Sub’ektiv jihatdan huquqni amalga oshirishning mohiyati huquq normalari qaratilgan sub’ektning shu normalar talablariga bo’ysunishidan iborat bo’ladi



Download 20,32 Kb.
Sana17.10.2022
Hajmi20,32 Kb.
#853647
Bog'liq
DHN. Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik


1-keys
Ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining o’zlariga tegishli huquqlarni tatbiq etishdan manfaatdorligi qonuniy huquq normalarining amal qilish doirasida, yanada keng ma’noda esa – taqiqlar, cheklashlar va majburlov buyruqlarining amal qilish doirasida; undan ham keng ma’noda esa – taqiqlar, cheklashlar va majburlov buyruqlarining amal qilish doirasidan tashqarida namoyon bo’ladi. Davlat qonuniy huquq normalarini tatbiq etganlik uchun mukofotlar va’da qilmaydi. Boz ustiga, taqdim etilgan huquqlarni amalga oshirishdan bosh tortganlik uchun mahrum etishlar bilan tahdid ham qilmaydi.
Shu ma’noda odamlar irodasini davlat buyruqlarini bajarishga majbur qilishning ikki asosiy vositasi bo’lgan rag’batlantiruvchi yoki jismoniy majburlov tahdidi yoxud qandaydir ne’matlardan mahrum etish usullarini muhokama qiling

Sub’ektiv jihatdan huquqni amalga oshirishning mohiyati huquq normalari qaratilgan sub’ektning shu normalar talablariga bo’ysunishidan iborat bo’ladi. Mabodo, ushbu sub’ekt qo’yilgan talabga bo’ysunishdan qat’iy bosh tortsa, u holda huquq normalari uning xatti-harakatlarida hech qachon amalga oshmaydi. Shuning uchun ham davlat fuqarolarda, mansabdor shaxslar va jamoa sub’ektlarida huquq normalarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etish xohishi yoki zaruratini shakllantirish uchun bir qator usullardan foydalanadi.


Odamlar irodasini davlat buyruqlarini bajarishga majbur qilishning ikki asosiy vositasi tarixdan ma’lum, bular – rag’batlantiruvchi mukofot va’da qilish yoki jismoniy majburlov tahdidi yoxud qandaydir ne’matlardan mahrum etishdan iboratdir.
Yana bu erda shuni anglab olish joizki, huquqiy davlatda repressiv-jazolash, majburlov choralari doirasi va ko’lami jiddiy o’zgaradi, o’ziga xos ravishda huquqiy farmoyishlar bilan «o’zini o’zi ta’minlash» imkoniyati paydo bo’ladi. Bu bizga saboq bo’lishi lozim. Chunki totalitar tuzum sharoitida sinfiy hukmronlikning quroli sifatida, avvalambor, davlat va huquq sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni engish vositasiga aylantirilgandi. Aksincha, demokratiya sharoitlarida davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo’rlik bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv orqali bartaraf etish vositasiga aylandi; huquq esa ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi bo’lib qoladi.
Darvoqe, huquqning maqsadi, birinchi navbatda, odamlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. Shunday ekan, davlat irodasining huquqni amalga oshirish sub’ektlari irodasi bilan muayyan muvofiqligi qaror topishi lozim. Agar shunday sharoitlar yaratilsa, u holda davlat majburlovi zaruratining asta-sekin barham topib borish tamoyili kuzatiladi. Huquq mazmunining o’zi fuqarolar mutlaq ko’pchiligining ixtiyoriy bo’ysunishini taqozo etishi lozim.
2-keys
Huquq amalga oshirish sub’ektlari sifatida olimlar quyidagilarni, ya’ni huquqni amalga oshirish sub’ektining ikki shaklini individual va jamoa shaklini ajratib ko’rsatish mumkin. Agar huquqlar normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlanishini e’tiborga oladigan bo’lsak, huquqni amalga oshirishni yagona sub’ekti davlat hisoblanadi.
Huquqni amalga oshirishning sub’ektlar doirasini muhokama qiling va amaliy tahlillarni keltirib o’ting
Huquqni amalga oshirish sub’ektining ikki shaklini individual va jamoa shaklini ajratib ko’rsatish mumkin. O’zaro birlashmay, huquq jamoa sub’ekti sifatida maydonga chiqmay turib, ba’zi talablarni hayotga joriy etish mumkin emas. Huquqiy norma mazmuni taqozo qilgan huquqni amalga oshirishning to’rt shaklini farqlash kerak bo’ladi: huquqqa rioya etish, uni ijro etish, huquqdan foydalanish va qo’llash.
Rioya etish orqali taqiqlovchi normalar amalga oshiriladi. Bu shaklning mohiyati taqiqlangan harakatlarni sodir etishdan passiv holatda o’zini tiyishdan iborat.
Ijro etish majburiy ko’rsatmalarni hayotga joriy etish bilan bog’liq faol harakatlarni talab qiladi.
Huquqdan foydalanish shaxsga berilgan huquqlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan. Binobarin, bu o’rinda uning xohishi bo’yicha faol harakat ham, passiv harakat ham bo’lishi mumkin.
Bir vaqtning o’zida turli xulq-atvor ko’rinishlarini o’z ichiga oluvchi huquqiy normalarni tatbiq etish bo’yicha ustun majmuiy faoliyat sifatida huquqni qo’llash alohida o’rin tutadi.
Huquqni amalga oshirish shakllarini tasniflash amaliy jihatdan huquqiy normalarni tatbiq etishning normal jarayonini ta’minlash hamda qonun chiqaruvchi talab qiladigan natijalarga erishish usullarini tanlash bilan chambarchas bog’liqdir.
Sub’ektiv jihatdan huquqni amalga oshirishning mohiyati huquq normalari qaratilgan sub’ektning shu normalar talablariga bo’ysunishidan iborat bo’ladi. Mabodo, ushbu sub’ekt qo’yilgan talabga bo’ysunishdan qat’iy bosh tortsa, u holda huquq normalari uning xatti-harakatlarida hech qachon amalga oshmaydi. Shuning uchun ham davlat fuqarolarda, mansabdor shaxslar va jamoa sub’ektlarida huquq normalarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etish xohishi yoki zaruratini shakllantirish uchun bir qator usullardan foydalanadi.
Odamlar irodasini davlat buyruqlarini bajarishga majbur qilishning ikki asosiy vositasi tarixdan ma’lum, bular – rag’batlantiruvchi mukofot va’da qilish yoki jismoniy majburlov tahdidi yoxud qandaydir ne’matlardan mahrum etishdan iboratdir.
Yana bu erda shuni anglab olish joizki, huquqiy davlatda repressiv-jazolash, majburlov choralari doirasi va ko’lami jiddiy o’zgaradi, o’ziga xos ravishda huquqiy farmoyishlar bilan «o’zini o’zi ta’minlash» imkoniyati paydo bo’ladi. Bu bizga saboq bo’lishi lozim. Chunki totalitar tuzum sharoitida sinfiy hukmronlikning quroli sifatida, avvalambor, davlat va huquq sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni engish vositasiga aylantirilgandi. Aksincha, demokratiya sharoitlarida davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo’rlik bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv orqali bartaraf etish vositasiga aylandi; huquq esa ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi bo’lib qoladi.
Darvoqe, huquqning maqsadi, birinchi navbatda, odamlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. Shunday ekan, davlat irodasining huquqni amalga oshirish sub’ektlari irodasi bilan muayyan muvofiqligi qaror topishi lozim. Agar shunday sharoitlar yaratilsa, u holda davlat majburlovi zaruratining asta-sekin barham topib borish tamoyili kuzatiladi. Huquq mazmunining o’zi fuqarolar mutlaq ko’pchiligining ixtiyoriy bo’ysunishini taqozo etishi lozim.
3-keys

Qonunosti hujjatlarini qabul qilish ikkilamchi jarayon hisoblanadi. Bu erda qonunda ifodalangan huquq aniqlashtirilgan shaklda amalga oshiriladi. Lekin qonunosti hujjatlarida ko’pincha qonunlarda o’z asosiga ega bo’lmagan birlamchi huquq normalari ham ta’riflanishiga oid misollar oz emas. Bunday tajribalar qoralanishi lozim, albatta. Zero, eng matlub tarzda tashkil etilgan qonun chiqaruvchilik jarayoni doirasidagi parlament faoliyati davomidagina huquqni topish va uni tegishli suratda ta’riflab berish zarur bo’ladi.


Qonun va qonun osti hujjatlarida keltirilgan o’zaro qarama qarshi bo’lgan huquqlarni amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qiling
Huquqiy qonunlarni qabul qilish, qonunlarda huquqiy ko’rsatmalarni ta’riflab berish – qonun chiqaruvchilarning murakkab, ammo sharafli vazifasidir. Shunday qilib, ular ijtimoiy munosabatlarda aks etuvchi hodisalarning o’z tabiatidan kelib chiqadigan holatlariga ko’ra ob’ektiv hamda o’rni va vaqtiga ko’ra tabiiy talablarni tatbiq etadi. Shunga ko’ra aytish mumkinki, «Qonun ijodkorligi huquq ijodkorligining eng muhim, asosiy shaklidir. Qonun ijodkorlik faoliyati – vakolatli davlat vakillik organining qonunlar loyihasini ishlab chiqish va qabul qilishga qaratilgan va aniq maqsadga yo’naltirilgan irodaviy faoliyati. Mazkur faoliyat ijodiy jarayon bo’lib, bunda xalqning irodasi aniqlanadi, shakllantiriladi, belgilangan tartibda qonun darajasiga ko’tariladi, rasmiylashtiriladi, unga yuridik shakl beriladi».
Qonunosti hujjatlarini qabul qilish ikkilamchi jarayon hisoblanadi. Bu erda qonunda ifodalangan huquq aniqlashtirilgan shaklda amalga oshiriladi. Lekin qonunosti hujjatlarida ko’pincha qonunlarda o’z asosiga ega bo’lmagan birlamchi huquq normalari ham ta’riflanishiga oid misollar oz emas. Bunday tajribalar qoralanishi lozim, albatta. Zero, eng matlub tarzda tashkil etilgan qonun chiqaruvchilik jarayoni doirasidagi parlament faoliyati davomidagina huquqni topish va uni tegishli suratda ta’riflab berish zarur bo’ladi.
Biroq qonunlarda kamchiliklarning mavjudligi va qonunosti hujjatlarida normalarning bo’lmasligi tufayli huquqni aniqlashtirish bilan, shuningdek, oliy sud instansiyalari, ingliz-sakson huquqi mamlakatlarida esa, avval ta’kidlab o’tganimizdek, umuman, sudlar ham shug’ullanadi.
Albatta, sudlar tomonidan huquqni tatbiq etishning bunday shakliga turlicha munosabatda bo’lish mumkin. Lekin dalillar muayyan vaziyatlarda sudiyalar huquqni bevosita hayotning o’zidan olishlarini va bu jihatdan hatto qonun chiqaruvchilar bilan raqobatlashishlarini ko’rsatib turibdi.
Shunga qaramay, sudiyalar va davlatning boshqa mansabdor shaxslari tomonidan huquqni tatbiq etishning asosiy shakli qonunlar va qonunosti normativ hujjatlarida ifodalangan huquqiy normalarni qo’llashdan iborat, deb hisoblash umume’tirof etilgan qoidadir.
Shuni ham qayd etish kerakki, agar huquqni amalga oshirishga fuqarolar nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, barcha qayd etilgan shakllarda – huquqni qonun hujjatlari ko’rinishida amalga oshirishda, uni aniqlashtirish va qo’llashdan tortib to aytib o’tilgan barcha shakllarda ular ishtirokini payqamaslik mumkin emas. Ayni paytda bu erda nafaqat xalq irodasi qonun bilan mustahkamlanadigan referendum, balki tadbirkorlar o’rtasidagi, tadbirkor bilan yollanma xodim o’rtasidagi va boshqa shartnomalar shartlarining qonun doirasida aniqlashtirilishi ham nazarda tutiladi.
4-keys
Huquqiy xulq-atvor – bu huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo’lgan, huquq sub’ektlarining ongli ravishdagi xulqidir.
Huquqiy xulq-atvorning turlari va elementlarini huquqiy jihatdan tahlil qiling.

Shaxsning huquqiy xulq-atvori – bu shaxs tomonidan yuridik normalar ko’rsatmalariga mos keladigan xatti-harakatlarning amalga oshirilishidir. Yana bu – qonunga itoat etuvchi xatti-harakat hamdir.


Huquqiy xulq-atvor – bu huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo’lgan, huquq sub’ektlarining ongli ravishdagi xulqidir.
Huquq nuqtai nazaridan xulq-atvor huquqqa mos keluvchi, yuridik betaraf va huquqqa zid keluvchi bo’lishi mumkin.
Huquqiy xulq-atvor elementlari:
Sub’ektlar (jismoniy va yuridik shaxslar);
Ob’ektlar (predmet va sub’ekt hulq-atvori);
Ob’ektiv tomoni (hulq-atvorning harakat va harakatsizlik ko’rinishlari);
Sub’ektiv tomoni (sub’ektning mas’uliyatlilik darajasi).
Huquqiy xulq-atvorning quyidagi uch turi (ko’rinishi) mavjud:
1.Faol huquqiy xulq-atvor. Bu fuqarolarning, mansabdor shaxslarning qo’shimcha vaqt, kuch-g’ayrat, ba’zan esa moddiy mablag’lar sarflash bilan bog’liq bo’lgan bir maqsadga yo’naltirilgan, tashabbusga asoslangan qonuniy faoliyatidir.
O’zini himoya qila olish, yashash va rivojlanish uchun normal sharoitlarni ta’minlash, qonun doirasida erkin bo’lish, qonunlarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishiga ta’sir ko’rsatish, davlat timsolida o’z himoyachisiga ega bo’lish uchun shaxs iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa jihatlardan faol bo’lishi kerak. Shaxsning huquqiy faolligi – bugungi kun talabidir. Huquqiy faollikni namoyon qilishning shakllari xilma-xildir. Bu sidqidildan qilingan xizmat faoliyati ham, partiyalar, jamoat birlashmalarining tashkil qilinishi va ularning ishida ishtirok etish, qonun loyihalarining muhokamasida qatnashish va turli davlat organlari bilan hamkorlik qilish ko’rinishida bo’lishi mumkin.
2. Odatiy huquqiy xulq-atvor. Faol xatti-harakatdan farqli o’laroq, u qo’shimcha mablag’lar, kuch-g’ayratlar sarf qilish bilan bog’liq bo’lmaydi. Bu insonning huquqiy normalarga mos keladigan kundalik maishiy turmushi va boshqa hayotidir. Xulq-atvorning ushbu turi doirasida fuqarolar o’zlarining huquqiy majburiyatlarini bajaradilar, yuridik ahamiyatga molik biron-bir xatti-harakatni sodir etadilar. Biroq bu o’rinda ularning faolligi huquqiy talablar darajasidan ortib ketmaydi. U odatiy bo’lib, kishining oila, davlat, jamiyatdagi normal hayotiy faoliyati uchun zarurdir. Inson-fuqaroning moddiy, ma’naviy va boshqa ehtiyojlari xuddi shu tarzda qondiriladi.
3. Passiv (marginal) huquqiy xulq-atvor. Bunday hulq-atvorli shaxslar huquq ko’rsatmalariga mos faoliyat yuritsalarda, bunda ular ushbu harakatlarni davlat majburlovidan, nohuquqiy hatti-harakatlari uchun tegishli tartibda jazolanishlaridan qo’rqqanliklari uchun amalga oshiradilar.
5-keys
Huquq normalarini aynan sharhlash sharhlanayotgan huquq normasi ma’nosini tushunish huquq manbai matniga to’liq mos kelishida o’z ifodasini topadi. Bunday sharhlashning natijasi huquqiy ko’rsatmaning so’zlardagi ifodasiga to’liq mos keladi.
Huquq normalarini hajmiga ko’ra sharhlashni amaliy ahamiyatini tushuntiring va turlarini ko’rsatib bering.
Huquqni amalga oshirish jarayonida shunday holatlar uchraydiki, bunda huquq normasini sharhlovchi sub’ekt bir qarashda qonun matnidan kelib chiqadigan normaning haqiqiy mazmunini mumkin bo’lganidan yo torroq, yoki aksincha, kengroq tushunishi lozim bo’ladigan vaziyat bilan to’qnashadi. Shu bois, huquq normalarini aynan, kengaytirilgan va cheklangan sharhlash zarurati tug’iladi.
Huquq normalarini aynan sharhlash sharhlanayotgan huquq normasi ma’nosini tushunish huquq manbai matniga to’liq mos kelishida o’z ifodasini topadi. Bunday sharhlashning natijasi huquqiy ko’rsatmaning so’zlardagi ifodasiga to’liq mos keladi. Ya’ni, “qonun shakli bilan mazmuni” bir-biriga to’g’ri kelganligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Kengaytirilgan sharhlash huquq normasi ma’nosi uning matndagi ifodasidan kengroq bo’lgan holatlarda amalga oshiriladi. Kengaytirilgan sharhlashni talab qiluvchi holatlar ro’yxatida ko’pincha “va hokazo”, “va boshqalar” degan so’zlar uchraydi.
Kengaytirilgan sharhlash qonunda ko’zda tutilmagan hollarda ham uchrashi mumkin. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 142-moddasida fuqarolar uy-joylari daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi. Biroq u chet el fuqarolari yoki fuqarolikka ega bo’lmagan shaxslarga nisbatan ham qo’llanilishi yoki qo’llanilmasligi masalasi ochiq qolgan (ushbu o’rinda “fuqarolar” so’zini batafsil izohlash kerak bo’ladi).
Cheklangan sharhlashda huquq normasining so’zda ifodalangan va rasmiylashtirilgan ma’nosi uning mantiqiy ma’nosi va mazmunidan keng bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Ayrim hollarda huquq normasining mazmuni uning matndagi ifodasidan torroq bo’lishi mumkin. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi moddalaridan birida, er-xotinlar nikohda bo’lgan vaqtlarida orttirilgan mol-mulk ularning birgalikdagi mulki hisoblanadi, deyilgan. Biroq shunday holatlar ham bo’ladiki, er-xotinlar hali ajralmay turib, alohida yashashadi. Shunday holatlarda ular orttirgan mol-mulk ularning birgalikdagi mulki bo’lib qolaveradimi? Ushbu o’rinda, mazkur normani cheklangan holda sharhlashga to’g’ri keladi (ya’ni nikohdagi vaqtda orttirilgan har qanday mulk ham birgalikdagi mulk hisoblanmaydi).
Download 20,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish