Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligining boshlanishi doriylar bosqinining tugallanish vaqtiga to`g`ri keladi. Doriy qabilalari er. avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o`rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o`rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo`ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini Lakedemon deb atadilar. Ko`pchilik doriylar bo`lg`usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o`rnashdilar.

Mahalliy axey aholisining bir qismi bo`ysundirilib, qolgan qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo bo`lishi qisqa vaqt ichida boshqa keng hududlarni bosib olish bilan belgilanadi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida, urug` munosabatlarining yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Spartra davlatida urug`chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan Sparta davlati yetakchi o`ringa chiqib oldi va bu hududda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonikaning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin esa, Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o`lka Spartaning kam sonli to`la huquqli fuqarolari tomonidan bo`lib olindi. Mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.