MAVZU:KRMINAL HOLATLARDA TEZ TIBBIY YORDAM KORSATISH.KRMINAL HOLATLARDA TIBBIYOT HODIMLARINING HARAKATI. KRMINAL HOLATDA BIOLOGIK O’LIMNI QAYD QILISH BAJARDI:312A GURUH TALABASI SAMIGOVA DILDORA - Ko‘p sonli jarohatlanish va kasallanishlarda shoshilinch (https://fayllar.org/1-nogironlar-bilan-ijtimoiy-ish-va-uning-xususiyatlari-nogiron.html)
- tibbiy yordam ko‘rsatish
- Ma’lumki, baxtsiz hodisalar, falokat, tabiiy ofat va boshqalar vaqtida
- voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘p sonli jarohatlanganlar bo‘ladi. Bunday
- holatlarda tez yordam qanday tashkil qilinadi? Qanday yordam va u
- qanday ketma-ketlikda ko‘rsatiladi? Bunday hollarda voqea sodir bo‘lgan
- joyda tibbiyot xodimi yoki birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
- ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxs voqea oqibatlarini bartaraf qilish uchun
- qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha javobgar bo‘ladi. U
- hamma jarohatlanganlarga yordam berilmaguncha yoki tez yordam
- brigadasi yetib kelmaguncha o‘sha joyda qolishi kerak.
Kriminal holatlarda chaqirilgan tibbiy xodimning harakati va vazifalari - Tibbiyot xodimlari, agar militsiya yoki prokuratura xodimlari
- bo‘lmasa, voqea sodir bo‘lgan joyda hamma begona kishilarni chiqarib
- yuboradilar. U yerdagi narsalarning joyi o‘zgarmasligini nazorat qiladilar
- (mebellarni joyidan qo‘zg‘atish, qog‘ozlarni bir-biriga qo‘shish yoki
- tashlab yuborish, polni supurish yoki yig‘ishtirish va boshqalarga yo‘l
- qo‘yilmaydi).
- Voqea sodir bo‘lgan joydagi jihozlarning joylashuvi iloji boricha
- o‘zgartirilmasdan jarohatlanganga zarur tez yordam ko‘rsatiladi. Voqea
- sodir bo‘lgan joyda qurol yoki boshqa vositalar topilganda, ularni militsiya
- yoki prokuratura xodimlari yetib kelguncha qaysi joyda va qanday holda
- topilgan bo‘lsa, shundayligicha saqlash choralari ko‘riladi.
- Bu voqea sodir
- bo‘lgan joydagi mas’ul yoki shu maqsadda chaqirilgan maxsus shaxslarga
- ularni qo‘riqlash vazifasini yuklash orqali amalga oshiriladi. Fyeldsher
- shuni esda tutishi kerakki, jinoyat sodir etilgan vositalarda, jarohatlangan
- shaxs atrofidagi predmetlarda qon izlari barmoq izlari va boshqalar
- bo‘lishi mumkin. Ular tergov olib borish uchun saqlanib qolishi kerak.
- Tez yordam xodimlari yetib kelgan vaqtda jarohatlangan shaxsning
- qo‘lida qolgan qurol voqea sodir bo‘lgan joyda qoldiriladi. Osish yoki
- bo‘g‘ish uchun ishlatilgan sirtmoq yechilmaydi, balki kesib olinadi va
- voqea sodir bo‘lgan joyda qoldiriladi.
- Zaharlanish holatlarida zaharli modda mavjud bo‘lgan yoki tekkan
- hamda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha predmetlarga ehtiyotkorlik
- bilan yondashish kerak. Oziq-ovqatdan zaharlanish yoki intoksikatsiya
- belgilari bo‘lgan bemor so‘roq qilinganda, uning yoki atrofdagilarning
- fikricha, qaysi mahsulotlar kasallikka sabab bo‘lganligi, ular qayerdan
- sotib olinganligini aniqlash lozim. Voqea sodir bo‘lgan joyda aniq o‘lim
- belgilari (murda dog‘lari, murda qotishi) bo‘lgan murda topilganda uni
- qanday holatda va ko‘rinishda topilgan bo‘lsa, shu ko‘rinishda militsiya
- yoki prokuratura xodimlari yetib kelguncha saqlab turishga to‘g‘ri keladi.
- O‘lim sodir bo‘lganini aniqlash uchun tibbiy xodimlar, hatto murda holati
- va ko‘rinishini o‘zgartirish zarur bo‘lsa ham, barcha kerakli tibbiy
- choralarni qo‘llashlari lozim. Qon dog‘lari va ifloslangan sohalarni yuvib
- tashlash mutlaqo man qilinadi.
- Murda qo‘lida siqilib qolgan jihozlarga
- (qurol, qog‘oz va boshqalar) tegish, o‘lim sababi haqida xulosa berish
- feldsher vazifasiga kirmaydi. U faqatgina yuzaki ko‘rik asosida o‘lim
- sababi haqida xulosa qilish huquqiga ega emas. Voqea sodir bo‘lgan
- joydagi tezkor o‘lim haqida feldsher militsiyaga xabar berishi kerak.
- Kriminal holat tufayli va yoki zo‘raki o‘limga shubha tug‘ilgan
- hollarda murda faqat militsiya yoki prokuratura organlari ruxsatidan so‘ng
- voqea sodir bo‘lgan joydan olib ketiladi. Murda voqea sodir bo‘lgan joyda
- qoldirilganda, unga tegilmaydigan sharoitda saqlash uchun, militsiya yoki
- prokuratura organlari xodimlari yetib kelguncha, murdani va u turgan
- joyni qo‘riqlash mas’ul shaxslarga topshiriladi va ularning familiyasi
- chaqiriq qog‘oziga yozib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |