www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
Aytishlaricha, Ibn Tulunning Qohiradagi shifoxonasi kutubxonasida turli ilmlarga oid yuz
ming jilddan ziyoda kitob bo‘lgan.
Shifoxonalardagi tartibotga keladigan bo‘lsak, davolanish hamma uchun bepul edi. Bu
borada boy va faqir, uzoq va yaqin, aqlli va beaqlning farqi bo‘lmagan. Xasta kelganda,
avval u tashqi zalda tekshiruvdan o‘tadi. Agar kasallik yengil bo‘lsa, unga resept yozib
berilgan va dorilar shifoxonaga qarashli dorixona tomonidan bepul berilgan.
Agar kasalning holati shifoxonada yotishni taqozo qilsa, uning ismi kasalxona
daftariga qayd etilgan. So‘ng xasta hammomga kirgan, uning kiyimlari yechib olinib,
alohida joyga qo‘yilgan va unga kasalxonaning maxsus kiyimi berilgan. Keyin kasallar
yotgan xonaga yotqizilgan va unga yaxshi jihozlangan karavot ajratilgan. Kasalxonaga
yotqizilgandan keyin tabib tayinlagan dori-darmonlar va kerakli miqdorda sihatiga
muvofiq oziq-ovqatlar berilgan. Bemorlar ozuqasi qo‘y, mol, tovuq va turli qushlar
go‘shtidan tayyorlangan. Kasalning tuzalish alomati etib, bir daf’ada bitta non va bitta
butun tovuqni to‘liq yeyishi belgilangan. Agar muolaja nihoyasiga yetgan bo‘lsa, yangi
kiyimlar va ishlashga qodir bo‘lguncha yetadigan miqdorda mablag‘ berilgan.
Shifoxonaning xonalari pokiza bo‘lgan, suvlar oqib turgan. Zallari juda go‘zal mebellar
bilan jihozlangan. Hamma shifoxonaning tozalikni nazorat qilib turuvchi taftishchilari va
moliyaviy ahvolini tekshirib turuvchi nazoratchilari bo‘lgan. Ko‘pincha xalifa yoki
amirning o‘zi kasallar ahvoli va ularga qilinayotgan muomaladan xabardor bo‘lib turgan.
Yuqorida zikr qilingan holatlar Islom olamida bino etilgan hamma shifoxonalarda –
xoh u Mag‘rib, xoh Mashriqda bo‘lsin, Bag‘dod, Damashq, Qohira, Quddus, Makka,
Madina, Marokash, Andalusda bo‘lsin – bir xil edi. Bu o‘rinda ana shu asrlardagi Islom
poytaxtlaridan to‘rtta shahardagi to‘rt shifoxona haqida so‘zlash bilan cheklanamiz:
Birinchisi – Bag‘doddagi Azudiy shifoxonasi.
Uni Azud-davla ibn Buvayh 371 hijriy
yilda qurdirgan. Uni qurishdan oldin mashhur tabib Ar-Roziy tunda Bag‘dodning to‘rt
tomoniga to‘rt bo‘lak go‘sht osib qo‘yadilar. Ertalab go‘sht qaysi makonda yaxshi hidli
saqlangan bo‘lsa, o‘sha joyda juda katta mablag‘ evaziga shifoxona quriladi. U yerda
ishlashga yigirma to‘rt tabib tayin etilib, ularga kerakli bo‘lgan ilmiy kutubxona,
dorixona, oshxona va ombor beriladi. 449 hijriy yilda xalifa al-Qoim Biamrillah ushbu
shifoxonani yangiladi va topilishi qiyin bo‘lgan ichkilik va dori-darmonlarni jamladi.
Kasallar uchun jihozlar, ko‘rpa-to‘shaklar, xushbo‘y atirlar, vaqf suvlari taqdim etdi.
Xizmatchi, tabib va farroshlar yolladi. Ushbu shifoxonaning eshikbon va qo‘riqchilari ham
bor edi. Yana unda hammom bo‘lib, uning atrofini turli meva va sabzavotlarni o‘z ichiga
olgan bog‘ o‘ragandi. Suvdagi kemalar zaif va kambag‘allarni tashirdi. Tabiblar ertayu
kech bemorlarga navbat bilan qarardilar.
Ikkinchisi – Damashqdagi An-Nuriy al-Kabiyr shifoxonasi.
Uni odil podshoh, sulton
Nuriddin ash-Shahid 549 hijriy/1154 milodiy yilda g‘arb podshohlarining biridan fidya
sifatida olgan molga qurdirgandi. Uning binosi butun mamlakat bo‘ylab qurilgan
shifoxonalar ichida eng go‘zali bo‘lgandi. Sulton uni faqat kambag‘al va miskinlarga, deb
shart qo‘ygandi. Boylarga esa faqat davolamaslikning iloji bo‘lmay qolgandagina ruxsat
berilardi. Undagi suyuq va quyuq dorilarning hammasi bepul edi. 580 hijriy yilda unga
kirgan sayyoh Ibn Jubayr shifoxona tabiblarining kasallarga bo‘lgan e’tiborini, hollaridan
yaxshi xabardorligini va ularga kerakli dori va ozuqalarni tayyorlashlarini ijobiy
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |