Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
53
Islom o‘lkalaridagi madrasalar maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘lgan. Qur’oni karim tafsiri
hifzi va qiroatini o‘rgatadigan madrasalar alohida bo‘lgan. Hadisga xos madrasalar 
bo‘lgan. Ularning eng ko‘pi fiqh uchun xos bo‘lgan madrasalardir. Har bir mazhab fiqhi 
uchun alohida madrasa, yana tib uchun madrasa, yana yetimlar o‘qiydigan alohida 
madrasalar qurilgan. O’ninchi hijriy asr ulamolaridan An-Na’imiy «Ad-Doris fi tarix al-
Madoris» kitoblarida Damashqdagi madrasalar va ularning vaqflari nomini zikr qiladilar. 
U kishining xabarlariga ko‘ra, Damashqning o‘zida Qur’oni karim o‘rgatadigan yettita 
madrasa, hadisni ta’lim beradigan o‘n oltita madrasa, Qur’on va hadisni barobar 
o‘qitadigan uchta madrasa, shofe’iy fiqhi uchun oltmish uchta madrasa, hanafiy fiqhi 
uchun ellik ikkita madrasa, molikiy fiqhiga to‘rtta va hanbaliy fiqhi uchun o‘n bitta 
madrasa bo‘lgan. Bulardan boshqa tibbiyot madrasalari, rabotlar, mehmonxonlar, 
hujralar va jomelar bo‘lgan. Bularga qo‘shimcha o‘laroq, ayni ana shu asrlarda g‘arbliklar 
orasida keng tarqalgan jaholat va omilikni zikr qilsak, Islom ummati avji kuchaygan 
paytda qanday buyuklikka yetganini bilamiz. Hazora ijtimoiy muassasalar va ilmiy 
ma’hadlar tarixida qanday ham ajoyibotlarni ko‘rsatgan! Ilmni nashr qilishda, ommaning 
hazorasini ko‘tarishda va boshqa millat farzandlariga ham bu yo‘lni yengillatishda 
Islomning qanday ham ulkan xizmatlari bo‘lgan! 
Imom Ibn Kasir o‘zlarining «Al-Bidoya van-Nihoya» kitoblarida olti yuz o‘ttiz birinchi 
hijriy yil hodisalarini shunday yozadilar: 
«Shu yili Bag‘doddagi «Al-Mustansiriya» 
madrasasining qurilishi nihoyasiga yetdi. Bundan oldin uningdek madrasa bino 
qilinmagan. Unda to‘rttala mazhabni kuzatdim: har bir toifadan oltmish ikkita faqih va 
to‘rtta yordamchi bor. Har bir mazhabga mudarris, hadis shayxi, ikki qori va o‘n some’ 
mavjud. Yana tabobat shayxi va musulmonlardan tib ilmi bilan shug‘ullanuvchi o‘n kishi 
hamda yetimlar uchun maktab ham bor. Hamma uchun non, go‘sht, holva va yetarli 
miqdorda nafaqa tayin etilgan. Kutubxonani ko‘zdan kechirdim. Kitoblarining ko‘pligi, 
nusxalarining go‘zalligi va vaqf etilgan kitoblarning sifatliligi jihatidan ular kabisini 
ko‘rmaganman».
I
slom hazorasi barpo bo‘lgan asoslardan biri – jism ehtiyojlari bilan ruh ehtiyojlarining 
jamlaganligi hamda insonning saodati va ruhi ravshanlashishi uchun jismga inoyatni 
zaruriy talablardan, deb e’tibor qilganligidir. Mana shu hazora asoschisi Rasululloh 
(s.a.v.)dan: «Albatta senda jasadingning ham haqqi bordir», degan so‘zlari naql 
qilingan. 
Mulohaza qilib ko‘rilsa, Islom ibodatlarini bajo keltirishning o‘zi tabobat ilmining 
maqsadlaridan biri bo‘lgan sog‘liqni saqlash uchun o‘ta muhimdir. Chunki namoz, ro‘za, 
haj va bu ibodatlar talab qiladigan shartlar, ruknlar va amallar, hammasi jismning 
sihatini, faolligini va quvvatini muhofaza etadi. Bunga yana Islomning kasallik va uning 
yoyilishiga qarshi kurashini va unga barham beruvchi muolajani istashga targ‘ib qilishini 
qo‘shsak, tabobat maydonida hazora binosi qanday mustahkam asoslarga qurilganini, 
uning shifoxonalar va tibbiy ma’hadlar barpo etishidan olam qanchalar istifoda etganini 
va u chiqargan tabiblarning ilmga, xususan, tabobatga qilgan himmatlaridan insoniyat 
hanuzgacha faxrlanayotganini ko‘ramiz. (Tabib Ali ibn Abbos tabobatga shunday ta’rif 
beradi: «U – sog‘lomlarga sog‘liqni saqlashni va kasallarga uni qaytarishni o‘rganadigan 
ilmdir».) 
Arablar tibbiy maskanlarni birinchi bor oltinchi milodiy asrning o‘rtalarida Kisro 
qurdirgan Jundisobur tibbiy madrasasidan tanishdi. Bu madrasani Horis ibn Kilda kabi 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish