"nestle" (Nestle nemis tilining Shveysariya shevasida "jajji uya") Shveysariyadagi oziq



Download 82,29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.01.2022
Hajmi82,29 Kb.
#382921
Bog'liq
Nestle - Vikipediya



Nestle

"NESTLE" (Nestle — nemis tilining Shveysariya shevasida "jajji uya") — Shveysariyadagi oziq-

ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri.

Shveysariyalik farmatsevt Genri Nestli 1866 yilda ona suti yetishmasligi oqibatida goʻdaklar

oʻlimining oldini olish maqsadida sut, bugʻdoy uni va shakarning turli nisbatlarda aralashtirib ona

suti oʻrnini bosadigan "Nestle sut uni"ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

"N.", asosan, turli sut mahsulotlari, sut aralashmalari, mineral suvlar, alkogolsiz ichimliklar, bolalar

oziqovqatlari, kofe, konservalangan va parhez mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi. Kompaniya

ishlab chikaradigan oziqovqat mahsulotlarining turi 8 mingdan ortiq.

Kompaniyaning 70 ga yaqin davlatlarda 500 dan ortik, korxonalari bor. Kompaniya koʻpgina

mamlakatlardagi parfyumeriya, kosmetika va farmatsevtika sanoati korxonalari aksiyalarining

ham egasidir. Daromadi hajmi jihatidan Yevropada 8-, dunyoda 31-oʻrinni egallaydi.

2001 yilda umumiy savdo hajmi 84,7 mlrd. Shveysariya frankini tashkil etdi. Jami

ishchixizmatchilari soni — 230 ming kishi.

"Nestle" kompaniyasining shakllanish tarixi

 “Nestle” kompaniyasining tarixi 1866-yildan

boshlanadi, o’shanda birinchi marotaba Genri Nestle bolalar uchun sutli qorishma

“FarineLactee”ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1886-yilda esa, asoschilari ikki

amerikalik – Charlz va Jorj Peyjami bo’lgan “Quyiltirilgan sut ishlab chiqarish va sotish bilan

shug’ullanuvchi Anglo-Shvetsariya kompaniyasi” o’z assortimentini sezilarli darajada oshiradi va

XIX asrning 70-yillaridayoq ona sutini o’rnini bosuvchi sut ishlab chiqaradi. Nestle bundan xabar

topgandan so’ng bunga javoban qadam tashlaydi, ya’ni o’zining quyiltirilgan sut markasini ishlab,

bozorga chiqaradi. 1905-yilda qo’shilgunga qadar bu ikki firma bozorda sut mahsulotlari bo’yicha

asosiy raqobatchilar edi.




Kompaniyalar birlashib yagona “Nestle & Anglo-Swiss Milk Company” kompaniyasiga asos

solindi. XX asr boshlarida uning boshqaruvida Ispaniya, AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniyada bir

necha fabrikalar faoliyat ko’rsatar edi. 1907-yilga kelib kompaniyalar qadam-baqadam butun

Avstraliya bozorini egashlashni boshladi hamda bu korxonaning ishlab chiqarish hajmini ikki

barobar oshirish imkonini berdi. O’shandan beri ishlab chiqarish kengayib bordi va bugungi kunga

kelib Nestle dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bu kompaniyaning

muvaqqiyati shundaki, u doimo rivojlanishda bo’lgan va to’xtab qolmagan. Nestle tarixining

muhim qismlariga nazar solsak: Shvetsariyaning shokolad ishlab chiqaruvchi kompaniyasining

qo’shib olinishi; Ikkinchi Jahon urushi davrida juda mashhur bo’lgan Nescafe eruvchi kukunlarini

yaratilishi; Maggi sho’rva va ziravorlarinini ishlab chiqaruvchi Alimentana S.A. kompaniyasi bilan

birlashuv; Crosse&Blackwell (Buyuk Britaniyaning konserva mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi),

Firdus (muzlatilgan mahsulotlar), Libby (mevali soklar)ga egalik qilishi va boshqalar.

Nestle kun sayin ko’p mahsulot turlarini yaratib, bozorni o’zining yangi mahsulotlari bilan to’ldirib

kelmoqda. Ko’p kompaniyalar uchun asosiy raqobatchi bo’lgan talab o’sishi kuzatiladi. “Nestle”

kofe, konditer mahsulotlari, kulinariya, muzqaymoq, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari va uy

hayvonlari uchun ozuqalar bozorida yetakchi o’rinni egallaydi. Mahsulotning sifati va

xavfsizligiga katta ahamiyat beriladi. 2005-yil oxirida kompaniya o’zining barcha fabrikalarini ISO

9001:2000 standarti talabiga javob beruvchi sertifikatlash jarayonini boshladi. Bu bilan ishlab

chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini boshqaruv tizimi tashkil qilinishi maqsad qilingan edi.

Bundan tashqari “Nestle” har doim yangi bozorlarni zabt etishni va turli davlatlarning

xususiyatlariga muvaqqiyatli ravishda moslashishni maqsad qilib kelgan. Xalqaro kompaniya

mahalliy hukumatga qarshi bormaydi, bozorlarga moslashayotganda mamlakatning madaniyati

va urf-odatlarin hisobga oladi, bular ham uning boshqa kompaniyalardan ustunlik tomoni

hisoblanadi.

1974-yilga kelib “Nestle” kompaniyasining barcha mahsulotlari hajmi to’rt barobarga oshdi.

Xuddi shu yilda barcha ishlab chiqarish o’rinlari bir nechta o’zgarishlarga uchradi. 1920-yilning

boshidan beri sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodi o’sishining sekin sur’ati va “qora oltin”

narxining oshib ketishi, Shvetsariya frankiga nisbatan valyuta kurslarining tushishi sababli

korporatsiyaning iqtisodiy ahvoli yomonlashishni boshladi. Kompaniyaning ilmiy faoliyatining

muvaqqiyatli natijalari oziq-ovqat sanoatida o’z o’rnini yo’qotib qo’ymaslik dasturining yechimi

bo’ldi hamda 1974-yilda Nestle kosmetika ishlab chiqaruvchi dunyo liderlaridan biri bo’lgan

L’Oreal firmasining yirik aksiyadoriga aylandi. Keyinchalik esa kompaniya AlconLaboratories

(farmasevtika va oftalmologiya tovarlari ishlab chiqaruvchi amerika firmasi)ni sotib oldi. O’sha

davrda holatiga nazar tashlasak, raqobat oshib borayotgan va foyda ulushi kamayib ketayotgan

bir paytda hamma kompaniya ham bunday riskli qaror qabul qila olmas edi. 80-yillarga kelib

“Nestle” yanada samaraliroq rivojlanish maqsadida o’z oldiga ikkita asosiy strategic vazifani

qo’yadi: qayta tashkil etish yo’li bilan moliyaviy holatni yaxshilash va ahamiyatli foyda



keltiradigan korxonalarni o’zlashtirsh siyosatini davom ettirish. Markaziy va Sharqiy Yevropada,

keyinchalik esa Xitoyda yangi bozorlarning ochilishi, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri investitlarning

liberallashuviga bo’lgan umumiy tendensiya Nestle kabi keng faoliyat spektriga ega kompaniya

uchun yaxshi alomat edi. 1995-yilda “Nestle” Samaradagi shokolad va boshqa qandolat

mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Россия” firmasi aksiyalarining nazorat paketin qo’lga kiritdi.

O’shandan beri kompaniya ishlab chiqarishga juda katta mablag’ sarf qildi, ko’proq yangi

uskunalar sotib oldi, texnik asboblarni yaxshiladi. Kompaniya investitsiyalari “Nuts” batonlari va

oldin Rossiyada import qilingan “Nestle Classic” shokoladlari, keyinchalik esa butun dunyoga

mashhur “Nesquik” shokoladli sharbatlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Yana bir muhim kapital

qo’yilmalaridan biri 1996-yilda “Нестле-Жуковский” OOO aksiyalarining nazorat paketini qo’lga

kiritish bo’ldi. Bu esa keyinchalik dunyoga mashhur brendga aylangan “48 копеек”, “Kimo” va

“MEGA” kabi yangi savdo markalari ostida milliy rossiya muzqaymoqlarini ishlab chiqarishga

zamin yaratdi. “Nestle” eng kam ishlab chiqarish xarajatlari bilan yuqori sifatli va arzon mahsulot

ishlab chiqarishga harakat qilgan, shu sababli kompaniya o’z ishchilarining bilim olishiga urg’u

bergan, ularni jahon tajribasi va ilmiy-texnikaviy bilimlar bilan ta’minlagan. “Nestle” fabrikalari

qishloq hududlarida rivojlanishni yaxshi yo’lga qo’ya olga va atrofdagi, ayniqsa rivojlanayotgan

davlatlarda o’z mahsuloti sifatini saqlab tura oladiga mukammal tizim yaratgan. Nestle

jamiyatdagi salbiy ta’sirni kamaytirishda, xarjatlarni kamaytiruvchi va foydani oshiruvchi hamda

uzoq muddatli davrda ekologik barqarorlikni ta’minlovchi sezilarli qadamlar qo’ydi. Nestle -

Rossiya ijtimoiy hayotining faol ishtirokchisi. Ko’p uzoq muddatli loyihalarning homiysi bo’lishi

bilan birga, kompaniya xayriya faoliyati bilan ham shug’ullanadi, shuningdek u muhim tarixiy

arxitektura va san’at yodgorliklarini qayta tiklash uchun ham yordam beradi. Kompaniya

jamiyatda sog’lom ovqatlanishni targ’ib qiladi, bu borada u maktab o’quvchilari uchun “To’g’ri

ovqatlanish haqida bahs” deb nomlangan o’z dasturini ham ishlab chiqqan. “Nestle” kompaniyasi

madaniyat sohasiga ham o’z hissasini qo’shgan: ko’p yillar davomida kompaniya Moskva

Simfoniya orkestriga, “Oltin niqob” festivali va boshqalarga homiylik qilib keladi. Xulosa qilib

aytganda, “Nestle” XXI asrning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib u

dunyoning juda ko’p fabrika va sanoat korxonalariga egalik qiladi. Korparatsiyaning faoliyati

asosan ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarishga asoslanga, lekin shuningdek u farmasevtika

va parfumeriya-kosmetika sanoati bo’yicha yirik korxonalarining aksiyadori hisoblanadi. Uning ish

olib xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: butun dunyo bo’ylab ko’pchilik bozorlar, ishlab

chiqarishda yetakchi o’rin, kompaniya rivojlanishi va ilmiy-texnikaviy izlanishlar olib borish uchun

katta miqdorda investitsiyalar, turli mamlakatlarning davlat siyosatini hisobga olgan holda

tarmoqli kompaniyalar va filiallarda ish olib borish, kerak tomonga o’zgara oladigan tashkiliy-

boshqaruv strukturasi, tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida turli operatsiyalar olib borish. Ish

yuritish aniq nazorat ostida olib boriladi, kompaniya siyosati ishki va tashqi o’zgarishlar ta’siriga

javob qaytara oladi, buning natijasida korparatsiyaning samarali faoliyatiga samarali faoliyatiga

zamin yaratadi. “Nestle” kompaniyasi O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham o’z o’rnini

topib bormoqda. 2014-yil fevral oyida Nestle Uzbekistan qo‘shma korxonasi O‘zbekiston



Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yordamida boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun “Sog‘lom

bolalar” (Healthy Kids) ma’rifiy dasturini yo‘lga qo‘ydi. “Sog‘lom bolalar” dasturining asosiy

maqsadi bolalarda sog‘lom turmush tarzini tashkil etuvchi ovqatlanish madaniyatini

shakllantirishdan iborat. Nestle Uzbekistan bosh direktori Filipp Gorbunovning ta’kidlashicha,

ushbu dastur Nestle kompaniyasining Healthy Kids global dasturi bir qismi hisoblanib, hozirda

71 mamlakatda amalga oshirilmoqda. Nestle Uzbekistan ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya

hozirda dunyo bo‘yicha 250 dan ortiq hamkorlar bilan ish olib boradi. Ularga davlat organlari,

Nodavlat notijorat tashkilotlar, oziq-ovqat va salomatlik institutlari, shuningdek, sport

federatsiyalari kiradi. Dasturga 5 milliondan ziyod bola jalb qilingan. 2015-yilgacha kompaniya

dastur ko‘lamini 80 ta mamlakatgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda. “To‘g‘ri ovqatlanish

darslari”ning asosiy vazifalari bolalarda salomatlikni qadrlash to‘g‘risidagi tushunchani

shakllantirish, uni mustahkamlash uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish, ularni to‘g‘ri ovqatlanish va

sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish, axloq-odob qoidalarini, o‘zlarining sog‘lig‘i haqida

qayg‘urishni o‘rgatish, milliy an’analar bilan tanishtirishdan iborat. Dastur umumta’lim

maktablarining 1- va 2-sinf o‘quvchilari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va maktabgacha

ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhlari uchun mo‘ljallangan. Birinchi bosqichda Toshkent va

Namangan maktablarining 6 mingdan ziyod o‘quvchilarini qamrab olish rejalashtirilgan. Kelajakda

dastur butun O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirilishi mumkin.

"N." Oʻzbekistonda 1996 yildan faoliyat koʻrsatadi. Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan.

1998 yil Namangan "Nafosat" aksiyadorlik jamiyati (so-biq Namangan sut zavodi)ning 34,9%

aksiyasini 287 ming AQSH dollariga sotib oldi. 1999 yilda esa ushbu korxona negizida

"Oʻzbekiston-Nestle" korxonasi tuzildi. Kompaniya 2002 yil fevralda qiymati 30 mln. AQSH

dollari boʻlgan Namangan bolalar oziq-ovqati zavodini ishga tushirdi. 3-d uzoq saqlanadigan sut

va yogurt, turli xildagi sut qorishmalari ishlab chiqaradi. 2002 yilda yiliga 22 mln.litr maʼdanli

ichimlik suvini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

[1]


1. 

OʻzME


. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 1 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi  

Vikipediya

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

Ushbu maqola 

chaladir


. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Nestl

e&action=edit)

 

Vikipediyaga



 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?title=Nestle&oldid=2299753



dan olindi




boʻlsa).

Download 82,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish