O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
KIMYO FAKULTETI III BOSQICH TALABASI
TURSUNOV HOSILJONNING
ORGANIK KIMYO FANIDAN
“VINO KISLOTA ASOSIDFA SINTEZLAR VA MODDALARNING BIOLOGIK FAOLLIGI”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
Qabul qildi: Saliyeva Gulrux
Topshirdi: Tursunov Hosiljon
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Rivojlanish tarixi
2. Izomeriyasi
3. Stereokimyosi
4. Kimyoviy va fizikaviy xossalari
5. Vino kislota hosilalari
6. Amaliy ahamiyati
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Vino kislotasi kimyo olamida vino tosh kislotasi, tartarat kislota hamda 2,3-digidroksibutandiol kislota nomlari bilan ham mashhur. Ikki asosli oksikislotalar sinfiga mansub bo`luvchi vino kislotasining tuzilish formulasi quyidagicha:
Ushbu strukturadan ko`rinib turibdiki, vino kislota tarkibida ikkita assimmetrik uglerod atomi bo`lganligi sababli, to`rtta optik izomer hosil qilishi kerak. Biroq tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlanganki, vino kislota 4ta emas, balkim 3ta izomer hosil qilar ekan. Ushbu optik izomerlardan, ayniqsa, D-vino kislota o`simlik dunyosida juda keng tarqalgan.
Vino kislotasi karbon kislotalarga va spirtlarga xos bo`lgan barcha xossalarni o`zida namoyon qiladi. Karbon kislotalar kabi dissotsiatsiyaga uchraydi, murakkab efirlar va tuzlar hosil qiladi. Shuningdek, spirtlar singari oksidlanish va oddiy efirlar hosil qilish reaksiyalarida ham qatnashadi.
Vino kislotasi ilk bor 1869-yilda nordon kaliy tuzi sifatida ajratib olingan bo`lib, uning tuzlari va ionlari umumiy holda tartratlar deb nomlanadi. Vino kislota hamda uning tartaratlaridan ko`plab maqsadlarda foydalaniladi.
Rivojlanish tarixi
Vino ishlab chiqaruvchilarga ushbu kislota ko`p asrlardan beri yaxshi tanish. Vino kislotasini vino ishlab chiqarilgandan so`ng paydo bo`ladigan qoldiqlardan qayta ajratib olish bo`yicha qo`lyozmalar eramizdan 800 yil avval Jobir ibn Xayyom tomonidan yozib qoldirilgan. Shuningdek, u o`z asarlarida vino kislotadan tashqari, sirka hamda nitrat kislotalarning olinishi hamda qaysi tabiiy birikmalar tarkibida uchrashini ham aytib o`tgan.
Kimyoviy xirallikning kashf etilishida vino kislotasi muhim ahamiyatga ega. Vino kislotasining ushbu xossasi Jan Batist tomonidan 1832-yilda aniqlangan. Kimyogar olim Paster birinchi bo’lib optik izomerlar aralashmasini optik antipodlarga ajratdi va uzum kislotadan tabiatda uchramaydigan chapga buruvchi L-vino kislotani ajratib oldi
Absolyut konfiguratsiyani, ya’ni fazoda xiral markaz atrofida o’rinbosarlarning haqiqiy joylashuvini aniqlash imkoniyati faqat zamonaviy fizik-kimyoviy usullar, jumladan. rentgen tuzilish tahlil usuli vujudga kelgandan keyin yaratildi. Absolyut konfiguratsiyasi aniqlangan birinchi birikma (+) – vino kislota bo`ldi.
Vino kislotasi kashfiyotining zamonaviy tarixi esa shved kimyogari Vilgelm-Sheele nomi bilan bog`liq. 1769-yilda Sheele Stokgolm dorixonalarida tajriba yo`li bilan karbon kislotaning ushbu turini vino kislotasining tuzi bo`lmish kaliy tartratdan sintez qildi. Sheele o`tkazgan tajriba, qaysiki vino kislotasining hamda o`yuvchan tuzni aralashtirib, vino kislotasini vino toshidan olishning boshlanishi hisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviy laboratoriyalarda vino xamirturushini va vino ohakini quritish orqali olish usulidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |