www.ziyouz.com
kutubxonasi
67
Ali ibn Yahyo ibn al-Munjimning kutubxonasini shunday deyishardi. Uning Bag‘dod
yaqinidagi bir qishloqda (bu Al-Qafs nohiyasidagi Karkar qishlog‘i) ulkan qasri bor edi.
Bu qasrda katta kitobxona bo‘lib, u «Xizonatul-hikma» deb nomlanardi. Mazkur
kutubxonaga turli shaharlardan odamlar kelishar, unda qolib, har xil ilmlarni
o‘rganishardi. Bu yerda ularga kitoblar va oziq-ovqatlar mo‘l-ko‘l qilib qo‘yilgandi.
Sarfiyotning barchasi Ali ibn Yahyoning hisobidan bo‘lardi.
Bu borada bundan ham ajoyib voqealar borki, ularga o‘xshashini hozirgi asr g‘arb
hazorasining mutaraqqiy poytaxtlaridan ham topolmaysiz. Musilda Abulqosim Ja’far ibn
Muhammad ibn Hamadon al-Musiliy barpo etgan qasr bo‘lib, u «Dorul-ilm» deb
nomlanardi. Unda har bir ilm uchun mavjud kitoblar javoni hamma tolibi ilmlar foydasiga
vaqf qilib qo‘yilgandi. Unga kirishdan hech kim man qilinmasdi. Ilm talabidagi biror
g‘arib kambag‘al bo‘lsa, unga varaq ham, variq ham, ya’ni kitob ham, pul ham berilardi.
Kutubxonaning eshigi har kun ochiq edi... Tolibi ilm uchun ham kitob, ham mol
beriladigan kutubxonani hozirgi Maskov, Vashington yoki dunyoning boshqa biror
poytaxtida borligini hech eshitganmisiz?!
Umumiy kutubxonalarda «kutubxona xozini» degan nom bilan mashhur kishi
boshchiligidagi vazifadorlar xizmat qilishardi. Xozinlar hamisha zamonasining mashhur
ulamolaridan tayin qilinardi. U yerda mutolaa qiluvchilarga kitobni olib beruvchi
munovillar, kitoblarni boshqa tildan arab tiliga o‘giruvchi mutarjimlar, o‘zlarining chiroyli
yozuvlari bilan kitob ko‘chiruvchi nussoxlar va ularni ezilib, titilib ketishdan saqlash
uchun jildlaydigan mujallidlar hamda kutubxonaning boshqa ehtiyojlariga qaraydigan
yana bir qancha vazifa egalari xizmat qilishardi.
Katta-yu kichik har bir kutubxonada kitoblardan foydalanishni osonlashtiradigan
mundarijalar mavjud edi. Ularga ilm boblariga qarab tartib berilgandi. Bunga qo‘shimcha
ravishda har bir javon oldiga undagi mavjud kitoblarning nomlari yozilgan ro‘yxatlar
qo‘yilgandi. Ma’lumki, aksar kutubxonalarning nizomida kitoblarni bir kafolat evaziga
uyga olib ketib mutolaa qilishga ruxsat berilgan. Ammo ulamo va ahli fazlga ushbu
kafolat ham bekor qilingandi, ya’ni ular garovga hech narsa bermay kitobni uyga
olishaverardi.
Kutubxonalarning sarf-xarajatlarini ko‘taradigan nafaqalarning ma’lum qismi aynan
kutubxonalar uchun ta’sis etilgan vaqflar hisobidan bo‘lardi. Shuningdek, ushbu
kutubxonalarni tashkil qilgan amirlar, boylar va ulamolar ham ularni mablag‘ bilan
ta’min etardilar. Aytishlaricha, Muhammad ibn Abdulmalik Az-Zayyot o‘z
kutubxonasidagi mutarjim va nusxa ko‘chiruvchilarga har oyda ikki ming dinor berardi.
Ma’mun esa, Hunayn ibn Ishoqqa arabchaga o‘girgan kitoblarining vazniga tengma-teng
miqdorda tilla hadya qilardi.
Endi tarixda nomi qolgan umumiy va xususiy kutubxonalar haqida ayrim misollarni
keltirib o‘taylik. Mashhur kutubxonalar quyidagilar edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |