Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

 
Asosiy masalalar (Reja): 
1.Arxaik davr boshlarida Attika. 
2.Attikaning aholisi, xо‘jaligi, toifa jamiyatning vujudga kelishi.Afina 
aristokratiyasi. 
3.Solon islohoti va Afina quldorlik demokratiyasi. 
4.Afinada Pisistrat tiraniyasi.
5. Klisfenning islohotchilik faoliyati
 
 
1.Arxaik davr boshlarida Attika. 
Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan 
biri edi. Sparta polisi va davlatchiligining boshlanishi doriylar bosqinining tugallanish 
vaqtiga to‘g‘ri keladi. Doriy qabilalari mil.avv. XII–XI asrlarda Peloponnes hududiga 
o‘rnashdilar va mil.avv. XI–VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy 
qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil.avv. X asrda 
Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o‘rta qismidagi unumdor 
yerlarda Sparta manzilgohi paydo bo‘ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini 


Lakedemon deb atadilar. Ko‘pchilik doriylar bo‘lg‘usi Sparta polisining fuqarolari 5 
qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o‘rnashdilar.
Doriylar mahalliy axey aholisining bir qismini qaram qilib, qolgan qismini qirib 
tashladi, Sparta davlatining paydo bo‘lishi qisqa vaqt ichida boshqa keng hududlarni 
bosib olish bilan belgilanadi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi 
bosqichida, urug‘ munosabatlarining yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Sparta 
davlatida urug‘chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit 
yaratdi. Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan Sparta davlati yetakchi o‘ringa 
chiqib oldi va bu hududda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Mil.avv. 
VIII asrda Sparta Janubiy Lakonikaning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin esa 
Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o‘lka Spartaning 
kam sonli, to‘la huquqli fuqarolari tomonidan bo‘lib olindi. Mahalliy aholining bir 
qismi qirib tashlanib, qolganlari huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.
Lakonika va boshqa bosib olingan hududlarning aholisi perieklar deb atalib, savdo, 
hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar, o‘zlariga qoldirilgan yerda ishlab, 
mahsulotning bir qismini spartaliklarga berganlar. Ular bundan tashqari harbiy xizmat 
majburiyatini ham o‘taganlar. Perieklardan tashqari Sparta davlatiga qaram bo‘lgan 
ilotlar davlatga tegishli qullar hisoblanib, alohida spartaliklarga taqsimlab berilgan. 
Ilotlar davlat va spartaliklarning yerlarida ishlab, ularga mahsulot yetkazib berganlar. 
Shu bilan birga harbiy yurishlar paytida qarorgoh qurish, urushda yengil qurolli bo‘lib 
qatnashish majburiyatlarini o‘taganlar. Ilotlar bir xil kiyim – charm qalpoq va qo‘y 
terisini kiyganlar. Periek va ilotlar hech qanday siyosiy huquqqa ega bo‘lmaganlar.
Spartaliklar o‘zlariga tegishli bo‘lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo‘ldilar. Har 
bir to‘la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy 
aholi – ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo‘jayinlariga hosilning 
yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so‘ng Sparta G‘arbiy Messeniyani ham 
egalladi. Keyin esa Sparta sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham 
o‘ziga qo‘shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta 
tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va 
davlatlar Sparta bilan simmaxiya – ittifoqga kirishga majbur bo‘ldi. Ittifoq majlisida 
har bir polis bir ovozga ega bo‘lib, qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har 
bir shahar-davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o‘z qo‘shinining 1/3 qismini berishga 
majbur edi. Ittifoqchilar o‘rtasida aloqa zaif bo‘lib, alohida polislar bir-biri bilan urush 
olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim 
orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o‘z hukmronligi ostiga olgan edi. Spartaning 
ittifoqdagi yetakchilik mavqeyi kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o‘rniga 
nisbatan hech kimda shubha yo‘q edi. Bu ittifoq o‘sha davrda Yunonistonda eng kuchli 
edi. 

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish