Islom hazorasi.
Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
Ahmad Muhammad
Mubashshir Ahmad
ISLOM HAZORASI
«Movarounnahr» nashriyoti
Toshkent – 2004
B
ismillahir
rohmanir rohiym
Insoniyat yangi ming yillikka qadam qo‘ydi. O’tgan yigirmanchi asr ilm-fan, texnika
yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan, yer yuzidagi olti milyarddan ziyod kishining farovon va
baxtli turmush kechirishi
uchun cheksiz imkoniyatlar, qulayliklar yaratilgan yuz yillik
bo‘lib tarixga kirdi.
Ammo g‘arb olimlari orzu qilgan hazora (tsivilizatsiya)larning mahsuli bo‘lmish bu
to‘kinchilik, turli sohalardagi ilmiy kashfiyotlar insoniyatga baxt-saodat olib kelmadi.
Ularning “jannatiy ma’murlik va osoyishta hayot” haqidagi orzu-umidlari chippakka
chiqdi. Ular barpo etgan “madaniy turmush” sarobdan boshqa narsa emasligi ma’lum
bo‘lib qoldi.
Ming yilliklar chorrahasidagi moddiy taraqqiyot va ulug‘ ilmiy kashfiyotlar nega
insoniyatga baxt-saodat olib kelmadi? “Mukammal” jamiyat qurganlik va “yuksak”
hazoraga erishganlik da’vosini qilayotgan g‘arb
olamini nima uchun xavf-xatar, qalb
bezovtaligi, ertangi kundan umidsizlik kabi kayfiyatlar chulg‘ab olgan? Bu savollarga
olimlar va mutafakkirlar ham javob topolmay boshlari qotgan.
Mulohaza qilib ko‘riladigan bo‘lsa, insonning farovonligi ziyodalashgani sari ruhiy iztirob
va qalb bezovtaligi ortib boryapti. Na boy o‘lkalaru go‘zal shaharlar, so‘lim bog‘laru
shinam uylar, na mol va yemish to‘la do‘konlaru
uchqur mashinalar, chiroyli kiyimlaru
bir-biridan lazzatli taomlar insonga baxt va shodmon hayot olib kelolmadi. Aksincha,
qoloq davlatlarga qaraganda yashash darajasi yuqori bo‘lgan, yuksak taraqqiyotga
erishgan mamlakatlarning jamiyatlari hozir ruhiy xastalik azobini ko‘proq chekyapti.
G‘arbliklarda bu bezovtalik ketma-ket ikkita jahon
urushini boshdan kechirib, endi
uchinchisi boshlanib qolmasmikin, degan xavotirdan kelib chiqayotgani yo‘q. Bu
bezovtalik kuchsizlarni xo‘rlash, azoblashga asoslangan mustamlakachilik siyosatidan
ham paydo bo‘layotgani yo‘q. Chunki o‘zi mustamlakachi sifatida boshqa millatlarga
zo‘ravonlik
qilayotgan, bundan naf ko‘rayotgan davlatlarda bu bezovtalik kuchliroq.
Hozirgi paytda jahonda 450 million kishi ruhan azoblanmoqda. Yiliga 20 million kishi
o‘z joniga qasd qilishga urinadi, shundan bir millioni suiqasd tufayli halok bo‘ladi. Eng
ajablanarlisi, o‘z joniga qasd qilishlarning aksariyati Skandinaviya o‘lkalari, Xollandiya,
Mojoriston, Litva kabi g‘arb mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelyapti.
Bundan ham
g‘aroyibi, u yerlarda odamlar o‘zlari yashayotgan to‘kin hayotdan bezib, yashashning
qizig‘i qolmayotganidan to‘yib, o‘zlarini o‘ldirayotganlaridir.