www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
fikrlarida, o‘ylarida, mol va badanlaridagi din kishilarining hukmronliklariga itoat
zanjirlarida bandi edilar! Tabiiyki, Islomning Sharq va g‘arbdagi futuhotlari qo‘shni
millatlarning hamma narsadan oldin aqida asoslarida ta’sirlanishlariga olib keldi.
Bu ta’sir amalda ro‘y berib, yettinchi milodiy asrda g‘arbliklar orasida suratlarga ibodat
qilishni inkor etuvchilar paydo bo‘ldi. Bundan keyin esa Alloh va bandalari o‘rtasidagi
vositachilikni inkor etadiganlar yuzaga chiqdi. Ular «Muqaddas kitoblar»ni tushunishda
din kishilarining hukmronligi va nazoratidan chiqishga, ya’ni mustaqillikka da’vat
qilardilar. Ko‘pgina tadqiqotchilar Lyuter o‘zining islohiy harakatida musulmon
faylasuflari va ulamolarining din, aqida va vahiy to‘g‘risidagi fikrlaridan ta’sirlanganini
ta’kidlashadi. Ovro‘pa universitetlari haligacha o‘sha zamonlarda lotinchaga tarjima
qilingan musulmon faylasuflarining kitoblariga tayanishadi. Fransa inqilobida e’lon
etilgan din va davlat o‘rtasini ajratish harakatini Ovro‘pada uch va undan ko‘proq asr
hukm surgan kuchli fikriy harakatlar mevasi, deya ta’kidlash mumkin. Salb va Andalus
urushlari orqali bu harakatlarning kuchayishida Islom hazorasining ham xizmati bor.
Ikkinchisi – falsafa va tib, riyoziyot, kimyo, jug‘rofiya va falakshunoslik kabi ilmlar
maydonida. Ovro‘pa Islom olim va faylasuflarining ovozidan uyg‘ondi. Ular bu ilmlarni
Ishbiliyya (Sevilya), Qurtuba (Kordova), o‘arnota (Granada) va boshqa shaharlardagi
masjidlarda o‘rgatdilar. g‘arbning ilk yo‘lboshchilari madrasalarimizga qattiq qiziqish va
qizg‘in muhabbat bilan qarardilar. Bu madrasalarda eshitilgan ilmlar shu darajadagi
erkinlik muhitida bo‘lardiki, bunday holatni ular o‘z mamlakatlarida aslo ko‘rmasdilar.
Ulamolarimiz o‘z ilmiy davralarida, muallafotlarida yerning aylanishi, uning yumaloqligi,
falak va samoviy jismlarning harakatlanishi haqida so‘zlab turgan bir vaqtda
ovro‘paliklarning aqllari ana shu haqiqatlarning barchasi to‘g‘risida xurofot va
vahimalarga limmo-lim to‘lgandi.
Shu tufayli g‘arbliklarda arabchadan lotinchaga tarjima qilish harakati boshlandi. Islom
ulamolarining kitoblari g‘arb universitetlarida o‘qitila boshlandi. Ibn Sinoning tib
to‘g‘risidagi «Al-qonun» kitobi o‘n ikkinchi asrda tarjima etilgandi. Shuningdek, Ar-
Roziyning «Al-hoviy» kitobi ham o‘n uchinchi asr nihoyasida lotinchaga o‘girildi. Bu ikki
kitob Ovro‘pa universitetlarida tibbiyot darslarining asosi sifatida o‘n oltinchi asrgacha
o‘qitib kelindi.
Ammo falsafa kitoblari bundan ham uzoq o‘rganildi. g‘arb yunon falsafasini faqatgina
islomiy muallafot va tarjimalardan tanidi. Shu bois ko‘pchilik insofli g‘arbliklar o‘rta
asrlarda, olti yuz yildan kam bo‘lmagan muddat mobaynida musulmonlar Ovro‘paning
ustozi bo‘lganini e’tirof etishadi. Alloma Gustav Lubon aytadi:
«Arab kitoblarining
tarjimasi, xususan, ilmiy kitoblar, o‘qitish uchun yagona manba bo‘lib, qariyb besh yoki
olti asr xizmat qildi. Aytishimiz mumkinki, tib ilmi kabi ba’zi ilmlarda musulmonlarning
ta’siri bugungi kunimizga yetib keldi. Darhaqiqat, Ibn Sinoning kitoblari Monbiliyada
o‘tgan asrning oxirlarida tarjima qilindi»
. Bu olim yana deydi:
«Rojer Bekon, Leonard
Albezi, Arno Alfifufi, Remon Lol, San Toma, Katta Albert va boshqalar faqat musulmon
olimlarining kitoblariga ishonganlar»
. Mse Renon deydi:
«Albatta, katta Albert Ibn
Sinoga, San Toma esa o‘z falsafasida Ibn Rushdga qarzdor»
. Sharqshunos alloma Sediyo
aytadi:
«O’rta asr hazorasi bayrog‘ini musulmonlarning o‘zlari ko‘tarib, shimol
qabilalarining Ovro‘pani titratgan varvarligini mag‘lub etdi. Ular «barhayot yunon
falsafasining manbalari» bo‘lib qoldilar. Ular o‘zlari erishgan ma’rifat xazinalari oldida
to‘xtab qolmadilar, balki uni kengaytirdilar, tabiatni o‘rganish uchun yangi eshiklar
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |