3-AMALIY MASHG’ULOT. KO’P YILLIK BEGONA BEGONA O‘TLAR
Dars maqsadi
: talabalarga keng tarqalgan kop yillik begona o’tlarni
mashg’ulotda
ularning gerbariylariga, o’simlik namunalariga qarab urug’larni esa
kollektsiya namunalari asosida o’rgatishdan iborat.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.
Gyerbariy va o’simlik namunalari asosida begona o’tlarni bir-biridan ajrata
oladi.
2.
Urug’ kollektsiyalar yordamida begona o’t urug’larini aniqlay oladi.
Kerakli jihozlar:
Begona o’t gerbariylari, o’simlik
namunalari, begona
o’tlar urug’lari kollektsiyasi, zarrabin taxtacha, qisqich-pintset.
O‘q ildizlilar.
Bu guruhga kiradigan begona
o‘tlarning
umumiy belgisi ularning asosiy, ya’ni o‘q ildizi tuproqning chuqur
( 2-6-15 metr) qatlamlariga kirib borishidir. Asosiy ildizdan esa ko‘plab yon
ildizlar taralgan bo‘ladi. Agar ildizi bo‘g‘zidan qirqilsa, qolgan o‘q ildizdan yangi
o‘simta chiqmaydi.
Bu guruhga otquloq, sachratqi, otquray, kampirchopon,
qoqio‘t, momoqaymoq, erman va boshqalar kiradi.
Ildizpoyali begona o‘tlar.
Bu biologik guruhning vakillari ko‘p
va xilma-
xil bo‘lib, ekinlarga katta zarar etkazadi. Bu guruhdagi begona o‘tlarning ildizi
ham yaxshi taraqqiy etgan, shuning uchun ham ular
ildizpoyali o‘t
deyiladi.
Ildizpoyali begona o‘tlarning biologik belgilaridan biri ildizpoyalari
yashovchanligining uzoq davr saqlanishi va undagi har bir kurtakdan yangi o‘simta
hosil bo‘lishidir.Ularning bunday usulda ko‘payishi
vegetativ ko‘payish
deyiladi.
Bularning ildizpoyasi asosan erning haydalma qatlamida gorizontal yo‘nalishda
rivojlanib, ekinlarni har tomonlama siqib qo‘yadi. O‘rta
Osiyoda ildizpoyali
begona o‘tlar keng tarqalgan. Bular g‘umay, ajriq, qamish, salomalaykum, dala
qirqbo‘g‘imi, achchiqmiya, oqmiya va boshqalardir.
Ildiz bachkililar.
Bu biologik guruhga 26 tur begona o‘t mansub, shulardan
16 turi O‘zbekistonda keng tarqalgan. Bu guruhdagi begona o‘tlar ko‘p yillik
bo‘lib, urug‘dan va ildizidan ko‘payish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham ular
asosiy va ko‘plab yon ildizlarga ega. Ularning murtagi ko‘p bo‘ladi.
Bu turdagi
begona o‘tlarning asosiy ildizi kesilganda, u erdan ko‘plab bachki, ya’ni yangi
o‘simliklar hosil bo‘ladi. O‘q ildizlarin ko‘plab zahira oziq moddalar bo‘lib,
ekinlarning xavfli begona o‘ti hisoblanadi. Ularga qarshi kurash ancha murakkab.
Ildiz bachkili begona o‘tlarga qo‘ypechak, yantoq, kakra,
qizilmiya, bo‘ztikan va
boshqalar kiradi.
Popuk ildizlilar.
Bu biologik guruhga bir nechta ko‘p yillik o‘simlik
mansub bo‘lib, vegetativ usulda ko‘payish uchun ularning maxsus organlari yo‘q.
Ularning asosiy ildizi qisqarib, ko‘plab yon ildizlar tutami, ya’ni
popuk ildiz
rivojlangan. Agar popuk ildiz bo‘g‘zidan kesilsa undan yangi o‘simliklar hosil
bo‘lmaydi. Shuning uchun bu guruhga mansub o‘simliklar faqat urug‘dan
ko‘payadi. Bularga zubturum, bargizub va boshqalar kiradi.
Piyozlilar.
Bu biologik guruhga mansub o‘simliklar har yili o‘suv davrini er
ostida sharsimon-yumaloq piyoz hosil qilish bilan tugallaydi. Urug‘idan
chiqqan
piyoz birinchi yili faqat barg chiqaradi, 2 – 3 yillari esa poya chiqaradi. Piyozlilar
asosan vegetativ usulda, ya’ni piyozchalaridan tez ko‘payadi. Masalan, yovvoyi
piyoz, gulpiyoz, qumpiyoz, tog‘ piyoz, dasht piyoz va boshqalar shular jumlasiga
kiradi.
Sudralib o‘suvchi o‘tlar.
Bu biologik guruhga kiradigan o‘simliklar
ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bo‘lib, ko‘p yillik hisoblanadi.
Ular poyasidan,
ya’ni palak otib o‘sadi. Palagi serbo‘g‘im bo‘lib, har bir bo‘g‘imi erga tegib, popuk
ildiz chiqarib rivojlanadi. Masalan, ayiqtovon, tugmabosh, quyono‘t, olmoso‘t va
boshqalar sudralib o‘suvchi o‘tlardir.