www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
G‘arb o‘rta asrlardan to o‘n birinchi asrgacha xuddi shunday holda bo‘lgan. Buni
ularning tarixchilari e’tirof qilishadi. Bu ko‘rinishni unutib qo‘ymasdan oldin tezda
Sharqqa, uning Qurtuba, o‘arnota, Ishbiliyya, Bag‘dod va Damashq kabi poytaxt va
shaharlariga yuz buraylik. Hozir Ovro‘paga qo‘shni bo‘lgan Andalus shaharlariga sayr
qilib, sayohatimizni Qurtubadan boshlaylik. Undagi hamma narsaga emas, faqat tashqi
ko‘rinishigagina nazar tashlash kifoya.
Umaviy Abdurrahmon Uchinchi zamonida Qurtuba musulmon Andalusning poytaxti
bo‘lgandi. Tunlari ko‘chalar chiroqlar bilan yoritilar, yo‘lovchi o‘nlab mil (o‘n olti kilometr)
yursa ham, ushbu yorug‘lik tugamasdi. Shaharning ko‘chalariga tosh yotqizilgan,
axlatlari beto‘xtov tozalab turilardi. Atrofi quyuq bog‘-rog‘lar bilan o‘ralganidan,
shaharga kelayotgan odam unga yetguncha bir necha soat bog‘-bo‘stonlardan o‘tardi.
Shahar aholisi bir million edi. (Vaholanki, o‘sha paytda Ovro‘paning eng katta shahrida
ham yigirma besh mingdan ortiq aholi yashamasdi). Hammomlarining soni to‘qqiz yuzta,
uylarining soni 283000 (ikki yuz sakson uch ming), qasrlari sakson mingta va masjidlari
olti yuzta edi. Shaharning aylanasi sakkiz farsax (ya’ni, o‘ttiz ming metr) bo‘lgan.
O’qish-yozishni hamma bilgan. Uning sharqiy tomonida bir yuz yetmishta ayol ko‘fiy xat
bilan mushaf yozardi. Saksonta madrasa bo‘lib, unda kambag‘allar bepul o‘qishgan.
Ellikta shifoxona bemorlarga tekinga xizmat ko‘rsatgan. Markaziy masjid esa, haligacha
san’at va bunyodkorlikning o‘lmas namunasi, deya tan olinadi. Mezanasining uzunligi
qirq gaz bo‘lib, chiroyli qubbasi naqshinkor yog‘och tirgakka o‘rnatilgan. Masjid turli
marmarlardan shaxmat taxtasi shaklida yasalgan bir ming to‘qson uchta ustun ustiga
qurilgan. Unda uzunasiga o‘n to‘qqizta, eniga esa o‘ttiz sakkizta sahna mavjud edi.
Kechasi masjid to‘rt ming yetti yuzta chiroq bilan yoritilardi. Bu chiroqlarga yiliga
yigirma to‘rt ming qadoq moy sarflangan. Uning janubiy tomonida bronza bilan
ziynatlab, juda go‘zal yasalgan o‘n to‘qqizta eshikni ko‘rish mumkin. Faqat o‘rtadagi
bitta eshik tilla bilan bezalgan. Sharqiy va g‘arbiy tomonlarida ham xuddi shunga
o‘xshash to‘qqizta eshik mavjud. Mehrobini ta’riflashga esa, frantsuz tarixchisining
so‘zini keltirish kifoya:
«Bashar ko‘zi tushgan eng go‘zal narsa udir. Unikidek bezak va
hashamatni va na eski va na yangi asarlarda ko‘rish mumkin».
Qurtubada yana san’ati va ajoyibotlari bilan tarixda abadiy qolgan Az-Zahro qasri bor.
Uni turk tarixchisi Ziyo Poshsho shunday ta’riflaydi:
«U zamonasining shunday ajoyiboti
ediki, Alloh borliqni yaratganidan beri biror binokorning xayoliga unday binoni qurish
kelmagan, aql yaralgandan beri biror muhandisning kallasiga unikidek chizma chizish
kelmagan».
Uning qubbasi 4316 ta bir xil naqsh solingan turli marmar ustunlar ustida
edi. Yeriga esa, turfa rang marmar bo‘laklari juda go‘zal shaklda yotqizilgandi. Devorlari
tilla rang lojuvard lavhlar bilan bezalgandi. Zallarida musaffo suvli buloqlar bo‘lib, oq
marmardan turli shakllarda qurilgan hovuzlarda xalifaning zalidagi hovuzga kelguncha
bir ko‘rinib, bir ko‘rinmay oqardi. Ushbu hovuzning o‘rtasida boshiga marvarid ilingan
tilla g‘oz o‘rnatilgandi. Uning suvida minglarcha tur baliqlar bo‘lib, ularning ko‘pligi shu
darajada ediki, hovuzga bir kunda o‘n ikki ming bo‘lak non tashlanardi».
Az-Zahroda «Qasrul-xilafa» deb nomlangan bino bo‘lib, uning shifti va devorlari
tilladan va turli ranglarda tovlanadigan marmarlardan qurilgandi. Uning o‘rtasida simob
to‘ldirilgan ulkan hovuz bor edi. Binoning har tomonida sakkizta eshik bo‘lib, ular tilla
qadalgan abnus daraxtidan yasalgandi. Quyosh ushbu eshiklardan kirib, nurini bino
o‘rtasi va devorlariga taratardi. Bundan ko‘zni qamashtiradigan yorug‘lik hosil bo‘lardi.
Xalifa Nosir agar ahli majlisidan birovni qo‘rqitmoqchi bo‘lsa, xizmatkorlardan biriga imo
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |