Reja: Qadimgi sparta davlati



Download 160 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi160 Kb.
#255353
Bog'liq
Mavzu Sparta


Mavzu : Sparta davlatining òziga xos xususiyatlari

Reja:


1 .Qadimgi sparta davlati

2 .Spartada davlatining òziga xos xususitatlari

3 .Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Qadimgi yunoniston va Rim tarixi

Qadimgi sharq tarixi Abdujabor Kabirov

Jahon tarixi 1- tom 1-qism Qadimgi sharq yunoniston tarixi

Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligini boshlanishi doriylar bosqinini tugallanish vaqtiha to’g’ri keladi. Doriy qabilalari er. avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o’rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o’rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo’ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini odatda Lakedemon deb atadilar. Ko’pchilik doriylar-bo’lg’usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o’rnashdilar.

Mahalliy axey aholisining bir qismi bo’ysundirilib, bir qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo bo’lishi qisqa vaqt ichida boshqa bepoyon hududlarni bosib olish bilan belgilandi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida urug’ munosabatlarini yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Spartra davlatida urug’chilik tuzumi qoldiqlarini uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi.

Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan boshlab Sparta davlati yetakchi o’ringa chiqib oldi va bu erda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. avv. VIII asrda Sparta janubiy Lakoniyaning bir qancha viloyatlarini, Kifera orolini, keyin esa Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o’lka Spartaning kam sonli to’la huquqli fuqarolari tomonidan bo’lib olindi, mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.

Spartaliklar o’zlariga tegishli bo’lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo’ldilar. Har bir to’la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo’jayinlarga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so’ng Sparta g’arbiy Messeniyani egalladi, keyin esa sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o’ziga qo’shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga majbur bo’ldilar. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega bo’lib, qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar – davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o’zining uchdan bir qism qo’shinini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o’rtasida aloqa zaif bo’lib, alohida polislar bir – biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o’z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o’rniga hech kimga shubha yo’q edi. Bu ittifoq o’sha davrda Yunonistonda eng kuchli edi.

Sparta jangchilar davlati edi. Spartalik o’g’il bola yoshligidayoq davlat homiyligi ostida edi. Davlat hokimiyatini eng avvalo intizomli, jismonan kuchli jangchiga ega bo’lish uchun spartalik go’dakni yoshligidan jismonan kuchli qilib tarbiyalar edi. Zaif, kuchsizlar davlatga kerak emas edilar, shu sababli zaif, kasal bolalardan ularni yoshligidayoq qutilishga harakat qilinar edi. Gerodot tarixida Demokrit aytganidek, Spartaliklar erkin edilar, lekin barcha munosabatda emas, ular davlat qonunlariga bo’ysunar edilar.

Bu qonunlar spartalik bolani yetti yoshligidan ota-onasidan uzoqda o’z tengqurlari ichida, 20-30 yoshli kattalar boshchiligida harbiy manzigohda yashashni belgilab qo’ygan edi. Asosiy e’tibor gimnastika mashqlari, jangovar madhiyalar va harbiy marshlarni xor bo’lib aytishga qaratilgan edi. Tarbiyaning qattiqligi o’smirlarni Artemida ibodatxonasida har yili o’tkaziladigan qiynoq sinovlarda o’z aksini topgan edi. Sinalayotgan o’smir og’riqni sezdirmasligi shart edi.

Yosh yigit 20 yoshga yetgach Sparta (“tenglar jamiyati”)ning to’la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o’tkaziladigan ovqatlanish (fiditiyasi yoki filitiyalar)ga ishtirok qilishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o’tirib uksus, tuz qo’shilib qonda tayyorlangan chuchqa go’shti bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartalilar o’z vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o’tkazib chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon polislari aholisida nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik his-tuyg’usini shakllantirilar edi. Spartaliklarni yunon dunyosida qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar.

Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining qo’zg’olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug’dirish uchun ularni tunda o’ldirishni (kriptiy) e’lon qilganlar. Er.avv. XI asrdayoq spartaliklar o’zlarini har xil “yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatini o’zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari faqat yog’ochdan bo’lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab bir xildagi kalta yoping’ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o’zlarini teng deb hisoblardilar.

2. Davlat tuzumi

Sparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. Butun hokimiyat periek va ilotlar ustidan hukmronligini o’rnatgan tor doiradagi spartaliklar qo’lida edi. Davlat tepasida ashad va yevrionit urug’larida mansub bo’lgan ikki podsho turar edi. Ular asosan harbiy boshliqlar bo’lib tinchlik vaqtida ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud majburiyatlarini amalga oshirganlar, ikki podsho ham oqsoqollar kengashi gerusiya tarkibiga umrbod kirganlar. Podsholar hokimiyati xalq yig’inining keng vakolatlari bilan cheklab qo’yilgan edi. Podsholardan biri urush vaqtida qo’shinga boshchilik qilgan, ammo ular raxbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga majbur bo’lganlar. Xalq yig’ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega edi. Faqatgina xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. Fuqarolik ishi bo’yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar-eforlar amalga oshirganlar. Ular spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni bajarishini ham nazorat qilganlar.

Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar. Taxminlarga ko’ra eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar, er. avv. XI asrdan boshlab esa xalq yig’ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oily organ sifatida paydo bo’ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo’shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta qishlog’ining har biridan 1 tadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. Hamda har qanday spartaliklarni, hatto geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega edilar. Bundan tashqari Sparta turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo’rqitish tadbirlarini amalga oshirishga rahbarlik qildilar.

Podsholar 60 yoshdan yuqori bo’lgan aslzoda-yigirma sakkiz keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada xalq yig’iniga ko’riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar, hamda jinoiy ishlar bo’yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig’ini-appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, zaruriyat bo’lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ularning qo’lida edi. Podsholar ba’zi umrbod imtiyozlarga (xarbiy o’ljalar 1/3 ga egalik qilish, tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo’lsalarda eforlarning kuchi hokimiyati ularni podsholar bilan bir qatorda kuyar edi, bu tashqi tomondan quyidagi odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq qilgan holda, eforlar podsholar ko’ringanda o’z o’rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar.

Xalq yig’ini appelada 30 yoshga etgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Masalalar qizg’in muhokama qilinadigan oddiy fuqoro faol so’zga chiqadigan Afina eklessiyasidan Sparta appelasi keskin farq qilar edi. Appelada oddiy spartaliklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appela muhokama qilmas, bahslashmas faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Sparta davlatining konservativ holati uni zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi yarmigacha shu xolatda yashadi.

Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab butun yunon dunyosini cho’lg’ab olgan ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar Spartaga ham ta’sir qila boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy ta’limni o’rganib 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda bo’lganlar. Jangda qo’shinning oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan, ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo’lgan keksalar jangga kirishgan. Sparta qo’shini er. avv. VI-V asrlarda yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo’shin edi. Qo’shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo’lingan. Lox tepasida loxak turgan. Qo’shinga qo’mondonlikni podsholar amalga oshirganlar. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam berganlar. Qo’shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi, suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo’riqlaydigan tinchlik vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o’ziga xos otliq gvardiyani tashkil etganlar.

3. Arxaik davri hayotining umumiy manzarasi

Taxminlarga ko’ra arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga ko’ra erkaklar qisqa ko’ylak (xiton) kiyib, ko’chaga chiqayotganda ustlariga keng yoping’ich xlamida tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, kamar bilan tortilgan kamzol (peplum) kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yubka kanopdan to’qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton o’zlashtirib olingan, sochga tilla to’g’nog’ich qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash – xlamida bilan o’ranganlar, hunarmandlar esa chap elka orqali tashlangan kamtar jun yoping’ich (eksomida) bilan cheklanib qolganlar.

Arxaik davrda oila – nikoh munosabatlari ham o’zgardi. Gomer davrida kuyov kelinni ota – onalariga qimmatbaho sovg’alar berib sotib olar edi. Arxaik davrida esa kelinga sep berish odatga aylandi. Nikohga asos bo’lib yoshlarning ota – onasi o’rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli qurbonliklar qilingach kelinni otasining uyida to’y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh botishi bilan kelin kuyovning uyiga kuzatib qo’yilgan.Dafn marosimlari o’zgardi. Arxaik davrida ko’kragiga urib yig’laydigan go’yandalar paydo bo’ldi. Yig’i – sig’idan so’ng marhum jasadi yuvib-taralib xushbo’y yog’lar surtilgan. Keyingi kun dafn qilish marosimi yig’i bilan mayit shahar tashqarisidagi qabristonga chiqarilgan. O’likning og’ziga er osti Aid podsholigida o’liklarni tashuvchi Xarondga to’lov sifatida tanga qo’yganlar. Ehtimol krematsiya ham bo’lgan, bu haqda Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum o’zining qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan, olovga vino, sut va asal sepish rasmi bilan marosim tugagan.

4. Er. avv. VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi

O’rta Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri markazi Afina bo’lgan Attika misolida yunon polisini shakllanishini atroflicha ko’rish mumkin. Barcha tomonlari dengiz bilan o’ralgan, tog’lar bilan o’ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay edi. Kumush konlari, marmarning mo’l-ko’lligi, savdo-hunarmandchilikni ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikni rivojlanishiga sabab bo’ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan edi, keyinbchalkik esa ular qoyatosh bag’rida joylashgan Afina akropoli markaz bo’lgan bir shahar atrofida birlashdilar.

Attikaning qadimgi aholisi Ioniylar, pelastlarga doriylarning ko’chishi ta’sir qilmadi. Bu yerda yunon tilining ioniy shevasida so’zlashadigan qabilalar guruhi to’rt urug’ yoki qabila (fil)ga bo’lingan edi. Har bir fil bir necha o’nlab urug’lardan iborat bo’lgan uch firatriyaga bo’lingan edi.

Gomer davrida Attika aholisini basileylar boshqardilar. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin, harbiy boshliq edilar. Boshqa yunon polislariga bo’lganidek basileylar huzurida Afinada areopag deb ataladigan oqsoqollar kengashi bor edi. Afsonalarga ko’ra Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersziy aholini uch guruhga bo’ladi: Yer egalari-yevpatridlar, dehqonlar-geomorlar, hunarmandlar-demiurglar.

Er. avv. VIII asr davomida xo’jalik va xususiy mulkchilikni rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o’zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar, basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o’ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o’rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi.

Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o’z o’rinlarini yangi saylanganlarga bo’shatib berib, o’zlari areopagning umrbod a’zolari bo’lib qolar edilar. Areopag er. avv. VIII-VII asrlarda eng obro’li hokimiyat organi edi.

Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosiga faol qatnashdilar. Tovar ishlab chiqarish, savdo hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Er. avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon tomonidan hokimiyatni bosib olishga urunib ko’rdi. Arxont Drakon tomonidan 622-yilda og’zaki qonunchilikni yozma to’plamga keltirilishi urug’ zodagonlarini hokimiyatini bo’shashtirdi. Drakon qonunlari bilan urug’chilikning qoldig’i bo’lgan o’ch olish taqiqlandi, jazolash funksiyasi aeropagga berildi. Drakon qonunlari shafqatsiz edi, mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. O’g’rilik jinoyati uchun o’lim jazosi belgilanadi.

Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag’al qismi bo’lgan oddiy demos o’rtasida ijtimoiyt ziddiyatlar kuchaydi. Drakon qonunlari Attika aholisini eng katta muammolaridan biri qarz masalasini hal qilmadi. Er. avv. 594-yilda arxont vazifasiga saylangan kambag’allashgan yevpatrid, shoir Solon islohotlar o’tkardi. Solon islohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi, ilgari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to’lanib Afinaga qaytarildi.

Xo’jalik faoliyatini rag’batlantiradigan qator islohotlar o’tkazildi. Pul islohoti uzunlik va og’irlik o’lchov birliklarini takomillashtirish savdo, hunarmandchilikni rag’batlantirdi, natijada Attikadan chetga tovar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g’lla chiqarishni taqiiqladi, bu zaytun moyi va vinoni eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Bu chora tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag’batlantirdi.

Vasiyatlar erkinligi to’g’risidagi qonun urug’chilik aloqalarini zaiflashtirdi, alohida oilalarni iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi.

Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikani barcha erkin aholisini daromad hajmiga qarab to’rt toifaga bo’ldi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki boy fuqarolar avvalgidek to’la hokimiyatga ega bo’ldilar, shu bilan birga fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub bo’lish yer uchastkasidan yillik olinadigan daromadga bog’liq bo’ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlab ko’p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak uruqqa mansublik, emas balki aynan daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni jamiyatdagi obro’ini o’lchov mezoni bo’ldi.

Eramizdan avvalgi VII asr oxiri VI asr boshlarida Afina demosi shoir, savdogar Solonni arxont qilib sayladi va unga islohot o’tkazish uchun cheklanmagan vakolatlar berdi. Solon eng avvalo “seysaxteyya” (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. Katta er egaligi cheklandi, er uchastkasini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi.

Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga etgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo’yicha oliy appelyatsiya huquqiga ega bo’ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo’yicha hukm chiqara olar edi. Odam o’ldirish bo’yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo’lida qoldi.

Siyosiy huquq mulkiy tsenz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to’rt toifaga ajratildi. Birinchi toifaga pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn g’alla yoki besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun yog’i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi toifaga suvoriylar – gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak aravaga ega bo’lgan og’ir qurolli piyodalar – zevgitlar, to’rtinchisiga hunarmand – fetlar kirdi. Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomednlar da’vo qilishilari mumkin edi. Fetlar polisni bevosita boshqaruvdan chetlashtirildilar.

Xalq yig’ini – eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda, mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko’rsatish, gelieini – maslahatchilar sudiga ishtirok etib mansabdor shaxslarni suiste’molini yo’q qilishlari mumkin edi.

Solon islohotlari bo’lg’usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, are opagning roli o’zgarmadi, Polisning urug’, fillarga bo’linishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug’ huquqini yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o’z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o’rgatmagan o’g’il keksaygan otasiga g’amxo’rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. VI asr boshlaridagi isloxotlar barcha ijtimoiy muammolarni echa olmadi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasini o’rnatilishiga olib keldi.

Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasidan so’ng Afinada turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasida kurash kuchayib ketdi.

Klisfen boshchiligida savdo hunarmandchilik tabaqalari urug’ zodagonlari hokimiyatini yo’qotishga urindilar. Klisfen ma’muriy – hududiy isloxot o’tkazdi. Har bir fil o’z ichiga olgan jami o’n fil bo’lib har bir dem oily ma’muriy organ 500 lar kengashiga birdan 25 kishigacha a’zo saylagan. Yana bir siyosiy yangilik tiraniyani o’rnatilishiga qarshi qo’yilgan ostrakizm tamoyili bo’ldi. Ostrakizmga ko’ra Afina davlat tuzumiga qarshi jiddiy xavf tug’dirgan shaxs, siyosiy arbob ovoz berish yo’li bilan Afinadan quvg’in qilingan. Bu tamoyil siyosiy hayotda eramizdan avvalgi 487 yildan 417 yilgacha qo’llanib shu davrda tiraniyaning uch tarafdori Afinadan xaydab yuborilgan.

Eramizdan avvalgi VI-asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida demokratik tartib qoidalar g’alaba qildi.Natijada Afina ko’ngilli qo’shinlari tarkibi ham o’zgardi. Uning asosiy qismini og’ir qurollangan jangchi goplitlar tashkil etdi, ular ko’p sonli uchinchi qism zevgitlardan to’ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan jangchilarni va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.

Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar taynchi areopagga qarshi turgan to’rt yuzlar kengashi(Bule) tashkil etildi.Kengash a’zolari to’rt fildan yuztadan fuqaro saylanadigan muntazam faoliyat ko’rsatadigan organ bo’ldi, to’rt yuzlar kengashi xalq yig’inida ko’riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq yig’ini (ekklesiya) to’la qonli barcha vakolatlarga ega bo’lgan boshqaruv organi bo’lib fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni ishiga qatnashish huquqiga ega bo’ldilar. Xalq yig’i muntazam yig’iladigan bo’ldi (Er. avv. V asrda yilida 40 marta yoki 9 kunda 1 marta).

Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo’lmaganligi sababli zodagonlar hokimiyatini to’la tugata olmadi.

Er. avv. 560-yil atrofida hokimiyatni zodagonlardan biri Pisistrat qattiq kurash natijasida bosib oldi va o’zini tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o’rnatdi. U dastlab eng muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko’rsatdi. Qishloq kambag’allari uchun soliqlar majburiyatini kamaytirdi, qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. Yer egalarini Afinaga sudga qatnashishidan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o’z hokimiyatini mustahkamladi, fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi, bu o’rta hol dehqonlarni og’ir ahvolga solib qo’ydi.

Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-aharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanel bo’g’oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinani Qora dengizga boradigan dengiz yo’llari ustidan nazoratini o’rnatdi. Afinada savdo hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlarni qurilishini amalga oshirdi, Akropolni bezadi, shoirlar, rassomlarga homiylik qildi. Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo’shiqchilari to’planib, ularning so’zlaridan Gomerning mashhur poemalari “Iliada” va Odessiya”lari yozib olindi.

Pisistratning tadbirlari eski urug’ zodagonlarining mavqeiga putur yetkazdi, ularning ko’p vakillari Afinadan quvg’in qilindi. Er. avv. 527-yilda Pisistratninbg vafotidan keyin o’g’illari Gippey va Gipparx Afina hokimlari bo’ldilar. Bu vaqtda kuchli fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora dengizga boradigan yo’llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi, natijada Afinaga chetdan g’alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Tabiiyki bu aholini noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pisistratning o’g’illari hokimiyatini ag’darib tashladi.

Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasi ag’darilganidan so’ng, yevpatridlarni o’z hukmronliklarini tiklashga urinishlari afinaliklarni ko’pchiligining keskin qarshiligiga uchradi. Shunday bir sharoitda demos qo’llab- quvvatlagan Klisfen yangi islohotlarni o’tkardi (Er. avv. 509-507-yillar). U mamuriy hududiy islohotni amalga oshirdi. Attika urug’chilik tashkiloti o’rniga 10 ta yangi hududiy filga ajratildi. Bu urug’chilik aloqalarini uzilishi va aholini aralashib ketishiga olib keldi, endilikda Attika aholisi yashash joyiga qarab hududiy aloqalar bo’yicha birlashdi, urug’ fillari to’la tugatildi.

To’rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o’z tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 hududiy fildan 50 kishi bu kengashga saylandi, shu bilan birga yangi besh yuzlar Kengashi tarkibi (Bule) har yili to’la yangilandi. Kengash a’zolari qura tashlash yo’li bilan saylandi, ikki martadan ortiq saylanish mumkin emas edi. Klisfen tub joy aholi huquqiga kelgindi aholi huquqini tenglashtirdi, endi fuqarolik qadimgi urug’ filiga mansublik bilan emas balki eng kichik hududiy birlik demga mansublik bilan belgilandi. Endilikda har bir fuqaro o’z ismiga otasining avlodi ismi emas o’z demini nomini qo’shdi, bu fuqarolik jamoasini barqarorligiga olib keldi.

Klisfen Afina demokratiyasiga tahdid solishi mumkin bo’lgan obro’li boy fuqaroni aniqlaydigan ostraktizm tamoyilini joriy qildi. Afinada o’z shaxsiy hokimiyatini o’rnatishga gumon qilingan fuqarodan sud qarori bo’yicha ovoz berish yo’li bilan Afinadan quvg’in qilinadigan bo’ldi.

Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu islohotlar urug’chilik munosabatlarini urug’ zodagonlarining hokimiyati qoldiqlarni to’la tugatdi. Afina davlat qurilishiga demokratiyani to’la hukmronligini o’rnatdi. Barcha Afina fuqarolari (Afinada yashayotgan chet elliklar qullar bundan mustasno) polisning siyosiy hayotida faol qatnashdilar. Ular har qanday davlat lavozimlariga saylanishlari, o’z fuqarolik jamoalari siyosiy hayotini eng muhim muammolarini yechishda ishtirok etishlari mumkin edi. Afina demokratiyasi barcha yunon polislari orasida eng ilg’or va rivojlangan demokratik davlat qurilishiga ega edi.

Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligini boshlanishi doriylar bosqinini tugallanish vaqtiha to’g’ri keladi. Doriy qabilalari er. avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o’rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o’rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo’ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini odatda Lakedemon deb atadilar. Ko’pchilik doriylar-bo’lg’usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o’rnashdilar.

Mahalliy axey aholisining bir qismi bo’ysundirilib, bir qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo bo’lishi qisqa vaqt ichida boshqa bepoyon hududlarni bosib olish bilan belgilandi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida urug’ munosabatlarini yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Spartra davlatida urug’chilik tuzumi qoldiqlarini uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi.

Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan boshlab Sparta davlati yetakchi o’ringa chiqib oldi va bu erda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. avv. VIII asrda Sparta janubiy Lakoniyaning bir qancha viloyatlarini, Kifera orolini, keyin esa Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o’lka Spartaning kam sonli to’la huquqli fuqarolari tomonidan bo’lib olindi, mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.

Spartaliklar o’zlariga tegishli bo’lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo’ldilar. Har bir to’la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo’jayinlarga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so’ng Sparta g’arbiy Messeniyani egalladi, keyin esa sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o’ziga qo’shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga majbur bo’ldilar. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega bo’lib, qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar – davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o’zining uchdan bir qism qo’shinini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o’rtasida aloqa zaif bo’lib, alohida polislar bir – biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o’z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o’rniga hech kimga shubha yo’q edi. Bu ittifoq o’sha davrda Yunonistonda eng kuchli edi.

Sparta jangchilar davlati edi. Spartalik o’g’il bola yoshligidayoq davlat homiyligi ostida edi. Davlat hokimiyatini eng avvalo intizomli, jismonan kuchli jangchiga ega bo’lish uchun spartalik go’dakni yoshligidan jismonan kuchli qilib tarbiyalar edi. Zaif, kuchsizlar davlatga kerak emas edilar, shu sababli zaif, kasal bolalardan ularni yoshligidayoq qutilishga harakat qilinar edi. Gerodot tarixida Demokrit aytganidek, Spartaliklar erkin edilar, lekin barcha munosabatda emas, ular davlat qonunlariga bo’ysunar edilar.

Bu qonunlar spartalik bolani yetti yoshligidan ota-onasidan uzoqda o’z tengqurlari ichida, 20-30 yoshli kattalar boshchiligida harbiy manzigohda yashashni belgilab qo’ygan edi. Asosiy e’tibor gimnastika mashqlari, jangovar madhiyalar va harbiy marshlarni xor bo’lib aytishga qaratilgan edi. Tarbiyaning qattiqligi o’smirlarni Artemida ibodatxonasida har yili o’tkaziladigan qiynoq sinovlarda o’z aksini topgan edi. Sinalayotgan o’smir og’riqni sezdirmasligi shart edi.

Yosh yigit 20 yoshga yetgach Sparta (“tenglar jamiyati”)ning to’la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o’tkaziladigan ovqatlanish (fiditiyasi yoki filitiyalar)ga ishtirok qilishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o’tirib uksus, tuz qo’shilib qonda tayyorlangan chuchqa go’shti bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartalilar o’z vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o’tkazib chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon polislari aholisida nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik his-tuyg’usini shakllantirilar edi. Spartaliklarni yunon dunyosida qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar.

Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining qo’zg’olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug’dirish uchun ularni tunda o’ldirishni (kriptiy) e’lon qilganlar. Er.avv. XI asrdayoq spartaliklar o’zlarini har xil “yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatini o’zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari faqat yog’ochdan bo’lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab bir xildagi kalta yoping’ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o’zlarini teng deb hisoblardilar.

2. Davlat tuzumi

Sparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. Butun hokimiyat periek va ilotlar ustidan hukmronligini o’rnatgan tor doiradagi spartaliklar qo’lida edi. Davlat tepasida ashad va yevrionit urug’larida mansub bo’lgan ikki podsho turar edi. Ular asosan harbiy boshliqlar bo’lib tinchlik vaqtida ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud majburiyatlarini amalga oshirganlar, ikki podsho ham oqsoqollar kengashi gerusiya tarkibiga umrbod kirganlar. Podsholar hokimiyati xalq yig’inining keng vakolatlari bilan cheklab qo’yilgan edi. Podsholardan biri urush vaqtida qo’shinga boshchilik qilgan, ammo ular raxbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga majbur bo’lganlar. Xalq yig’ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega edi. Faqatgina xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. Fuqarolik ishi bo’yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar-eforlar amalga oshirganlar. Ular spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni bajarishini ham nazorat qilganlar.

Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar. Taxminlarga ko’ra eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar, er. avv. XI asrdan boshlab esa xalq yig’ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oily organ sifatida paydo bo’ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo’shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta qishlog’ining har biridan 1 tadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. Hamda har qanday spartaliklarni, hatto geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega edilar. Bundan tashqari Sparta turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo’rqitish tadbirlarini amalga oshirishga rahbarlik qildilar.

Podsholar 60 yoshdan yuqori bo’lgan aslzoda-yigirma sakkiz keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada xalq yig’iniga ko’riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar, hamda jinoiy ishlar bo’yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig’ini-appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, zaruriyat bo’lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ularning qo’lida edi. Podsholar ba’zi umrbod imtiyozlarga (xarbiy o’ljalar 1/3 ga egalik qilish, tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo’lsalarda eforlarning kuchi hokimiyati ularni podsholar bilan bir qatorda kuyar edi, bu tashqi tomondan quyidagi odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq qilgan holda, eforlar podsholar ko’ringanda o’z o’rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar.

Xalq yig’ini appelada 30 yoshga etgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Masalalar qizg’in muhokama qilinadigan oddiy fuqoro faol so’zga chiqadigan Afina eklessiyasidan Sparta appelasi keskin farq qilar edi. Appelada oddiy spartaliklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appela muhokama qilmas, bahslashmas faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Sparta davlatining konservativ holati uni zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi yarmigacha shu xolatda yashadi.

Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab butun yunon dunyosini cho’lg’ab olgan ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar Spartaga ham ta’sir qila boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy ta’limni o’rganib 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda bo’lganlar. Jangda qo’shinning oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan, ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo’lgan keksalar jangga kirishgan. Sparta qo’shini er. avv. VI-V asrlarda yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo’shin edi. Qo’shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo’lingan. Lox tepasida loxak turgan. Qo’shinga qo’mondonlikni podsholar amalga oshirganlar. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam berganlar. Qo’shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi, suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo’riqlaydigan tinchlik vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o’ziga xos otliq gvardiyani tashkil etganlar.3. Arxaik davri hayotining umumiy manzarasi

Taxminlarga ko’ra arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga ko’ra erkaklar qisqa ko’ylak (xiton) kiyib, ko’chaga chiqayotganda ustlariga keng yoping’ich xlamida tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, kamar bilan tortilgan kamzol (peplum) kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yubka kanopdan to’qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton o’zlashtirib olingan, sochga tilla to’g’nog’ich qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash – xlamida bilan o’ranganlar, hunarmandlar esa chap elka orqali tashlangan kamtar jun yoping’ich (eksomida) bilan cheklanib qolganlar.

Arxaik davrda oila – nikoh munosabatlari ham o’zgardi. Gomer davrida kuyov kelinni ota – onalariga qimmatbaho sovg’alar berib sotib olar edi. Arxaik davrida esa kelinga sep berish odatga aylandi. Nikohga asos bo’lib yoshlarning ota – onasi o’rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli qurbonliklar qilingach kelinni otasining uyida to’y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh botishi bilan kelin kuyovning uyiga kuzatib qo’yilgan.

Dafn marosimlari o’zgardi. Arxaik davrida ko’kragiga urib yig’laydigan go’yandalar paydo bo’ldi. Yig’i – sig’idan so’ng marhum jasadi yuvib-taralib xushbo’y yog’lar surtilgan. Keyingi kun dafn qilish marosimi yig’i bilan mayit shahar tashqarisidagi qabristonga chiqarilgan. O’likning og’ziga er osti Aid podsholigida o’liklarni tashuvchi Xarondga to’lov sifatida tanga qo’yganlar. Ehtimol krematsiya ham bo’lgan, bu haqda Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum o’zining qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan, olovga vino, sut va asal sepish rasmi bilan marosim tugagan.

4. Er. avv. VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi

O’rta Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri markazi Afina bo’lgan Attika misolida yunon polisini shakllanishini atroflicha ko’rish mumkin. Barcha tomonlari dengiz bilan o’ralgan, tog’lar bilan o’ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay edi. Kumush konlari, marmarning mo’l-ko’lligi, savdo-hunarmandchilikni ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikni rivojlanishiga sabab bo’ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan edi, keyinbchalkik esa ular qoyatosh bag’rida joylashgan Afina akropoli markaz bo’lgan bir shahar atrofida birlashdilar.

Attikaning qadimgi aholisi Ioniylar, pelastlarga doriylarning ko’chishi ta’sir qilmadi. Bu yerda yunon tilining ioniy shevasida so’zlashadigan qabilalar guruhi to’rt urug’ yoki qabila (fil)ga bo’lingan edi. Har bir fil bir necha o’nlab urug’lardan iborat bo’lgan uch firatriyaga bo’lingan edi.

Gomer davrida Attika aholisini basileylar boshqardilar. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin, harbiy boshliq edilar. Boshqa yunon polislariga bo’lganidek basileylar huzurida Afinada areopag deb ataladigan oqsoqollar kengashi bor edi. Afsonalarga ko’ra Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersziy aholini uch guruhga bo’ladi: Yer egalari-yevpatridlar, dehqonlar-geomorlar, hunarmandlar-demiurglar.

Er. avv. VIII asr davomida xo’jalik va xususiy mulkchilikni rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o’zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar, basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o’ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o’rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi.

Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o’z o’rinlarini yangi saylanganlarga bo’shatib berib, o’zlari areopagning umrbod a’zolari bo’lib qolar edilar. Areopag er. avv. VIII-VII asrlarda eng obro’li hokimiyat organi edi.

Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosiga faol qatnashdilar. Tovar ishlab chiqarish, savdo hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Er. avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon tomonidan hokimiyatni bosib olishga urunib ko’rdi. Arxont Drakon tomonidan 622-yilda og’zaki qonunchilikni yozma to’plamga keltirilishi urug’ zodagonlarini hokimiyatini bo’shashtirdi. Drakon qonunlari bilan urug’chilikning qoldig’i bo’lgan o’ch olish taqiqlandi, jazolash funksiyasi aeropagga berildi. Drakon qonunlari shafqatsiz edi, mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. O’g’rilik jinoyati uchun o’lim jazosi belgilanadi.

Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag’al qismi bo’lgan oddiy demos o’rtasida ijtimoiyt ziddiyatlar kuchaydi. Drakon qonunlari Attika aholisini eng katta muammolaridan biri qarz masalasini hal qilmadi. Er. avv. 594-yilda arxont vazifasiga saylangan kambag’allashgan yevpatrid, shoir Solon islohotlar o’tkardi. Solon islohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi, ilgari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to’lanib Afinaga qaytarildi.

Xo’jalik faoliyatini rag’batlantiradigan qator islohotlar o’tkazildi. Pul islohoti uzunlik va og’irlik o’lchov birliklarini takomillashtirish savdo, hunarmandchilikni rag’batlantirdi, natijada Attikadan chetga tovar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g’lla chiqarishni taqiiqladi, bu zaytun moyi va vinoni eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Bu chora tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag’batlantirdi.

Vasiyatlar erkinligi to’g’risidagi qonun urug’chilik aloqalarini zaiflashtirdi, alohida oilalarni iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi.

Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikani barcha erkin aholisini daromad hajmiga qarab to’rt toifaga bo’ldi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki boy fuqarolar avvalgidek to’la hokimiyatga ega bo’ldilar, shu bilan birga fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub bo’lish yer uchastkasidan yillik olinadigan daromadga bog’liq bo’ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlab ko’p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak uruqqa mansublik, emas balki aynan daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni jamiyatdagi obro’ini o’lchov mezoni bo’ldi.

Eramizdan avvalgi VII asr oxiri VI asr boshlarida Afina demosi shoir, savdogar Solonni arxont qilib sayladi va unga islohot o’tkazish uchun cheklanmagan vakolatlar berdi. Solon eng avvalo “seysaxteyya” (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. Katta er egaligi cheklandi, er uchastkasini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi.

Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga etgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo’yicha oliy appelyatsiya huquqiga ega bo’ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo’yicha hukm chiqara olar edi. Odam o’ldirish bo’yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo’lida qoldi.

Siyosiy huquq mulkiy tsenz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to’rt toifaga ajratildi. Birinchi toifaga pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn g’alla yoki besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun yog’i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi toifaga suvoriylar – gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak aravaga ega bo’lgan og’ir qurolli piyodalar – zevgitlar, to’rtinchisiga hunarmand – fetlar kirdi. Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomednlar da’vo qilishilari mumkin edi. Fetlar polisni bevosita boshqaruvdan chetlashtirildilar.

Xalq yig’ini – eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda, mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko’rsatish, gelieini – maslahatchilar sudiga ishtirok etib mansabdor shaxslarni suiste’molini yo’q qilishlari mumkin edi.

Solon islohotlari bo’lg’usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, are opagning roli o’zgarmadi, Polisning urug’, fillarga bo’linishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug’ huquqini yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o’z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o’rgatmagan o’g’il keksaygan otasiga g’amxo’rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. VI asr boshlaridagi isloxotlar barcha ijtimoiy muammolarni echa olmadi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasini o’rnatilishiga olib keldi.

Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasidan so’ng Afinada turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasida kurash kuchayib ketdi.

Klisfen boshchiligida savdo hunarmandchilik tabaqalari urug’ zodagonlari hokimiyatini yo’qotishga urindilar. Klisfen ma’muriy – hududiy isloxot o’tkazdi. Har bir fil o’z ichiga olgan jami o’n fil bo’lib har bir dem oily ma’muriy organ 500 lar kengashiga birdan 25 kishigacha a’zo saylagan. Yana bir siyosiy yangilik tiraniyani o’rnatilishiga qarshi qo’yilgan ostrakizm tamoyili bo’ldi. Ostrakizmga ko’ra Afina davlat tuzumiga qarshi jiddiy xavf tug’dirgan shaxs, siyosiy arbob ovoz berish yo’li bilan Afinadan quvg’in qilingan. Bu tamoyil siyosiy hayotda eramizdan avvalgi 487 yildan 417 yilgacha qo’llanib shu davrda tiraniyaning uch tarafdori Afinadan xaydab yuborilgan.

Eramizdan avvalgi VI-asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida demokratik tartib qoidalar g’alaba qildi.Natijada Afina ko’ngilli qo’shinlari tarkibi ham o’zgardi. Uning asosiy qismini og’ir qurollangan jangchi goplitlar tashkil etdi, ular ko’p sonli uchinchi qism zevgitlardan to’ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan jangchilarni va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.

Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar taynchi areopagga qarshi turgan to’rt yuzlar kengashi(Bule) tashkil etildi.Kengash a’zolari to’rt fildan yuztadan fuqaro saylanadigan muntazam faoliyat ko’rsatadigan organ bo’ldi, to’rt yuzlar kengashi xalq yig’inida ko’riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq yig’ini (ekklesiya) to’la qonli barcha vakolatlarga ega bo’lgan boshqaruv organi bo’lib fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni ishiga qatnashish huquqiga ega bo’ldilar. Xalq yig’i muntazam yig’iladigan bo’ldi (Er. avv. V asrda yilida 40 marta yoki 9 kunda 1 marta).

Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo’lmaganligi sababli zodagonlar hokimiyatini to’la tugata olmadi.

Er. avv. 560-yil atrofida hokimiyatni zodagonlardan biri Pisistrat qattiq kurash natijasida bosib oldi va o’zini tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o’rnatdi. U dastlab eng muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko’rsatdi. Qishloq kambag’allari uchun soliqlar majburiyatini kamaytirdi, qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. Yer egalarini Afinaga sudga qatnashishidan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o’z hokimiyatini mustahkamladi, fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi, bu o’rta hol dehqonlarni og’ir ahvolga solib qo’ydi.

Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-aharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanel bo’g’oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinani Qora dengizga boradigan dengiz yo’llari ustidan nazoratini o’rnatdi. Afinada savdo hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlarni qurilishini amalga oshirdi, Akropolni bezadi, shoirlar, rassomlarga homiylik qildi. Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo’shiqchilari to’planib, ularning so’zlaridan Gomerning mashhur poemalari “Iliada” va Odessiya”lari yozib olindi.

Pisistratning tadbirlari eski urug’ zodagonlarining mavqeiga putur yetkazdi, ularning ko’p vakillari Afinadan quvg’in qilindi. Er. avv. 527-yilda Pisistratninbg vafotidan keyin o’g’illari Gippey va Gipparx Afina hokimlari bo’ldilar. Bu vaqtda kuchli fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora dengizga boradigan yo’llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi, natijada Afinaga chetdan g’alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Tabiiyki bu aholini noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pisistratning o’g’illari hokimiyatini ag’darib tashladi.

Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasi ag’darilganidan so’ng, yevpatridlarni o’z hukmronliklarini tiklashga urinishlari afinaliklarni ko’pchiligining keskin qarshiligiga uchradi. Shunday bir sharoitda demos qo’llab- quvvatlagan Klisfen yangi islohotlarni o’tkardi (Er. avv. 509-507-yillar). U mamuriy hududiy islohotni amalga oshirdi. Attika urug’chilik tashkiloti o’rniga 10 ta yangi hududiy filga ajratildi. Bu urug’chilik aloqalarini uzilishi va aholini aralashib ketishiga olib keldi, endilikda Attika aholisi yashash joyiga qarab hududiy aloqalar bo’yicha birlashdi, urug’ fillari to’la tugatildi.To’rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o’z tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 hududiy fildan 50 kishi bu kengashga saylandi, shu bilan birga yangi besh yuzlar Kengashi tarkibi (Bule) har yili to’la yangilandi. Kengash a’zolari qura tashlash yo’li bilan saylandi, ikki martadan ortiq saylanish mumkin emas edi. Klisfen tub joy aholi huquqiga kelgindi aholi huquqini tenglashtirdi, endi fuqarolik qadimgi urug’ filiga mansublik bilan emas balki eng kichik hududiy birlik demga mansublik bilan belgilandi. Endilikda har bir fuqaro o’z ismiga otasining avlodi ismi emas o’z demini nomini qo’shdi, bu fuqarolik jamoasini barqarorligiga olib keldi.

Klisfen Afina demokratiyasiga tahdid solishi mumkin bo’lgan obro’li boy fuqaroni aniqlaydigan ostraktizm tamoyilini joriy qildi. Afinada o’z shaxsiy hokimiyatini o’rnatishga gumon qilingan fuqarodan sud qarori bo’yicha ovoz berish yo’li bAfinadan quvg’in qilinadigan bo’ldi

Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu islohotlar urug’chilik munosabatlarini urug’ zodagonlarining hokimiyati qoldiqlarni to’la tugatdi. Afina davlat qurilishiga demokratiyani to’la hukmronligini o’rnatdi. Barcha Afina fuqarolari (Afinada yashayotgan chet elliklar qullar bundan mustasno) polisning siyosiy hayotida faol qatnashdilar. Ular har qanday davlat lavozimlariga saylanishlari, o’z fuqarolik jamoalari siyosiy hayotini eng muhim muammolarini yechishda ishtirok etishlari mumkin edi. Afina demokratiyasi barcha yunon polislari orasida eng ilg’or va rivojlangan demokratik davlat qurilishiga ega edi.

Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligini boshlanishi doriylar bosqinini tugallanish vaqtiha to’g’ri keladi. Doriy qabilalari er. avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o’rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o’rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo’ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini odatda Lakedemon deb atadilar. Ko’pchilik doriylar-bo’lg’usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o’rnashdilar.

Mahalliy axey aholisining bir qismi bo’ysundirilib, bir qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo bo’lishi qisqa vaqt ichida boshqa bepoyon hududlarni bosib olish bilan belgilandi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida urug’ munosabatlarini yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Spartra davlatida urug’chilik tuzumi qoldiqlarini uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi.

Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan boshlab Sparta davlati yetakchi o’ringa chiqib oldi va bu erda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. avv. VIII asrda Sparta janubiy Lakoniyaning bir qancha viloyatlarini, Kifera orolini, keyin esa Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o’lka Spartaning kam sonli to’la huquqli fuqarolari tomonidan bo’lib olindi, mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.

Spartaliklar o’zlariga tegishli bo’lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo’ldilar. Har bir to’la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo’jayinlarga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so’ng Sparta g’arbiy Messeniyani egalladi, keyin esa sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o’ziga qo’shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga majbur bo’ldilar. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega bo’lib, qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar – davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o’zining uchdan bir qism qo’shinini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o’rtasida aloqa zaif bo’lib, alohida polislar bir – biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o’z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o’rniga hech kimga shubha yo’q edi. Bu ittifoq o’sha davrda Yunonistonda eng kuchli edi.Sparta jangchilar davlati edi. Spartalik o’g’il bola yoshligidayoq davlat homiyligi ostida edi. Davlat hokimiyatini eng avvalo intizomli, jismonan kuchli jangchiga ega bo’lish uchun spartalik go’dakni yoshligidan jismonan kuchli qilib tarbiyalar edi. Zaif, kuchsizlar davlatga kerak emas edilar, shu sababli zaif, kasal bolalardan ularni yoshligidayoq qutilishga harakat qilinar edi. Gerodot tarixida Demokrit aytganidek, Spartaliklar erkin edilar, lekin barcha munosabatda emas, ular davlat qonunlariga bo’ysunar edilar.Bu qonunlar spartalik bolani yetti yoshligidan ota-onasidan uzoqda o’z tengqurlari ichida, 20-30 yoshli kattalar boshchiligida harbiy manzigohda yashashni belgilab qo’ygan edi. Asosiy e’tibor gimnastika mashqlari, jangovar madhiyalar va harbiy marshlarni xor bo’lib aytishga qaratilgan edi. Tarbiyaning qattiqligi o’smirlarni Artemida ibodatxonasida har yili o’tkaziladigan qiynoq sinovlarda o’z aksini topgan edi. Sinalayotgan o’smir og’riqni sezdirmasligi shart edi.

Yosh yigit 20 yoshga yetgach Sparta (“tenglar jamiyati”)ning to’la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o’tkaziladigan ovqatlanish (fiditiyasi yoki filitiyalar)ga ishtirok qilishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o’tirib uksus, tuz qo’shilib qonda tayyorlangan chuchqa go’shti bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartalilar o’z vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o’tkazib chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon polislari aholisida nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik his-tuyg’usini shakllantirilar edi. Spartaliklarni yunon dunyosida qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar.

Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining qo’zg’olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug’dirish uchun ularni tunda o’ldirishni (kriptiy) e’lon qilganlar. Er.avv. XI asrdayoq spartaliklar o’zlarini har xil “yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatini o’zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari faqat yog’ochdan bo’lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab bir xildagi kalta yoping’ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o’zlarini teng deb hisoblardilaSparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. Butun hokimiyat periek va ilotlar ustidan hukmronligini o’rnatgan tor doiradagi spartaliklar qo’lida edi. Davlat tepasida ashad va yevrionit urug’larida mansub bo’lgan ikki podsho turar edi. Ular asosan harbiy boshliqlar bo’lib tinchlik vaqtida ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud majburiyatlarini amalga oshirganlar, ikki podsho ham oqsoqollar kengashi gerusiya tarkibiga umrbod kirganlar. Podsholar hokimiyati xalq yig’inining keng vakolatlari bilan cheklab qo’yilgan edi. Podsholardan biri urush vaqtida qo’shinga boshchilik qilgan, ammo ular raxbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga majbur bo’lganlar. Xalq yig’ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega edi. Faqatgina xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. Fuqarolik ishi bo’yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar-eforlar amalga oshirganlar. Ular spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni bajarishini ham nazorat qilganlar.

Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar. Taxminlarga ko’ra eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar, er. avv. XI asrdan boshlab esa xalq yig’ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oily organ sifatida paydo bo’ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo’shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta qishlog’ining har biridan 1 tadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. Hamda har qanday spartaliklarni, hatto geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega edilar. Bundan tashqari Sparta turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo’rqitish tadbirlarini amalga oshirishga rahbarlik qildilar.

Podsholar 60 yoshdan yuqori bo’lgan aslzoda-yigirma sakkiz keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada xalq yig’iniga ko’riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar, hamda jinoiy ishlar bo’yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig’ini-appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, zaruriyat bo’lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ularning qo’lida edi. Podsholar ba’zi umrbod imtiyozlarga (xarbiy o’ljalar 1/3 ga egalik qilish, tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo’lsalarda eforlarning kuchi hokimiyati ularni podsholar bilan bir qatorda kuyar edi, bu tashqi tomondan quyidagi odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq qilgan holda, eforlar podsholar ko’ringanda o’z o’rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar.Xalq yig’ini appelada 30 yoshga etgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Masalalar qizg’in muhokama qilinadigan oddiy fuqoro faol so’zga chiqadigan Afina eklessiyasidan Sparta appelasi keskin farq qilar edi. Appelada oddiy spartaliklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appela muhokama qilmas, bahslashmas faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Sparta davlatining konservativ holati uni zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi yarmigacha shu xolatda yashadi.

Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab butun yunon dunyosini cho’lg’ab olgan ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar Spartaga ham ta’sir qila boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy ta’limni o’rganib 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda bo’lganlar. Jangda qo’shinning oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan, ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo’lgan keksalar jangga kirishgan. Sparta qo’shini er. avv. VI-V asrlarda yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo’shin edi. Qo’shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo’lingan. Lox tepasida loxak turgan. Qo’shinga qo’mondonlikni podsholar amalga oshirganlar. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam berganlar. Qo’shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi, suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo’riqlaydigan tinchlik vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o’ziga xos otliq gvardiyani tashkil etganlar.3. Arxaik davri hayotining umumiy manzarasiTaxminlarga ko’ra arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga ko’ra erkaklar qisqa ko’ylak (xiton) kiyib, ko’chaga chiqayotganda ustlariga keng yoping’ich xlamida tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, kamar bilan tortilgan kamzol (peplum) kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yubka kanopdan to’qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton o’zlashtirib olingan, sochga tilla to’g’nog’ich qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash – xlamida bilan o’ranganlar, hunarmandlar esa chap elka orqali tashlangan kamtar jun yoping’ich (eksomida) bilan cheklanib qolganlar.

Arxaik davrda oila – nikoh munosabatlari ham o’zgardi. Gomer davrida kuyov kelinni ota – onalariga qimmatbaho sovg’alar berib sotib olar edi. Arxaik davrida esa kelinga sep berish odatga aylandi. Nikohga asos bo’lib yoshlarning ota – onasi o’rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli qurbonliklar qilingach kelinni otasining uyida to’y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh botishi bilan kelin kuyovning uyiga kuzatib qo’yilgan.Dafn marosimlari o’zgardi. Arxaik davrida ko’kragiga urib yig’laydigan go’yandalar paydo bo’ldi. Yig’i – sig’idan so’ng marhum jasadi yuvib-taralib xushbo’y yog’lar surtilgan. Keyingi kun dafn qilish marosimi yig’i bilan mayit shahar tashqarisidagi qabristonga chiqarilgan. O’likning og’ziga er osti Aid podsholigida o’liklarni tashuvchi Xarondga to’lov sifatida tanga qo’yganlar. Ehtimol krematsiya ham bo’lgan, bu haqda Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum o’zining qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan, olovga vino, sut va asal sepish rasmi bilan marosim tugagan.4. Er. avv. VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi

O’rta Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri markazi Afina bo’lgan Attika misolida yunon polisini shakllanishini atroflicha ko’rish mumkin. Barcha tomonlari dengiz bilan o’ralgan, tog’lar bilan o’ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay edi. Kumush konlari, marmarning mo’l-ko’lligi, savdo-hunarmandchilikni ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikni rivojlanishiga sabab bo’ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan edi, keyinbchalkik esa ular qoyatosh bag’rida joylashgan Afina akropoli markaz bo’lgan bir shahar atrofida birlashdilar.Attikaning qadimgi aholisi Ioniylar, pelastlarga doriylarning ko’chishi ta’sir qilmadi. Bu yerda yunon tilining ioniy shevasida so’zlashadigan qabilalar guruhi to’rt urug’ yoki qabila (fil)ga bo’lingan edi. Har bir fil bir necha o’nlab urug’lardan iborat bo’lgan uch firatriyaga bo’lingan edi.

Gomer davrida Attika aholisini basileylar boshqardilar. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin, harbiy boshliq edilar. Boshqa yunon polislariga bo’lganidek basileylar huzurida Afinada areopag deb ataladigan oqsoqollar kengashi bor edi. Afsonalarga ko’ra Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersziy aholini uch guruhga bo’ladi: Yer egalari-yevpatridlar, dehqonlar-geomorlar, hunarmandlar-demiurglar.

Er. avv. VIII asr davomida xo’jalik va xususiy mulkchilikni rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o’zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar, basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o’ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o’rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi.

Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o’z o’rinlarini yangi saylanganlarga bo’shatib berib, o’zlari areopagning umrbod a’zolari bo’lib qolar edilar. Areopag er. avv. VIII-VII asrlarda eng obro’li hokimiyat organi edi.Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosiga faol qatnashdilar. Tovar ishlab chiqarish, savdo hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Er. avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon tomonidan hokimiyatni bosib olishga urunib ko’rdi. Arxont Drakon tomonidan 622-yilda og’zaki qonunchilikni yozma to’plamga keltirilishi urug’ zodagonlarini hokimiyatini bo’shashtirdi. Drakon qonunlari bilan urug’chilikning qoldig’i bo’lgan o’ch olish taqiqlandi, jazolash funksiyasi aeropagga berildi. Drakon qonunlari shafqatsiz edi, mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. O’g’rilik jinoyati uchun o’lim jazosi belgilanadi.

Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag’al qismi bo’lgan oddiy demos o’rtasida ijtimoiyt ziddiyatlar kuchaydi. Drakon qonunlari Attika aholisini eng katta muammolaridan biri qarz masalasini hal qilmadi. Er. avv. 594-yilda arxont vazifasiga saylangan kambag’allashgan yevpatrid, shoir Solon islohotlar o’tkardi. Solon islohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi, ilgari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to’lanib Afinaga qaytarildi.

Xo’jalik faoliyatini rag’batlantiradigan qator islohotlar o’tkazildi. Pul islohoti uzunlik va og’irlik o’lchov birliklarini takomillashtirish savdo, hunarmandchilikni rag’batlantirdi, natijada Attikadan chetga tovar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g’lla chiqarishni taqiiqladi, bu zaytun moyi va vinoni eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Bu chora tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag’batlantirdi.Vasiyatlar erkinligi to’g’risidagi qonun urug’chilik aloqalarini zaiflashtirdi, alohida oilalarni iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi.Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikani barcha erkin aholisini daromad hajmiga qarab to’rt toifaga bo’ldi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki boy fuqarolar avvalgidek to’la hokimiyatga ega bo’ldilar, shu bilan birga fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub bo’lish yer uchastkasidan yillik olinadigan daromadga bog’liq bo’ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlab ko’p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak uruqqa mansublik, emas balki aynan daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni jamiyatdagi obro’ini o’lchov mezoni bo’ldi.Eramizdan avvalgi VII asr oxiri VI asr boshlarida Afina demosi shoir, savdogar Solonni arxont qilib sayladi va unga islohot o’tkazish uchun cheklanmagan vakolatlar berdi. Solon eng avvalo “seysaxteyya” (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. Katta er egaligi cheklandi, er uchastkasini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi.

Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga etgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo’yicha oliy appelyatsiya huquqiga ega bo’ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo’yicha hukm chiqara olar edi. Odam o’ldirish bo’yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo’lida qoldi.Siyosiy huquq mulkiy tsenz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to’rt toifaga ajratildi. Birinchi toifaga pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn g’alla yoki besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun yog’i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi toifaga suvoriylar – gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak aravaga ega bo’lgan og’ir qurolli piyodalar – zevgitlar, to’rtinchisiga hunarmand – fetlar kirdi. Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomednlar da’vo qilishilari mumkin edi. Fetlar polisni bevosita boshqaruvdan chetlashtirildilar.Xalq yig’ini – eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda, mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko’rsatish, gelieini – maslahatchilar sudiga ishtirok etib mansabdor shaxslarni suiste’molini yo’q qilishlari mumkin edi.

Solon islohotlari bo’lg’usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, are opagning roli o’zgarmadi, Polisning urug’, fillarga bo’linishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug’ huquqini yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o’z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o’rgatmagan o’g’il keksaygan otasiga g’amxo’rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. VI asr boshlaridagi isloxotlar barcha ijtimoiy muammolarni echa olmadi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasini o’rnatilishiga olib keldi.Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasidan so’ng Afinada turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasida kurash kuchayib ketdi

Klisfen boshchiligida savdo hunarmandchilik tabaqalari urug’ zodagonlari hokimiyatini yo’qotishga urindilar. Klisfen ma’muriy – hududiy isloxot o’tkazdi. Har bir fil o’z ichiga olgan jami o’n fil bo’lib har bir dem oily ma’muriy organ 500 lar kengashiga birdan 25 kishigacha a’zo saylagan. Yana bir siyosiy yangilik tiraniyani o’rnatilishiga qarshi qo’yilgan ostrakizm tamoyili bo’ldi. Ostrakizmga ko’ra Afina davlat tuzumiga qarshi jiddiy xavf tug’dirgan shaxs, siyosiy arbob ovoz berish yo’li bilan Afinadan quvg’in qilingan. Bu tamoyil siyosiy hayotda eramizdan avvalgi 487 yildan 417 yilgacha qo’llanib shu davrda tiraniyaning uch tarafdori Afinadan xaydab yuborilgan.Eramizdan avvalgi VI-asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida demokratik tartib qoidalar g’alaba qildi.Natijada Afina ko’ngilli qo’shinlari tarkibi ham o’zgardi. Uning asosiy qismini og’ir qurollangan jangchi goplitlar tashkil etdi, ular ko’p sonli uchinchi qism zevgitlardan to’ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan jangchilarni va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.

Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar taynchi areopagga qarshi turgan to’rt yuzlar kengashi(Bule) tashkil etildi.Kengash a’zolari to’rt fildan yuztadan fuqaro saylanadigan muntazam faoliyat ko’rsatadigan organ bo’ldi, to’rt yuzlar kengashi xalq yig’inida ko’riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq yig’ini (ekklesiya) to’la qonli barcha vakolatlarga ega bo’lgan boshqaruv organi bo’lib fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni ishiga qatnashish huquqiga ega bo’ldilar. Xalq yig’i muntazam yig’iladigan bo’ldi (Er. avv. V asrda yilida 40 marta yoki 9 kunda 1 marta).Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo’lmaganligi sababli zodagonlar hokimiyatini to’la tugata olmadi.

Er. avv. 560-yil atrofida hokimiyatni zodagonlardan biri Pisistrat qattiq kurash natijasida bosib oldi va o’zini tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o’rnatdi. U dastlab eng muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko’rsatdi. Qishloq kambag’allari uchun soliqlar majburiyatini kamaytirdi, qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. Yer egalarini Afinaga sudga qatnashishidan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o’z hokimiyatini mustahkamladi, fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi, bu o’rta hol dehqonlarni og’ir ahvolga solib qo’ydi.

Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-aharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanel bo’g’oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinani Qora dengizga boradigan dengiz yo’llari ustidan nazoratini o’rnatdi. Afinada savdo hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlarni qurilishini amalga oshirdi, Akropolni bezadi, shoirlar, rassomlarga homiylik qildi. Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo’shiqchilari to’planib, ularning so’zlaridan Gomerning mashhur poemalari “Iliada” va Odessiya”lari yozib olindi.

Pisistratning tadbirlari eski urug’ zodagonlarining mavqeiga putur yetkazdi, ularning ko’p vakillari Afinadan quvg’in qilindi. Er. avv. 527-yilda Pisistratninbg vafotidan keyin o’g’illari Gippey va Gipparx Afina hokimlari bo’ldilar. Bu vaqtda kuchli fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora dengizga boradigan yo’llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi, natijada Afinaga chetdan g’alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Tabiiyki bu aholini noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pisistratning o’g’illari hokimiyatini ag’darib tashladi.

Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasi ag’darilganidan so’ng, yevpatridlarni o’z hukmronliklarini tiklashga urinishlari afinaliklarni ko’pchiligining keskin qarshiligiga uchradi. Shunday bir sharoitda demos qo’llab- quvvatlagan Klisfen yangi islohotlarni o’tkardi (Er. avv. 509-507-yillar). U mamuriy hududiy islohotni amalga oshirdi. Attika urug’chilik tashkiloti o’rniga 10 ta yangi hududiy filga ajratildi. Bu urug’chilik aloqalarini uzilishi va aholini aralashib ketishiga olib keldi, endilikda Attika aholisi yashash joyiga qarab hududiy aloqalar bo’yicha birlashdi, urug’ fillari to’la tugatildi.



To’rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o’z tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 hududiy fildan 50 kishi bu kengashga saylandi, shu bilan birga yangi besh yuzlar Kengashi tarkibi (Bule) har yili to’la yangilandi. Kengash a’zolari qura tashlash yo’li bilan saylandi, ikki martadan ortiq saylanish mumkin emas edi. Klisfen tub joy aholi huquqiga kelgindi aholi huquqini tenglashtirdi, endi fuqarolik qadimgi urug’ filiga mansublik bilan emas balki eng kichik hududiy birlik demga mansublik bilan belgilandi. Endilikda har bir fuqaro o’z ismiga otasining avlodi ismi emas o’z demini nomini qo’shdi, bu fuqarolik jamoasini barqarorligiga olib
Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish