O‘simlikshunoslik va moyli ekinlar kafedrasi



Download 173,8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.07.2022
Hajmi173,8 Kb.
#831756
Bog'liq
12-amaliy mashg\'ulot



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI 
 
 
 
O‘SIMLIKSHUNOSLIK VA MOYLI EKINLAR 
KAFEDRASI 
“O„simlikshunoslik” fanidan tarqatma materiallari 
 
Mavzu: Tolali zig‘ir morfologiyasi 
 
(12-amaliy mashg„uloti) 
Toshkent-2022 


12-amaliy mashg‘ulot. Tolali zig‘ir morfologiyasi 
 
 
Dars maqsadi:
talabalarga tolali ekinlar va tolali zig„ir umumiy morfologik belgilari to„g„risida 
tushuncha berish 
 
Ko‘rgazma material: 
tolali zig„ir urug„lari, barglari, gerbariysi, poyasi, tolalari to„plami, 
ko„sakchasi.
 
Lub-tolali ekinlarning poyasidan tola olinadi, tola poyaning po„stlog„ida joylashadi. Bu guruhni 
tolali zig„ir, kanop, jut, tolali nasha, dag„alkanop, rami ekinlari tashkil qiladi. Lub-tolali ekinlar 
morfalogik va biologik xususiyati bilan bir-biridan farqqiladi. 
-Tolali zig„ir- linum usitatissimum l,- oilasi Linaseae. 
-Kanop-HibiscuscannabinusL-oilasiMalvaceae. 
-Jut-CotchorusL-Tiliaceaeoilasi. 
-Tolalinasha-Cannabis sativa L-Cannabinaceou oilasi. 
-Dag„alkanop- Abutilon avicennae L -oilasi Malvaceae 
-Rami-Boehmeria L-oilasi -Urticaceae 
Buekinlarningumumiymorfologikbelgilari 1 - jadvaldakeltirilgan. 
 
Tolali zig‘ir.
Tolali zig„ir-Linum usitatissimum L-turiga va 
Linaceae oilasiga mansub.Tolali zig„ir avlodiga 200ta 
tur kiradi, ammo shu bitta madaniy turi ekiladi. 
Tolali zig„ir bir yillik o„tsimon o„simlik. 
Ildizi-
o„q ildiz, kuchsiz rivojlangan, kam 
shoxlanadi. 
Poyasi
- tik o„sadi, ingichka, diametri 1-2 mm, 
silliq, balandligi 0,75-1,25 metr atrofida. Uchki qismi 
shoxlanadi.
Barglari
- oddiy, bandsiz, tuksiz, ketma ket 
joylashadi.Er betiga urug„palla chiqaradi, ponasimon 
shaklda.
Gullari
- beshtali, poya va yon shoxlarining 
uchlarida joylashadi. Guli ikki jinsli, 5ta gul barg, 5ta 
kosachabarg, 5ta changchi va 5ta ustunchali, besh uyali tugunchadan iborat. Guli havo-binafsha, ba‟zan 
oq rangli.
 
Mevasi
- 5 uyali ko„sakcha, yetilganda chatnamaydi, yumoloq, uchi o„tkirlashgan.Mevasida o„nta 
urug„ bo„ladi.
Urug‘i
- mayda, tuxumsimon, silliq, yaltiroq, jigar rangli, 1000 tasining vazni 3,5-5,5 g.
 
Poyasining anatomik tuzilishi.-
poyasining tashqi hujayralar qoplami epidermis po„tloqdan 
iborat, u yupqa mum g„ubor (kutikula) bilan qoplangan. Epidermis ostidagi po„stlog„da lub tolasi dastalari 
halqa-halqa shaklda joylashgan, undan keyin ichki qismida yog„ochlik va naychalar joylashgan. 
Poyasining markazida yog„ochlikdan keyin o„zak keladi, poyaning eng o„rtasida bo„shliq bor. 
Tolali dastalar pektin moddasi bilan bir- biriga yopishgan alohida tolachalardan iborat. Har bir tolacha - 
bu o„zgargan hujayra. Hujayra o„sadi, ingichka va uzun bo„ladi, ichi quriydi, po„sti yo„g„onlashadi. 
O„rtacha uzunligi 20-30 mm, ammo 100-120 mm gacha bo„ladi. 
Zig„ir poyasida tola miqdori va sifati har xil bo„ladi. Poyaning pastki qismida 12%, o„rta qismida 
35%, yuqori qismida 28-30% shu qismning vazniga nisbatan tola bo„ladi. Umuman poya og„irligidan 18-
20% tola chiqadi. Zig„ir tolasi egiluvchan, mayin, pishiq bo„lib kul rangli bo„ladi. 
Nazorat uchun savollar 
1.
Tolali ekinlarning guruhlarini ayting? 
2.
Tolali zig„irning mevasi nima deyiladi? 
3.
Tolali zig„ir urug„ining 1000 donasining vazni? 
4.
Tolali zig„irning poyasida tola miqdori qancha bo„ladi? 

Download 173,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish