgan 
kamzul (peplum) kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yupqa kanopdan to‘qilgan, 
tumshuqqacha boradigan xiton o‘zlashtirib olingan. Sochga tilla to‘g‘nog‘ich 
qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zodagon yoshlar otliq 
yurganda oval plash (xlamida) bilan o‘ranganlar. Hunarmandlar esa chap yelka orqali 
tashlangan kamtar jun yoping‘ich (eksomida) bilan cheklanganlar.
Arxaik davrda oila-nikoh munosabatlari ham o‘zgardi. Gomer davrida kuyov 
kelinning ota-onalariga qimmatbaho sovg‘alar berib, sotib olar edi. Arxaik davrda esa 
kelinga sep berish odatga aylandi. Nikohga asos bo‘lib, yoshlarning ota-onasi o‘rtasida 
tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli qurbonliklar qilingach, 
kelinning otasini uyida to‘y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh botishi bilan 
kelin kuyovning uyiga kuzatib qo‘yilgan. 
Dafn marosimlari o‘zgardi. Arxaik davrda ko‘kragiga urib yig‘laydigan 
go‘yandalar paydo bo‘ldi. Yig‘i-sig‘idan so‘ng marhum jasadi yuvib-taralib, xushbo‘y 
yog‘lar surtilgan. Keyingi kun dafn qilish marosimi o‘tkazilib, yig‘i bilan mayit shahar 
tashqarisidagi qabristonga chiqarib ko‘milgan. O‘likning og‘ziga yer osti Aid 
podsholigida o‘liklarni tashuvchi Xarondga to‘lov sifatida tanga qo‘yganlar. Ehtimol, 
krematsiya ham bo‘lgan. Bu haqida Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum o‘zining 
qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan. Olovga vino, sut va asal sepish 
odati bilan marosim tugagan. Yunon uylari xom g‘ishtdan qurilib, tomi loy 
cherepitsadan bo‘lgan. Uylarda kichik derazalar bo‘lib, o‘g‘rilarni qo‘rqitish uchun 
kichik eshikchalar bilan yopilgan. Pol ohak yoki zichlangan qumli bo‘lgan. Uylarga 
yana qoshimcha xonalar qurib borilgan, ko‘chalar egri-bugri bo‘lgan. Uyda mebel 


deyarli bo‘lmagan. Qishloqda dehqonlar ho‘kizlarni qo‘shga qo‘shganlar, eshaklardan 
yuk tashishda foydalanganlar.
Yunonlar dehqonchilik bilan shug‘ullanib, qurg‘oqchilikka chidamli zaytun 
ekkanlar, zaytundan yog‘ olingan, ovqatga, dori-darmon va jinchiroq uchun yog‘i 
ishlatilgan. Go‘shtga ehtiyoj xonaki hayvonlarni saqlash, quyon, kaltakesak va mayda 
qushlarni ovlash bilan qondirilgan. Dengizga yaqin aholi uchun baliq asosiy ozuqa 
o‘rnini bosgan. Demetra dehqonchilik ilohasi bo‘lib (qadimgi yunon tilida dem – yer, 
metra – ona ma’nosini bildiradi), yunonlar uchun asosiy ovqat sut, pishloq edi
mevalarni ho‘l va quruq holda iste’mol qilganlar. Piyoz, dukkaklilar va sholg‘om ham 
asosiy ovqat bo‘lgan. Qahatchilik yillarida yovvoyi mevalar, tipratikan hatto chi-
girtkalarni yeganlar. Asosiy ichimlik uzumdan tayyorlangan vino bo‘lgan. U juda quyuq 
bo‘lib, suv qo‘shib ichilgan. Ba’zida vinoga qayin daraxti qatroni qo‘shilgan. Natijada 
vinoni 3-4 yil saqlash mumkin bo‘lgan. 

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish