www.ziyouz.com
kutubxonasi
59
Bunga mazkur davrlardagi Ovro‘pa shifoxonalarining eng kattasi Parijdagi Otel Deyu
ochiq misol bo‘ladi. Uni tavsiflab Maks Tordo va Tennonlar shunday deyishadi:
«Shifoxonada 1200 dona karavot bor. Undan 486 donasi bir kishi uchun mo‘ljallangan.
Qolgani esa (bulardan bittasining kengligi besh qadam kelardi) odatda uchtadan
oltitagacha kasalga mo‘ljallangandi. Katta zallari havo kiradigan tuynuklar yo‘qligi
sababli sassiq, juda ham zax va doim qorong‘u edi. Bitta zalda har doim sakkiz yuz
chog‘li kasal yerga uzala tushib, xona torlik qilganidan poxol yoki polga ustma-ust bo‘lar
darajada tiqilib yotishardi. Bu holdan odam ezilib ketardi. O’rtacha hajmdagi bitta
karavotda yosh bolalar keksalar bilan, ayollar erkaklarning yonida ekanini ko‘rasiz.
(Ishonmasligingiz mumkin, lekin bu haqiqat.) Yo‘lakdagi ayolni tifning isitmasi gardobida
yonib, changak bo‘lib qolgan bola bilan yonma-yon topasiz. Ikkovlari ham teri kasalligiga
chalingan odamning yonida yotishardi. Ularga berilayotgan taom ham xayolga kelishi
mumkin bo‘lgan eng g‘arib narsalar edi. Ular yana juda ham kam miqdorda va betartib
uzoq muddatda berilardi».
Bu ayanchli tavsifga biror narsa qo‘shimcha qilishning hojati bo‘lmasa kerak.
I
slomda musulmonlarning pokiza, toza bo‘lishlariga, hamisha har joyda pok yurish-
turishlariga katta e’tibor bilan qaraladi. Chunki Alloh taoloning amri shunday!
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning nasihatlari shunday! Sababi Islom dini
pokizalik, go‘zallik ustiga qurilgan. Shariatimiz pokiza odamdan ifloslik, razillik
chiqmaydi, duosi ijobat bo‘ladi, deb hisoblaydi. Poklik – mo‘minning ko‘zgusi.
“Poklik –
iymondandir”,
deganlar janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.
Islom musulmonlarning toza, pok bo‘lishlarini ta’minlashda eng mayda-chuyda “ikir-
chikir”largacha aralashgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom sunnatlari orqali bu sohadagi
yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalarni targ‘ib qiladi.
Allohning mo‘min zimmasidagi haqqi yetti kunda barcha a’zosini to‘la yuvib, g‘usl
qilishdir. Dinimizda er-xotin munosabatidan keyin, bulg‘anib qolganda ham g‘usl qilish
vojib amal hisoblanadi. Mo‘ylovlarni qisqartirish, tirnoq olish, qo‘ltiq va kindik osti
mo‘ylarini tozalash, xatna qildirish, misvok tutish kabi ishlar musulmonlarga shart qilib
qo‘yilgan.
Og‘iz-tishlarni toza tutishga alohida e’tibor berilgan. Arok daraxtining shoxchalaridan
tayyorlangan maxsus tish tozalash vositasi – misvokdan foydalanish sunnatdir.
Payg‘ambar alayhissalom:
Do'stlaringiz bilan baham: |