www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
o‘qishga e’tibor berganliklariga va bu o‘z-o‘zidan undan ta’sirlanganliklariga dalil ekaniga
hech kim shubha qilmaydi.
Hayotning turli sohalarida ishlatiladigan Ovro‘pa tillariga kirib qolgan arabcha so‘zlarni
eslatib o‘tishimizga hojat bo‘lmasa kerak. Hatto ba’zi so‘zlar xuddi arab tilidagidek bo‘lib
qolgan. Qutn (paxta), harirud-damashqiy (damashqiy harir), misk, sharob, jarra (ko‘za),
limon, sifr (nol) va bulardan boshqa son-sanoqsiz so‘zlar shular jumlasidandir.
To‘rtinchisi – qonunchilik maydonida. g‘arblik talabalarning Andalus va boshqa
yerlardagi islomiy madrasalar bilan bog‘lanuvi fiqh va qonunshunoslikka oid hukmlar
majmuining o‘z tillariga ko‘chishida katta rol o‘ynadi. Ana shu paytda Ovro‘pada
mustahkam nizom va odil qonunlar bo‘lmagandi. Hatto Napoleonning Misrdalik davrida
molikiy fiqhidagi eng mashhur kitoblar frantsuz tiliga tarjima qilindi. Bu kitoblarning
ilklaridan «Xalil kitobi» bo‘lib, u frantsuz fuqarolik kodeksining mag‘zi (asosi) bo‘lgan.
Kodeks molikiy fiqhi hukmlariga nihoyatda o‘xshash bo‘lgan. Alloma Sediyo aytadi:
«Afrika arablari bilan aloqalarimizda, alalxusus, nazarimizni tortgan narsa – molikiy
mazhabi bo‘ldi. Fransa hukumati doktor Berenga 1422 yilda vafot etgan Xalil ibn Ishoq
ibn Ya’qubning fiqhga doir «Kitobul muxtasar»ini frantsuzchaga tarjima qilmoqni
topshirdi».
Beshinchisi – davlat tushunchasi va xalqning hukumat bilan aloqasi borasida. Qadim
va o‘rta asr olami xalqning hokimlar faoliyatini nazorat qilish huquqini inkor etardi.
Shuningdek, u bilan hokim o‘rtasidagi aloqani qul bilan xo‘jasi o‘rtasidagi aloqadek
qilishardi. Mamlakat podshohning xos mulki sanalar, boshqa mollari meros qilib
olinganidek, u ham merosxo‘rlariga o‘tardi. Hokim mutloq xo‘jayin bo‘lib, xalqqa
nisbatan xohlagan ishini qilardi. Mana shuning sababidan amirning taxtdagi hissasini
talab qilib yoki qarindosh-urug‘lar merosi to‘g‘risida kelishmovchilik uchun bir davlat
bilan boshqasi o‘rtasida urush chiqishini oqlashardi!
Urushuvchi millatlar o‘rtasidagi aloqaga kelsak, g‘olib mag‘lubning qo‘lidagi bor
narsani vatani, moli, obro‘si, hurriyati va izzatini musodara qilardi. Holat to Islom
hazorasi barpo bo‘lguncha shunday davom etdi. U e’lon etgan printsiplari ichida albatta
xalq o‘z hokimlarini nazorat qilish to‘g‘risida haq sohibi ekanligi ham bor edi. Chunki
hokimlar xalq manfaatlarini va omonatni himoya qiluvchi vijdonli kimsalardan
farqlanmaydilar. Bu to‘g‘rida tarixda birinchi marta xalq ichidan biror kishi chiqib,
hokimidan nima kiyishini, qaerdan kelganini surishtirishi voq’e bo‘ldi. Buning uchun u
o‘limga hukm qilinmaydi, qamoqqa sudralmaydi va surgun etilmaydi. Toinki, u va
odamlar qanoat hosil qilishi uchun hokim unga hisobotini taqdim etadi. Tarixda birinchi
marta hokim o‘zini xalqning qaroli ekanini, ixlos ila unga xizmat qilishi va qarolga lozim
bo‘lganidek, unga ham samimiyat lozim ekanini e’tirof etdi.
Islomiy hazora e’lon etganlari ichida buni ham ma’lum qildi va keyinchalik hayotga
tatbiq etdi. Bular hurriyat va anglash nasimlari bo‘lib, keyin islomiy jamiyatga qo‘shni
millatlar ustida ham esdi. Bundan bu millatlar bezovtalandi, so‘ng harakatlandi, keyin
qo‘zg‘olib, ozod bo‘ldi. Ovro‘pada bo‘lgan narsa mana shudir.
G‘arbliklar salb urushlarida Shom mamlakatlariga keldilar va bundan oldin ham
Andalus xalifaligi mamlakatlarida guvoh bo‘lganlaridek, xalqlar hokimini nazorat
qilayotganini, hokimlar ham xalqidan boshqaning nazoratiga bo‘ysunmayotganliklarini
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |