www.ziyouz.com
kutubxonasi
3
har qadamda duch kelmoqdalar.
G‘arb hazorasi insoniyat erishgan moddiy hayotning eng yuqori cho‘qqisi hisoblansa-
da, uning o‘zi kishilarni to‘la-to‘kis baxtli qilolmadi. Odamlarning yashash sharoiti
yaxshilanib, turmushi farovonlashganiga qaramay, ularning ruhiy olami qashshoqlashib
ketdi, qalblardan e’tiqod halovati yo‘qoldi, axloq butunlay izdan chiqdi. Buni Islom
hazorasidan yaxshi xabardor bo‘lgan g‘arb mutafakkirlari ham tan olib yozishyapti.
London Milliy kutubxonasi Sharq bo‘limi mudiri, taniqli ingliz sharqshunosi ustoz Abu
Bakr Islomni qabul qilishi sabablarini izohlab shunday degandi:
«Shubhasiz, g‘arb
hazorasi insonni sharaf va chiroydan mahrum etadi!» Unga shunday e’tiroz bildirishgan:
«Sharafdan mahrum etishiga-ku rozi bo‘lamiz, ammo chiroyni yo‘q qilishi qanday bo‘ldi?
Odamlar uni chiroyga e’tibor qilgan eng ajoyib hazoraligi, deb bilishadi. Tabiat go‘zalligi,
uy, shaharlar go‘zalligi, ayol chiroyi!» Alloma shunday javob berdi: «Lekin u ruh
chiroyiga, fitriy zavq va hulq go‘zalligiga barham beradi».
Tibbiyot mutaxassisi, asli shveytsariyalik bir qiz Parijdagi hayoti haqida shunday degan:
«Bu «tojir», ayni paytda «fojir» shaharda ehtiyojlarimni qondirish uchun ota-onamning
menga yuborgan ozgina mablag‘i kamlik qilardi. Negaki, bu shahar insonni ochko‘z
hayvonga o‘xshatib qo‘yadi. Shuning uchun biron oilaga xizmatkorlikka yollanib,
ta’minotimni yaxshilamoqchi bo‘ldim. Insoniy mukarramligimni saqlab qolish uchun ruhiy
muhit hukmron bo‘lgan Sharq xonadonini qidira boshladim. Va bir hind oilasi bilan
kuniga bir necha soat xizmatga kelishdim. Ammo, afsuslar bo‘lsinki, ularda ham
yo‘qotgan narsamni topmadim. Ular nochor ruhiyat egalari edilar».
Bu misollar g‘arbliklarning hazoralari hayotlarida alam, hayrat va iztirob buloqlarini
ochib yuborganidan so‘ng taskin va orom izlab, ruhiy hayotga talpina boshlaganliklarini
ko‘rsatadi. Va ularning ko‘pchiligi qalb tasallisini yagona tavhid va vahiyga asoslangan
Islom hazorasidan, jismoniy va ruhiy hayot haqiqatning ikki yuzi kabi teng qiymatga ega
bo‘lgan nodir hazoradan topyapti. Chunki bu shundayin ijobiy, ijodiy va ilohiy ruhoniyat
hazorasiki, u askarga urushda, ishchiga korxonasida, olimga darsida, faylasufga ilmiy
ishida, qoziga mahkamada, xizmatchiga idorasida, boshliqqa boshqaruvida baravar
hamdam bo‘ladi. U har bir insonga yaxshi va yomon kunlarida, harakat va sukutida,
kechayu-kunduzida, osonlik va mashaqqatida, sog‘lomlik va betobligida hamroh bo‘ladi.
Hech bir holatda unga to‘sqinlik qilmaydi, balki kamolotdan kamolotga yetkazadi. Unga
Xoliqi – Allohni, ustida yurgani – yerni, birgalikda yashagani – odamlarni, ulug‘
yaxlitlikdan bir bo‘lagi bo‘lgan olamni va olamlar Parvardigori - Allohga banda ekanini
eslatib turadi. Uning g‘arb hazorasidan farqli o‘laroq, odamlarga marhamatli, axloqda
ustun, hukmda adolatli, ruhni munavvar etuvchi va turli davrlardagi insoniy ideallarga
yaqin bo‘lgani allaqachon kashf etilgan.
Ushbu kitobning asosini Islom hazorasining boshqalaridan farqini, ahamiyatini, ustun
jihatlarini go‘zal, jonli misollar orqali ochib bergan suriyalik taniqli alloma Mustafo Husniy
as-Siba’iyning Bayrutda 1987 yili beshinchi marta nashr etilgan “Hazoramiz
ajoyibotlaridan” degan mo‘‘tabar asari tashkil etadi. Qo‘lingizdagi kitob Islom hazorasiga
bemisl hissa qo‘shgan Movarounnahr allomalarining, hukmdorlarining, ilm-fan va san’at
namoyandalarining ulug‘ xizmatlari haqidagi ma’lumotlar, tarixiy voqealar bilan
to‘ldirildi. Unda muallifning Islom hazorasining ajoyibotlarini keltirish orqali uning
insoniyat tarixida ziyo tarqatgan, hayotni qayta jonlantirgan, katta bir Uyg‘onish davrini
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |