Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
49
ham bor. Madrasa hozir «Hayyotiyn» bozorida bo‘lib, hanuzgacha islomiy hazora 
zamonidagi madrasalar me’morchiligiga tirik namuna vazifasini bajarmoqda. Sayyoh ibn 
Jubayr hijriy yettinchi asr boshlarida uni ziyorat qilgan va hayratlanib quyidagilarni 
yozgan: 
«Nuriddin rahimahullohning madrasasi dunyo madrasalarining eng 
go‘zallaridandir. Ajib qasrlardan bir qasrdir. Unda suv ulkan daryo qa’ridan oqib kelib, 
hovli o‘rtasidagi katta hovuzga kelguncha uzun ariqcha uzra marvariddek tovlanadi. Bu 
go‘zallikdan ko‘zlar hayron qoladi».
Zamonlar o‘tishi bilan ushbu madrasadan hozir faqat 
ayvon qolgan. Unda muhozaralar xonasi, masjid, mudarrislar uchun, yana ularning dam 
olishlari uchun xona bo‘lib, hozirdagi jomea kulliyalaridagi ustozlar xonasi vazifasini 
o‘tagan. Bunda yana bosh mudarris oilasi bilan yashaydigan uy, talabalar va madrasa 
xizmatchilari uchun yotoqxonalar bo‘lgan.
Bunga o‘xshash holni Halabdagi «Sha’boniyya», «Usmoniyya» va «Xusraviyya» 
madrasalarida ham ko‘rish mumkin. Ularda ham talabalar uchun yotoqlar, dars o‘tish 
zallari bo‘lgan. Oldiniga talabalar madrasada ovqatlanardilar. Keyinroq madrasaga 
mansub talabalar uchun har oy oxirida ma’lum miqdorda haq (stipendiya) beriladigan 
bo‘ldi. 
Ushbu madrasalarning yana bir yorqin misoli «Al-Azhar» jomesidir. U maydoniga dars 
xalqalari barpo qilingan masjid bo‘lib, turli tomondan talabalarning ravoq deb nomlangan 
yotoqxonalari o‘rab turardi. Ularda turli shaharlardan kelgan talabalar yonma-yon 
yashashardi. Masalan, shomliklar ravoqi, mag‘ribliklar ravoqi, turklar ravoqi, sudanliklar 
ravoqi va hokazolar bo‘lgan. «Al-Azhar» talabalari hozirgi kungacha tolibi ilmlar uchun 
ajratib qo‘yilgan vaqflar foydasi hisobidan bepul ta’lim olish bilan birga oylik 
stipendiyaga ega bo‘ladilar. 
Madrasalar haqida so‘z borar ekan, mudarrislar va ularning holatlari hamda maoshlari 
haqida to‘xtalish ham maqsadga muvofiq. Madrasalarning raislari ulamolarning eng 
yaxshilari va eng mashhurlaridan bo‘lardi. Masalan, Imom An-Navaviy, Ibn as-Saloh, 
Abu Shoma, Taqiyyuddin as-Sabkiy, Imoduddin ibn Kasir va boshqalar Damashqdagi 
«Dorul-hadis» madrasasida dars berishgan. Imom Al-o‘azzoliy, Ash-Sheroziy, Imomul-
Haramayn, Ash-Shoshiy, Al-Xatib at-Tabriziy, Al-Qazviniy, Al-Feruzobodiy va boshqalar 
Bag‘doddagi «Nizomiyya» madrasasida dars berishgan va hokazo. 
Islomning ilk davrlarida mudarrislar ta’lim uchun haq olishmagan. Zamon o‘tib, hazora 
kengayganidan va madrasalar bino qilinib, ularga vaqf belgilangandan keyingina 
ulardagi mudarrislarga oylik maoshlar belgilandi. Shu o‘rinda Movarounnahr ulamolari 
tomonidan sodir bo‘lgan ajoyib bir voqeani zikr qilib o‘tmoqchimiz: Nizomulmulk turli 
shaharlardagi mashhur madrasalarini bino qilgan paytda ularda dars beradigan 
mudarrislarga maosh tayin qildi. Ulamolar bu ishni qoralab to‘plandilar hamda ilm va 
uning barakasi ketganini aytib, ilm uchun motam tutdilar. Ushbu marosimda shunday 
so‘zlar aytildi: 
«Ilm bilan uning sharafli ekani uchun va u bilan kamol topishni maqsad 
qilgan oliyhimmat va qalbi toza kishilar shug‘ullanardi. Agar ilmga haq tayinlansa, endi 
unga tuban va tanballar yaqinlashadi. Bu esa ilmning xorlanishi va zaiflashishiga sabab 
bo‘ladi».
Lekin bu mulohaza hayot rivoji va hazora zaruriyati oldida sobit qolmadi va 
mudarrislarga shahar, madrasa va vaqflarga qarab turli xil maoshlar tayinlandi. Lekin 
har qanday holda ham maosh mudarris bemalol hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish