Mustaqillik va demokratik jamiyat qurilishining o’zbek modeli



Download 44 Kb.
bet1/2
Sana26.11.2022
Hajmi44 Kb.
#872816
  1   2
Bog'liq
Mustaqillik va demokratik jamiyat qurilishining o’zbek modeli


Mustaqillik va demokratik jamiyat qurilishining o’zbek modeli


Reja:

1. Mustaqillik –milliy taraqqiyot va demokratik jamiyatga o’tish uchun cheksiz imkoniyatlar makoni.
2. O’zbek modelining demokratik tamoyillar va qadriyatlarga tayanishi. Uning milliy va umumbashariy tamoyillari.
3. O’zbekiston modelining jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy hayot sohalariga namoyon bo’lishi.

Kirish
Ma‘lumki, XX asrning so’nggi o’n yilligi jahon tarixiga tub o’zgarishlar davri, o’lkan va unutilmas voqealarga boy davr sifatida kirdi. Qizil imperiya va kommunistik mafkuraasrimizning unchalik ham yorug’ emasligini, uzoqqa bormasligini payqay boshladi. Endi u cho’g’ ustida o’tirgan odamdek o’zini har tarafga tashlashga, bu tahlikali va oxir oqibati noma‘lum istiqbol qarshisida qandaydir yo’l topish talvasasiga tushib qoldi. Boshqacha qilib aytganda, sovet tuzumi o’z haqqini, insoniy sha‘ni va yashash huquqini talab qila boshlagan odamlarning qudratli to’lqiniga duch kelgan, bu to’lqin uni g’arq qilib yuborishi hech gap emas edi. Shu bois u cho’kayotgan kimsa kabi “xasga ham, xashakka ham yopisha boshlagan” bir holatda edi.
Ijtimoiy hayotda jiddiy o’zgarishlar yasash zarurligini butun jamiyat aniq-ravshan anglab yetdi. KPSS Markaziy Komitetining Aprel (1986 yil) plenumi sovet jamiyatini qayta qurish, bu jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo’lini e‘lon qildi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot yasash e‘lon qilindi.
Biroq SSSR rahbariyati shunchaki xayol bilan, sinovlar va xatolar usul-amali bilan bir taraflama ish olib bordi va ko’proq zohiriy natija olishni ko’zladi, bu esa qayta qurish taqdirini zarba ostiga solib qo’ydi. Ikkinchidan, qandaydir siyosiy nufuzga erishish, mashhurlik da‘vo qilish, nom chiqarishga intilish butun mamlakat bo’ylab xavf-xatar keltiruvchi surunkali kasallikkka aylandi. Natijada ittifoqning turli burchaklarida turli ko’rinishdagi shiorbozliklar, sharmandali tarzda bir-birini rad etuvchi, bir-birini inkor qiluvchi, to’g’ri kelib qolsa, mavh etuvchi har xil harakatlar yuzaga keldi. Bularning hammasi butun mamlakatda siyosiy-ma‘naviy muhitni loyqalatib yubordi.
Aslida buning o’ziga xos sabablari bor edi. Jumladan, uzoq yillar mobaynida inson huquqlarining cheklanganligi, so’z va fikr erkinligining yo’qligi, iqtisodiy taraqqiyotning jar yoqasiga borib qolganligi, mudhish qatag’onlarning tashkil etilishi, aholigi doimiy ravishda qo’rquv va xadik bilan yashashga majbur qilish ana shu sabablardan edi.
1991 yilning 19-21 avgust kunlari Moskada davlat to’ntarishi qilishga urinib kurildi.Favqulodda holat Davlat qo’mitasi tuzilib, SSSR prezidenti M.S. Gorbachev vakolatlari vitse prezident G. Yanaevga o’tkazilganligini e‘lon qildilar. Ularning maqsadlari ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo’lga kiritishga, o’z taqdirlarini o’zlari hal qilishlariga yo’l qo’ymaslik edi. Shuni ham aytish kerakki, davlat to’ntarishini uyushtirgan bir guruh shaxslar mamlakatda yuz bergan bosh boshdoqlik va parokandalik yuqori cho’qqiga chiqqan paytdan foydalanib qolmoqchi bo’ldilar. Ammo, xalqni endi eski tuzum doirasida qoldirishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda edi. (qarang: O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. Ma‘ruzalar matni. T. 2001 yil, 31 bet).

1-Reja
Har qanday jamiyatning ma‘naviy qiyofasi ayni ana shu jamiyat tizimi, uning qanday g’oyalarga va maqsadlarga ergashayotgani, qanday tafakkur asosida qaror topayotgani bilan bog’liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, butun mamlakatda favqulodda holat joriy etilganiga qaramay, O’zbekiston rahbariyati butun xalqni matonat va osoyishtalikka da‘vat etdilar.


1998 yil 20 avgust kuni O’zbekiston Prezidenti I. Karimov respublika aholisiga murojaat etib “O’zbekiston Respublikasi, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas. Markazdan, boshqa ba‘zi respublikalardan qanday qarorlar chiqmasin, va‘dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, da‘vatlar, yo’l-yo’riq ko’rsatishga harakatlar bo’lmasin, biz o’zimiz tanlagan yo’limizdan va belgilab olgan maqsadlarimizdan qaytganimiz yo’q. Bu yo’l bizning xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shart-sharoitlariga, xullas, xalqimiz manfaatlariga mos yo’ldir” deb qat‘iy ta‘kidladi. (“Sovet O’zbekistoni”, 21 avgust. 1991 yil).
I. Karimovning o’ziga xos, mustaqil ish faoliyati SSSR tarkibidagi katayu kichik siyosiy arboblaru arbobchalarni hayratga solar edi. Bu esa, o’z navbatida, O’zbekiston yetakchisi bilan Kreml o’rtasidagi munosabatlarni jiddiylashtirar, markazdagilar “bebosh va o’zboshimcha rahbar”ning ta‘zirini berib qo’yishga harakat qilishardi. Aniqrog’i, uning Gorbachev boshliq hukumat siyosiy o’yinlariga unchalik hushi yo’q, tabiatan bunday muhitni o’ziga singdirolmas edi. Chunki, vaziyat allaqachon o’zgarganligini, markaz olib borayotgan kaltabin siyosatning oxiri voy ekanini, endi yangi ruhdagi, xalqning va tarixiy jarayonning ehtiyojiga monand siyosat zarurligini u allaqachon payqagan edi.
Ko’pdan-ko’p ko’zbo’yamachilik, laganbardorlik, ikkiyuzlamachilik faktlari butun Ittifoqning boshqarishdagi sovet tizimining jiddiy nuqsonlari bo’lib qolaverdi. Barcha darajadagi ko’pgina rahbarlar hokimiyatni, xizmat lavozimini suiste‘mol qilar, g’arazli manfaatlarini o’ylab yashar edi. Mamlakatning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini respublikalar o’rtasidagi xo’jalik aloqalarini takomillashtirish va respublikalarning o’z iqtisodiyotini jonlashtirish hisobiga hal qilmasdan, g’arbiy mamlakatlardan xo’rlik bilan tilab olinadigan qarzlar yo’li bilan hal qilishga urinish SSSR rahbariyatining jiddiy xatosi bo’ldi.
Prezidentimiz I. Karimovning o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XVI sessiyasida so’zlagan nutqida yuqoridagi kamchiliklar natijasida XX asr adog’ida kelib tarix taqozosi bilan olamdagi yirik va so’nggi imperiyalardan biri bo’lmish SSSR yemirildi, deb ta‘kidlagani fikrimizning dalilidir. Har qancha olijanob shiorlar Bilan bejab bo’lsa-da, deb ta‘kidladi “ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik” degan ma‘ruzasida yurtboshimiz I. Karimov, mohiyat va e‘tiboriga ko’ra mustamlaka saltanati bo’lgan Sovet Ittifoqi besamar kommunistik tajriba qurboni bo’ldi (2-tom, 294 bet).
CHindan ham, SSSR tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma‘naviy taraqqiyot xususida gapirib bo’lmas edi. Chunki yovuzlik va zo’ravonlik asosida qurilgan bu davlat bunday intilishlarga aslo yo’l bermas edi. Amerika adibasi Eyn Rend ta‘biri bilan aytganda, “insonni fikrsiz qulga aylantirgan yoki uning mehnati samarasini tortib oladigan, erkin tafakkur qilishdan mahrum etadigan yoki aqlga zid harakatlarga undaydigan jamiyat, mavjud qonunlari bilan insonning tabiiy talab-ehtiyojlari o’rtasida qarama-qarshilik keltirib chiqaradigan jamiyat aslida jamiyat deb atalishiga ham arzimaydi. U jinoyatchilar tudasi yoki olomondir”. Haqiqatdan ham dunyoning oltidan bir qismini egallagan o’lkan mamlakatda mutelik holatida yashagan xalqlar qaramlik kishanlaridan xalos bo’ldilar va o’zlarining milliy davlatlarini barpo etishga kirishdilar.
Ikkinchi savol: O’zbekiston hali SSSR tarkibida bo’lib, SSSRning konfederativ davlatga aylanishiga ko’z tutib turgan mahalda 1991 yil 31 avgust kuni o’z mustaqilligini e‘lon qildi. O’sha kuni respublika Oliy Sovetida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida”gi qonun aktida mana bunday deyilgan edi: “O’zbekiston Respublikasining hududi uning tarkibiga kiradigan Qoraqolpog’iston Respublikasi hududi bilan birgalikda bo’linmas va daxlsizdir. O’zbekiston Respublikasi boshqa davlatlarga hududiy da‘volar qilmagani holda o’z hududi va uning tabiiy boyliklari xususida oliy huquqga egadir... O’zbekiston Respublikasi barcha sheriklar bilan hech qanday dastlabki shartlarsiz teng huquqli va o’zaro manfaatli bitim va shartnomalarni bevosita imzolash uchun o’zini ochiq deb e‘lon qiladi...” (qarang: O’zbekiston tarixi. T. 1996 yil, 353 bet).
Respublika Oliy Sovetining bu bayonoti katta ahamiyatga ega bo’lib, u respublikamizning o’z yeri boyliklariga to’la huquqli ega bo’lishga va iqtisodiy, ijtimoiy va ma‘naviy sohalarni o’zining talab-ehtiyojlari va manfaatlariga muvofiq rivojlantirib borishga ahdu qaror qilganidan darak berar edi.
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi va Markaziy nazorat qo’mitasining 28 avgustda bo’lgan (1991 yil) qo’shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS Markaziy qo’mitasi bilan har qanday aloqasini to’xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Vaziyat qiyin bo’lishiga qaramay o’n ikkinyai chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgustda “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida” Oliy Kengash Bayonotini qabul qiladi. Bunda shunday deyilgan: “O’tmishdan saboq chiqarib va SSSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlarni e‘tiborga olib, xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga asoslanib, O’zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas‘uliyatni anglab, shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o’rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to’g’risidagi Xelvsinki shartnomalariga qat‘iy sadoqatini bayon etib, millati, diniy e‘tiqodi va ijtimoiymansubligidan qat‘iy nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha‘ni va qadr-qimatini ta‘minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e‘lon qiladi”. (qarang: O’zbekiston Respublikasi: mustaqil davlatning bunyod etilishi. T. 1992 yil, 7 bet).
“Suveren” frantsuzcha so’z bo’lib, oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi; suverenitetga ega, erkin, mustaqil demakdir. Bu davlatning tashqi va ichki ishlarida mustaqilligi va ustunligidir.
O’zbekiston SSRning Mustaqillik deklaratsiyasiga va O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi bayonotiga asoslanib “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida” qonun qabul qiladi. Qonun 17-moddadan iborat bo’lib u mustaqillikning huquqiy asosi hisoblanadi. Mohiyatiga ko’ra bu hujjat respublikamiz uchun vaqtincha Konstitutsiya rolini ham o’ynagan, sababi qonun mustaqil O’zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini sanab bergan, bular:
1- moddada O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga mustaqil suveren demokratik davlat ekanligi qayd etilgan.
2- moddada O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o’z hokimiyatini ham bevosita ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi deyilgan.
3- moddada O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy-davlat va ma‘muriy – hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi deb aytilgan.
4- moddada O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o’zgartirilishi mumkin ekanligi ta‘kidlangan.
5- moddada O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O’zbekiston Respublikasi davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi deb aytilgan.
6- moddada Mustaqil O’zbekistonda Mudofaa ishlari vazirligini tuzish tartibi belgilandi.
8-12-14-moddalarda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab berilgan.
13- moddada O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o’rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayriboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a‘zosi bo’lishi mumkinligi qayd etilgan.
15- moddada O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, unda fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat‘iy nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida bo’lishlari qonunlashtirildi.
16- moddada davlat ramzi bo’lgan Gerb, Bayroq, Madhiya hamda Davlat tili haqida gapirilsa, 17-moddada esa O’zbekistonning Qoraqalpog’iston bilan munosabatlari xususida so’z borib, O’zbekistonning Qoraqalpog’iston xududiy yaxlitligini tan olish haqida fikr yuritiladi. Uning O’zbekistonning tarkibida ekanligi e‘tirof etiladi. Shuningdek bu moddada Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqib ketishi mumkinligi ham e‘tirof etiladi. (qarang: O’zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning paydo bo’lishi. T. 1992 yil, 10-12 betlar).
SHunday qilib, biz o’zimizning taraqqiyot yo’limizni 1992 yil oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiya asosida belgilab oldik. O’zbekiston tanlab olgan taraqqiyot yo’li edi hech qachon orqaga – eski tuzumga, mustabid jamiyatga qaytmaydigan yo’ldir. Bu faqat olg’a boradigan yo’ldir. Bu – mustaqillikni mustahkamlaydigan, O’zbekistonni buyuk kelajagini ta‘minlaydigan yo’ldir. Prezidentimiz I. Karimov iborasi bilan aytganda, endi bu yo’ldan – mustaqillik va ozodlik yo’lidan bizni hech kim qaytara olmaydi. Shu yo’ldan borsak, xalqimiz murodiga yetadi, asriy orzularimiz ijobiy bo’ladi. (qarang: I. Karimov O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1993 yil, 97-98 betlar).
O’zbekiston siyosiy mustaqillikka erishib, o’z taqdirini o’zi belgilash va hal etish imkoniyatiga ega bo’lmaganda ichki va tashqi siyosatni mustaqil ravishda olib bora olmasdi. Hozirgi paytda O’zbekiston hech kimning vositachiligisiz o’zining mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib bormoqda, dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatmoqda. Boshqacha qilib aytganda, jahon jamoasi O’zbekistonni, bizning vatanimizni quchoq ochib qabul qildi. O’zbekiston davlat mustaqilligining tarixiy-olamshumul ahamiyatini ana shundan ham bilish mumkin. O’zbekiston mustaqil davlatlar va dunyoning boshqa katayu kichik davlatlari davrasida o’zining munosib o’rnini egalladi. O’zbekiston tenglar ichida teng bo’ldi. Buning asosini quyidagi konstitutsiyaviy hujjatlar tashkil qilgan edi: O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan “Mustaqillik Deklaratsiyasi”; O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustda navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi tomonidan qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi Qonuni; O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash Bayonoti; O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e‘lon qilinishi to’g’risidagi 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan qarori.
Uchinchi savol: O’zbekiston tarixida ilk da‘fa joriy etilgan Prezidentlik instituti yangi O’zbekiston davlat hokimiyati organlari tizimida Markaziy o’rinni egalladi. U siyosiy tizimning o’zagi bo’lib qoldi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi – bu yolg’iz o’zbeklar uchungina emas, balki shu dunyoda istiqomat qilayotgan yuzdan ortiq millat va elatlar uchun ham ahamiyati katta bo’lgan tarixiy voqeadir. Ularga O’zbekiston Konstitutsiyasida ko’zda tutilgan hamma huquqlar va erkinliklar kafolatlanadi va ta‘minlab beriladi.
Mustaqil O’zbekistonning kuch-qudrati manbai xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo’shnichilik, insonparvarlikning nozik ko’rtaklarini asrlar Osha avaylab-asrab kelmoqda. O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi – Prezidentimiz I. Karimov ta‘kidlaganidek, ana shu an‘analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir (qarang: I. Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1999 yil, 74 bet).

Adabiyotlar ro’yxati:



Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish