Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
Yangi
hazora ajoyibotlari, ixtirolari va ilm ufqidagi yangi kashfiyotlariga solishtirganda
Islom hazorasi pastga urilayotgan bo‘lsa, u holda unga baho berishda insofsizlik
qilinayotgan bo‘ladi. Agar haqiqatda bu fikr dalil qilinsa, bu so‘zlarni ikki sabab tufayli
oqlab bo‘lmaydi.
Birinchisi, har bir hazora ikki asosiy unsur: ruhiy-axloqiy va moddiy unsurdan tashkil
topadi.
Moddiy unsurda har bir hazora so‘zsiz oldingisidan ustun bo‘ladi. Bu hayot va
vositalarining rivojlanishidagi Allohning joriy qonunidir.
Oldingi hazoradan keyingisi
qo‘lga kiritgan yutuqlarga ega bo‘lmoqni talab qilish ahmoqlikdir. Agar bu mumkin
bo‘lganida, Islom hazorasi o‘zidan oldin o‘tgan barcha hazoralarni kamsitishi kerak edi.
Chunki u ham hamma hazoralar singari o‘zidan oldingilarda bo‘lmagan hayot vositalari
va taraqqiyot ko‘rinishlariga ega edi. Demak, moddiy unsur hech qachon ustunlik asosi
bo‘la olmaydi.
Ammo ruhiy-axloqiy unsur esa hazoralarning barhayotligi garovidir. U o‘z vazifasi
(missiya) bilan insoniyatni saodatmand qilishga, xavf va alamlardan uzoqlashtirishga
xizmat qiladi. Islom hazorasi bu maydonda sobiq va kelajak barcha hazoralardan o‘zib
ketgan. U shunday cho‘qqini
zabt etganki, tarix bosqichlaridan hech birida uning tenggi
topilmaydi. Mana shuning o‘zi uning barhayot ekaniga yetarlidir.
Ikkinchisi, albatta, hazoralar moddiy o‘lchovlar, sanoqlar va masofalar bilan yoki
yeyish, ichish va kiyish kabi moddiy farovonlik bilan bir-biriga solishtirilmaydi. Balki u
xuddi urushlarda bo‘lganidek, insoniyat tarixida qoldirgan izi bilan muqoyasa qilinadi.
Urush ham ma’raka maydonining (front chizig‘ining) kengligi yoki ishtirokchilarning
adadi bilan o‘lchanmaydi. Qadim va o‘rta asr tarixlaridagi hal qiluvchi urushlar agar
ikkinchi jahon urushi bilan qiyoslansa, qo‘shin adadi va urushish
vositalari jihatidan
arzimas urushlarga aylanib qoladi. Lekin ular hanuzgacha tarixda chuqur iz qoldirgan,
ahamiyatli urushlardan sanaladi. Masalan, Koni urushida mashhur Karfagen sarkardasi
Gannibal rimliklarni mag‘lubiyatga uchratgani Ovro‘paning harbiy maktablarida o‘rgatib
kelinadi. Yoki Xolid ibn Validning Iroq va Shomni fath etishi hanuzgacha g‘arb harbiylari
tarafidan o‘rganiladi va ularni hayratga soladi. Bular harbiy futuhotlar tarixining oltin
sahifalari sanaladi. Qadimiy bo‘lishi bilan birga Koni, Bad, Qodisiyya va Xittin urushlari
tarixda hal qiluvchi ma’rakalar sifatida tanilgan.
D
arhaqiqat, Islom hazorasi insoniy rivojlanish tarixida muhim rol o‘ynagan. U aqida,
ilm, hukm, falsafa, san’at, adabiyot va boshqa maydonlarda o‘zidan
keyingi hazoralar
yetolmagan, ta’sirli va cheksiz qiymatli iz qoldirgan. Bu nimada aks etgan? Uning
qanday ahamiyati bor?
Barhayot Islom hazorasi izlarini beshta asosiy maydonda umumlashtirish mumkin:
Birinchisi – aqida va din maydonida. Ovro‘pada yettinchi asrdan to yangi uyg‘onish
davrigacha yuzaga kelgan diniy isloh harakatlarida islomiy hazora asoslarining chuqur
izi bo‘lgan. Zero, Allohning birligini, Uning hukmronlikda tanholigini, tajassum, zulm va
nuqsondan xoli ekanini e’lon etgan,
Islomning, shuningdek, insonning ibodatda, Allohga
bog‘liqlikda va Uning shariatini «din kishilari» vositachiligisiz tushunishda mustaqil
ekanini e’lon etishi millatlar ongining ushbu kuchli va ajoyib asoslar tomonga
yo‘nalishida katta omil bo‘ldi. O’sha kunlarda xalqlar shiddatli mazhabiy kurash va