Choʻl hayvonlari



Download 14,97 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14,97 Kb.
#333155
Bog'liq
Choʻl hayvonlari


Choʻl hayvonlari: Qumli choʻllardan Qizilqum, Sandiqli va Kattaqum, Yozevonda sudralib yuruvchilardan — taroq barmoqli gekkonqurbaqabosh choʻl kaltakesakyoʻl-yoʻl kaltakesaktoʻr chiziqli kaltakesakchoʻl boʻgʻma ilonichipor ilonlarning bir necha turioʻq iloncharx ilon va choʻl toshbaqasi uchraydi.

Sudralib yuruvchilar koʻp boʻlganligi sababli choʻlni sudralib yuruvchilar makoni deyish mumkin. Sut emizuvchilardan choʻllarda ola putarok, ingichka barmoqli yumronqoziq, tushki qumsichqon, qushoyoqlar, boʻri, quloqdor tipratikan, tulki, qarsoq tulki, katta qumsichqon, qum tovushqoni, yovvoyi quyon kabi hayvonlar yashaydi. Qumli choʻllarda qushlarning atigi bir necha turi-yilqichi, tentakqush, choʻl moyqut, xoʻjasavdogar, choʻl qargʻasi, toʻrgʻay, toshsirchumchuq uchraydi. Qumli choʻllarda umurtqasiz hayvonlardan tirik oʻrgimchaksimonlar (bit, sariq falanga, chayonlar), qora tanali qoʻngʻizlar, iskabtoparlar, zahkashlar tarqalgan.



Barcha choʻl hayvonlari tez yugurishga, tana haroratini boshqarishga imkon beradigan morfologik belgilarga ega. Hatto sekin harakatlanadigan tipratikanlarning ham oyoqlari, quloqlari va ignalari nisbatan uzun. Kaltakesaklar uzun oyoqlari, tovoni va dumi yordamida tez chopadi. Choʻl qushlari (yoʻrgʻa tuvaloq, yilqinchi) yoki tez uchadigan (qorabovur, oqbovur) yerda tez yuguradi. Koʻpchilik tuproq ustida yashovchi choʻl qoʻngʻizlarning oyoqlari nam sharoitda yashovchi qoʻngʻizlarga nisbatan birmuncha uzun. Vizildoq qoʻngʻizlar, chirildoqlar, falangalar, ayniqsa, qum biyi tez yuguradi.

Gil tuproqli choʻllarda (Qarshi, Mirzachoʻl va boshqalar) umurtqasizlardan zahkashlar, falangalar, jizildoqlar, chumolilar va qoraqurtlar uchraydi. Umurtqali hayvonlardan, ayniqsa, choʻl toshbaqasi va sariqyumronqoziq koʻp tarqalgan. Taqir yumaloqbosh kaltakesak, choʻl agamasi, har xil rangli kaltakesakcha, qum bugʻma iloni, oʻqilon, yoʻrgʻa tuvaloq, qorabovur, oqbovur, kokildor toʻrgʻay, oqquyruq (saygʻoq), boʻri, tulki, jayran, kichik qushoyoq, severtsov qushoyogʻi, katta qumsichqon, qizildum qumsichqon, koʻrsichqon taqir choʻllar uchun xos. Oʻrta Osiyo kapcha iloni Qarshi choʻlida, oddiy qalqontimshuq Mirzachoʻlda koʻp uchraydi.

Ustyurt hayvonot dunyosi gil tuproqli choʻllardagiga oʻxshash, lekin turlar soni juda kam. Oqquyruq — bu choʻllar uchun xos boʻlgan hayvondir. Sudralib yuruvchilardan toʻrt yoʻlli chipor ilon uchraydi. Choʻl hayvonlari, asosan, bahor oylarida uchriydi. Ular koʻpincha fevral oyining oxirlarida qishki uyqudan uygʻonadi va zoʻr berib oziqlangach, tez orada uchriy boshlaydi. Ikki-uch oydan soʻng gil tuproqli tekisliklarda koʻp uchraydigan choʻl toshbaqasi bilan sariq yumronqoziq yozgi uyquga, keyinchalik esa qishki uyquga kiradi. Qurbaqabosh taqir kaltakesak rang-barang kaltakesak aprel-may oylarida, baʼzan esa martda ham tuxum qoʻyadi. Toʻrgʻaylar apreldayoq uya yasab, joʻja ochadi.
Download 14,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish