Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
qattiq taassuf bildirib shunday yozadi: «Mening masihiy birodarlarim arab she’r va 
qissalariga mahliyodirlar. Ular musulmon faylasuf va faqihlari yozgan kitoblarni o‘qib-
o‘rganadilar. Ular buni kitoblarning noto‘g‘riligini isbot etish yoki raddiya qilish uchun 
emas, balki fasohatli arabiy uslubdan iqtibos olish uchun qilishadi. Din kishilarini hisobga 
olmaganda, bugun Tavrot va Injilning diniy tafsirlarini o‘quvchi kishi qayda? Injillarni, 
rasul va anbiyolarning sahifalarini o‘quvchilar bugun qaerda qolishdi? Voh, afsus! Zakiy 
masihiylardan o‘sib kelayotgan avlod arab adabiyoti va tilidan boshqa bir til yoki 
adabiyotni bilmaydi. Ular arab kitoblariga berilib ketadilar, qimmat baholarda xarid qilib, 
katta kutubxonalarga jamlaydilar. Har yerda ularning zahiralarini (qimmatbaho 
asarlarini) maqtab tarannum etadilar. Bir vaqtning o‘zida masihiylik kitoblariga quloq 
osishdan «ular iltifot etishga haqli emas», degan bahona bilan hazar qiladilar. Eh, afsus! 
Masihiylar tillarini, albatta unutdilar. Bugun ularning har minggidan bitta ham do‘stiga 
maktub yoza oladiganini topolmaysan. Ammo arab tilida esa ko‘plari go‘zal uslubda 
ta’bir etishni o‘rniga qo‘yadilar. Ular bu tilda shunday she’r yozadilarki, nafosat va 
go‘zalligi bilan arab she’riyatining o‘zidan ham o‘tadi». 
O’n to‘rtinchi va undan keyingi asrlarda Ovro‘paning adabiyot daholari hech shubhasiz 
o‘z qissa va adablarida arab adabiyoti ta’sirida bo‘lganlar. 1349 yili Bokachcho o‘zining 
«Dekameron» deb nomlangan kitobini «Ming bir kecha» izidan borib yozdi. Undan, 
shuningdek Shekspir, «Ibrat xotimalar bilan bo‘ladi» pesasiga mavzuni iqtibos qiladi. 
Yana bir olmon adibi Lessing ham «Dono Natan» pesasini ana shu asardan o‘zlashtirgan. 
Ingliz tilidagi yangi she’riyat rahnamosi Shoser o‘z zamonasida Bokachchodan 
o‘zlashtirganlarning eng kattasi bo‘lgan. U bilan Italiyada uchrashgan bo‘lib, undan keyin 
«Kantraberri hikoyalari» nomli mashhur qissalarini yozgan.
Dante bo‘lsa, ko‘pgina tanqidchilarning ta’kidlashicha, oxirat olamiga sayohatni 
tavsiflaydigan «Ilohiy komediya»sida Maarriyning «Al-o‘ufron» risolasidan, jannat 
vasfida esa Ibn Arabiydan ta’sirlangan. Buning sababi u islomiy hazoraga va uni arabcha 
manbadan o‘rganishga oshifta, shaydo imperator Frederik Ikkinchi zamonida Sitsiliyada 
turganligidir. U va Dante o‘rtasida Arastu mazhabi borasida ba’zi o‘rinlarda arabiy aslga 
tayanilgan mubohasa kechgan. Dante Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam 
siyratlaridan anchagina xabardor bo‘lgan. Bundan Isro va Me’roj qissasi hamda samo 
vasfi bilan tanishib chiqqan. 
Petrarka esa Italiya va Fransadagi arab hazorasi asrida yashadi. Monbiliya va Parij 
universitetlarida ta’lim oldi. Bu ikki universitet arab muallafotlariga binoan barpo bo‘lgan 
Andalus jomea (universitet)larining shogirdlari sanalardi. 
Ovro‘pa qissasi vujudga kelish onlarida o‘rta asrlarda arablarda bo‘lgan qissachilik 
fanlaridan ta’sirlangan. U fanlar maqomchilik, qahramonlik xabarlari, shon-sharaf va 
ishq yo‘lidagi yigitlarning sarguzashtlaridir. «Ming bir kecha» o‘n ikkinchi asrda Ovro‘pa 
tillariga tarjima qilingach, bu borada uning ta’siri juda katta bo‘ldi. Hatto u o‘sha 
paytdan beri hozirgacha Ovro‘pa tillarining barchasida uch yuz marta chop etilgan. Bir 
necha ovro‘palik munaqqidlarning fikricha, «Svift» sayohatlarini yozgan Jonatan, 
«Robinzon Kruzo» sarguzashtlarini yozgan Defo «Ming bir kecha», Xayy ibn Yakzonning 
«Risola»si va arab faylasufi Ibn Tufayldan qarzdordirlar. 
«Ming bir kecha»ning bunchalik haddan ortiq ko‘p nashr etilishi g‘arbliklarning uni 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish