Publiy Ovidiy Nazon Publius Ovidius Naso) (miloddan avvalgi 43 mil taxminan 18) Rim shoiri. Ijodini ishqiy sheʼrlar bilan boshlagan



Download 17,02 Kb.
bet1/2
Sana13.05.2022
Hajmi17,02 Kb.
#602618
  1   2
Bog'liq
Ovidiy


Ovidiy, (Publiy Ovidiy Nazon — Publius Ovidius Naso) (miloddan avvalgi 43 — mil. taxminan 18) — Rim shoiri. Ijodini ishqiy sheʼrlar bilan boshlagan ("Ishqiy elegiyalar", milodiy 1—2-yillardan oldin). "Sevgi sanʼati", "Sevgi davosi" dostonlari (ikkalasi ham taxminan miloddan avvalgi 20—milodiy 1- yil) didaktik ruhda, ularda Rim hayoti lavhalari ifodalangan. Mashhur "Metamorfozalar" mifologik eposi (15 kitobdan iborat, taxminan milodiy 1—8-yillar) — O. ijodining choʻqqisi. Axloq xususidagi dadil fikrlari uchun imperator Avgust tomonidan Tomi shahri (hozirgi Ruminiyaning Konstansa porti)ga surgunqilingan va shu yerda umrining oxiri-gacha turib (taxminan 10 yil), "Gʻussali elegiyalar" (5 kitob, taxminan milodiy 8-yildan keyin) va boshqa asarlarini yozgan. "Elegiyalar", "Metamorfozalar", "Gʻussali elegiyalar"dan namunalar Oybek tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan.

Dunyo kutobxonlari Rimning ulug` elegiyanavis shoirlaridan biri Ovidiydir. Uning poetik maxorati o`zi hayotlik davridayoq keng kulamda yoyilgan, uning barcha yozganlarini zamondoshlari havas bilan o`qigan. She'rlarini sahnalashtirib uylarining turli devorlariga bosib quyganlar.


Avgust zamonasining oxirgi ulug` shoiri, eleginavis shoirlarning eng so`nggi buyuk vakili Publiy Ovidiy Nazondir. Uning hayotiga doir ozmi- ko`pmi ma'lumotlarni biz faqat shoirning asarlaridan olamiz. Shu manba'larda ma'lum bo`lishicha, Ovidiy eramizdan oldingi 43 yilda Sulmon shahrida, qadimiy suvoriylar urug`iga mansub badavlat xonadonda tug`iladi. Ovidiy va uning akasi bolalik chog`larida Rimga kelib, davlat mansablariga tayyorlanish maqsadida barcha zadagonlarning farzandlari singari notiqlik ilmini o`rganishga kirishadilar. Biroq bu davrda Suz san'atining mohiyati tamomila o`zgarib ketgan edi. Respublika zamonlarida atoqli davlat arbobi senat kengashlari, sud yig`inlari, xalq majlislari minbaridan turib, o`zlarining maslak va g`oyalarini tashviq etgan bo`lsalar, Avgustning yakka hukmronlik siyosati sharoitlarida notiqlik hunari o`zining o`tmishdagi siyosiy va ijtimoiy qimmatini tamomila yo`qotib faqat maxsus maktablarda o`tkaziladigan oddiy bir mashqqa aylanib qolgan edi. Bu maktablarning talabalari falsafa, tarix, adabiyot va boshqa fanlar bilan bir qatorda muallim tomonidan tavsiya etilgan turli - tuman mavzularda so`z to`qishni ham o`rganganlar. 
Ovidiyning adabiy faoliyati 3 qismdan iborat “Amores” (“Ishqiy elegiyalar”) to`plami bilan boshlanadi. Shu janrning taomillariga ko`ra, to`plamning bir qancha she'rlari shoirning Korinna degan ma'shuqasiga bag`ishlangandir. Korinna kim, umuman, bunday ayol bo`lganmi, bo`lmaganmi - bu masalani aniqlashning aslo iloji yo`q. Ishqiy elegiyada o`rnashib qolgan taomiliga amal qilib, shoir o`zinig xayolida shu obrazni yaratgan bo`lishi ham ehtimoldan uzoq emas. Ovidiy ham o`zining elegiyalarida asosan, sevgining 0am g`ussalari, qayg`u hasratlari, sevinch va shodliklar haqida gapirib, ko`p jihatdan Tibull hamda Propertsiyning mavzularini takrorlaydi. Biro, Ovidiyning, umuman sevgi ehtiroslariga, hayot voqealariga qarshi, shuningdek adabiy usuli tamomila boshqachadir. Ma'lumki Ovidiydan oldin o`tgan ko`pchilik Rim shoirlari -Vergiley, Goratsiy, Katull, Tibull, Propertsiy va boshqalar o`z asarlarida yashab turgan davrlarni bir qator nuqsonlaridan (ichki urushlar, axloqiy buzuqliklar) norozi bo`lib, chinakkam baxt - saodatni Rim tarixining uzoq o`tmishlaridagi “Oltin davr” pallalarida axtarar, o`sha “Baxtiyor” kunlarning qaytib kelishini qumsab zamondoshlarinig tabiat bag`riga chiqarar, ozoda hayot makoni bo`lgan qishloq sharoitlarida umr kechirishga da'vad qilar edilar. Manna bu kayfiyatlar Ovidiy uchun tamomila begona. Shoir Rimning “baxtiyor o`tmish” tushunchalariga, Avgust tomonidan keng suratga targ`ib va tashviq qilinayotgan qadimgi patriarxal axloq va odob g`oyalariga shubha va ishonchsizlik bilan qaraydi. “Oltin davr” paytlarini shonli yillar emas balki insoniyatning vahshiylik asri, deb ta'riflaydi va o`sha zamonlarda tug`ilmaganligi uchun o`zini baxtiyor xisoblaydi. Binobarin, Ovidiyning sevgi sarguzashtlari Tibullning muhabbati singari beg`ubor hayol osmonida, afsonalarda chulg`angan sokin tabiat bag`rida emas, aksincha Rimning kundalik hayoti olag`ovur shahar sharoitida kechadi. Shuningdek Ovidiyning elegiyalarida Tibull hamda Propertsiy asarlarida bo`lgani kabi chuo`ur muhabbat tuyg`ularini, og`ir istirob alamlarini, sevgi yulida fidoiylik va samimiylikni axtarish ham befoyda. Shoirning o`z tili Bilan ayiganda, u faqat “Hurram muhabbatining xushchaqchaq kuychisi” bo`lgan. Ovidiyning oldingi shoirlardan Yana bir katta farqi shundaki bu adib Vergiliy ijodida boshlangan usulini davom ettirib, o`zining ijodida notiqlik san'ati qoidalaridan benihoyat keng foydalanadi va shu yusin Rim poeziyasining kelgusi taraqqiyoti yulida yangi davrni boshlaydi.
Ovidiy ijodining eng yuksak namunasi «Metamorfozalar» deb nomlanadi bu asar 15 bobdan iborat bhlib 12 ming mista she'rni o`z ichiga oladi. Yunon va Rim mifologiyasida juda ko`p uchraydigan ma'bud va ma'budalarning va odamlarning yashinlik olamiga va jonivorlarga munosabatlari hikoya qilinadi. Shoir bu asrda dunyoning yaratilishi, odamlarning ajoyib hayotlarining bayoning beradi, ishqiy elegiyalar to`plamida va oltin davr rivoitlarini tanqid ostiga oladi insoniyatning vahshiylik asri deb atalishiga sabab bo`lgan nuqtalarni ko`rsatib beradi.
Jahon shoirlari Ovidey xotirasiga bir qancha hazin va qizg`in she'rlar yozgan. Ovidiyning tutqinlikda yozgan she'rlariga ergashib o`zlarinig qismatini belgilaydigan asarlar bitganlar. So`nggi davrda Rim shoirining ijodiy faoliyatiga dillarni maftun etuvchi asarlariga yuksak baho berildi.


Download 17,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish