Davlat tarbiyasining birinchi bosqichida 7-12 yoshgacha bolalarni agella (“poda”)ga to`plab, mashqlar va sinovlar muntazam o`tkazilgan. Bu bosqichda bolalarda kuch va chidamlilikni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo`yilgan. Bolalar badani momataloq bo`lgunicha kaltaklash, tan jarohati yetkazish marosimidan o`tar edi. Kaltaklanayotgan og`riqqa un chiqarmay chidashi, og`riqni sezdirmasligi lozim edi. O`smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o`smir (iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)ga kirganlar. Ular g`arib chaylada yarim och, juldur kiyimlarda o`zlari yig`ib kelgan qamish ustida uxlar edilar. - Davlat tarbiyasining birinchi bosqichida 7-12 yoshgacha bolalarni agella (“poda”)ga to`plab, mashqlar va sinovlar muntazam o`tkazilgan. Bu bosqichda bolalarda kuch va chidamlilikni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo`yilgan. Bolalar badani momataloq bo`lgunicha kaltaklash, tan jarohati yetkazish marosimidan o`tar edi. Kaltaklanayotgan og`riqqa un chiqarmay chidashi, og`riqni sezdirmasligi lozim edi. O`smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o`smir (iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)ga kirganlar. Ular g`arib chaylada yarim och, juldur kiyimlarda o`zlari yig`ib kelgan qamish ustida uxlar edilar.
- Harbiy mashqlar (qurollarni o`zlashtirish, zich safda harakat qilish, tez harakatlanish va taktika) harbiy o`qish kursi, sport va ov bilan to`ldirilar edi. Bu davrda o`qituvchilar spartalik yosh o`smirlarga ilotlarga nisbatan mensimaslik, nafrat tuyg`usini shakllantirganlar. Bu o`qitish davri dala mashqlari (kriptiya) bilan tugallanar edi. Keyinchalik, bu mashqlar ilotlarni yo`q qilish marosimi shaklini oldi. 16-20 yoshlarda o`qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya) boshlangan. Yosh spartalik yigit yer ulushi egasiga aylanar edi. Bu yer ulushi uni va oilasini boqishi kerak edi.
Yosh yigit 20 yoshga yetgach, Sparta (“Tenglar jamiyati”)ning to`la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o`tkaziladigan ovqatlanish (fiditiya yoki filitiya)larga ishtirok etishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o`tirib, uksus, tuz qo`shilib, qonda tayyorlangan cho`chqa go`shti bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartaliklar o`z vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o`tkazib, chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon polislari aholisiga nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik his-tuyg`usi shakllantirilar edi. Yunon dunyosida spartaliklarni qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar. - Yosh yigit 20 yoshga yetgach, Sparta (“Tenglar jamiyati”)ning to`la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o`tkaziladigan ovqatlanish (fiditiya yoki filitiya)larga ishtirok etishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o`tirib, uksus, tuz qo`shilib, qonda tayyorlangan cho`chqa go`shti bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartaliklar o`z vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o`tkazib, chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon polislari aholisiga nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik his-tuyg`usi shakllantirilar edi. Yunon dunyosida spartaliklarni qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar.
- Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining qo`zg`olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug`dirish uchun ularni tunda o`ldirishni (kriptiya) e’lon qilganlar. Er. avv. XI asrdayoq spartaliklar o`zlarini har xil “yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatning o`zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari faqat yog`ochdan bo`lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab, spartaliklar bir xildagi kalta yoping`ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o`zlarini teng deb hisoblardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |