Metall ko’priklar haqida umumiy ma’lumotlar reja



Download 210,86 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi210,86 Kb.
#776078
Bog'liq
Metall ko’priklar haqida umumiy ma’lumotlar


Metall ko’priklar haqida umumiy ma’lumotlar
REJA:


1. Metall ko’priklarning rivojlanishi haqida qisqacha
ma’lumot
2. Birinchi to’sun konsolli temir yo’l ko’prigi
3. Metall ko’prik materiallari


Metall ko’priklarning rivojlanishi haqida qisqacha

ma’lumot

Birinchi marotaba XVIII asr boshlarida Xitoyda piyodalar o’tishi uchun zanjir ko’rinishidagi yuk ko’taruvchi simdan oddiy osma metall ko’priklar qurilgan. Umuman ko’priksozlikda metall keng qo’lanilishi 1779-yilda boshlangan, o’shanda Anglyada Severn daryosiga birinchi ravoqli cho’yan ko’prik qurilgan. Bu ko’prikning 32 m uzunlikka ega bo’lgan cho’yan ravoqi ingichka va uzun egri chiziqli elementlardan tashkil topgan bo’lib, ular ilgari yog’ochdan qurilgan ravoqlarga o’xshab ketgan.


Bunday ko’priklar XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida qurila boshlangan. Bunday konstruksiyalar chugunning mo’rtligi sababli va uzun elementlarning ko’ndalang kesimi kichkina bo’lganligi uchun yetarlicha puxta bo’lmagan. Shuning uchun XIX asr boshlarida, qovurg’ali bloklardan jamlangan, bir-biriga boltlar orqali mahkamlangan chugundan yasalgan ravoq qubbali ko’priklarni keng qo’llanila bo’shlandi. Ularni tayyorlashga pishiqroq va ixchamroq va yig'ishda qulayligi aniqlandi.
Keyinchalik 1806- yilda Moyku daryosi ustiga qurilgan Zangor ko’prikda va boshqa Peterburgda qurilgan ravoqli ko’priklarda birinchi marotaba ravoqlar yengil ikkita tavrli chugundan tayyorlandi. 1835- yilda Moskvada Obvodniy kanali ustiga qurilgan chugun ravoqli ko’prikning oraliq qurilmasi uzunligi 40 m ga yetgan. Uchta ravoq ko’prikning oraliq qurilmasini ushlab turgan yurish qismi tagidan bo’lgan temir osmalarda ushlab turilgan.
Ko’prik qurilishiga Rossiya katta hissa qo’shgan. Peterburgda 1809- yilda yo’l muhandislari instituti korpusiga asos solingan. O’sha davrda qurilgan ko’priklardan ko’zga ko’ringan 1850- yilda Blogoveshnsk ko’prigi, Peterburg shahrida Neva daryosi ustiga taniqli rus muhandisi (7.1.rasm) S.V.Kerbedz (1810- 1899)ning loyihasiga asosan qurilgan. Bu ko’prik 7 ta 32 m dan 48 m gacha bo’lgan 2 tavrli chugun ravoqdan panjara chugun bloklardan iborat bo’lgan. Ko’prik ochilib-yopiladigan oraliq qurilmaga ega bo’lgan, 87 yildan keyin shahar transport harakati keskin ko’payishi hisobiga buzilgan, cho’yan ravoq elementlari yaxshi saqlangan bo’lib, yana qaytadan Volga daryosiga qurilgan ko’prikka ishlatilgan.
Cho’yanning kamchiligi cho’zilishga va dinamik siqilishga yaxshi ishlamaganligi uchun ba’zi bir to’sinli cho’yan oraliq qurilmalarni shikastlanishi Buyuk Britaniyada aniqlangan. Shuning uchun cho’yan materiallarini aralash metallga almashtirishga to’g’ri kelgan. XIX asrda ko’prik qurish ishlarida tepasi chugundan pastki qismi temirdan bir-biri bilan taxtacha bilan mahkamlangan oraliq qurilmalar ishlatilgan. Keyinchalik cho’yan va metall to’sinlarni rivojlanishi mobaynida siqilgan qismi cho’yandan, cho’ziladigan qismi metallardan yasalgan fermalar paydo bo’lishiga olib keldi.





    1. rasm. Muhandis S.V.Kerbedz tomonidan Neva daryosiga qurilgan

ko’prik(1850 y)




    1. rasm. Chugun-po’lat konstuksiyali ko’prikning qisimlari(a,b):

1-chugun element; 2-po’lat element
Shu bilan birga birinchi marta bir butun devorli katta temirbeton to’sinli ko’priklarni qurishga urinib ko’rilgan. 1850- yilda Buyuk Britaniyada oraliq qurilma(7.3.rasm) uzunligi 140 va 70 m bo’lgan quvursimon temir yo’l ko’prigi “Britaniya” qurilgan. Bu ko’prik ko’ndalang kesimida tepa va past butun ko’prik uzunligi bo’yicha belbog’i bo’lib chekka qismi tik devorlardan tashkil topgan.
Quvursimon oraliq qurilmalar yaxshi samara bermaganligi uchun ular o’rnini 2 tavrli bosh to’sinlar egallay boshladi. Katta oraliqlar uchun 2 tavrli to’sinlar og’irlik qilganligi uchun ular o’rnini erkin fermalar egalladi.
Birinchi marotaba XX asr 40 yillarda metall fermalar paydo bo’la boshladi. Ular yog’och ko’priklar fermalari ko’rinishini eslatardi. Yetakchi ko’priklardan panjara fermali ko’prik 1852-1857 yillar Lugu daryosiga muhandis Kerbedz tomonidan qurilgan ko’prik 2 ta 55,3 metrli oraliq qurilmadan tashkil topgan bo’lib
2 ta temir yo’lli yurish qismi oralig’i qurilmaning tagida joylashgan. 84 yil ishlagan ko’prik Ulug’ vatan urushi davrida buzilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada katta temir yo’l va avtomobil yo’li ko’priklari qurildi. Ko’prik qurilishiga katta hissa qo’shgan muhandis va olimlar: S.V.Kerbedz (1810 - 1891), D.I.Jurovskoy (1821 - 1891) N.A.Belelyubsk (1845 -
1922), F.S.Yasinsk (1856 - 1899) L.D.Proskuryakova (1858 - 1926) va boshqalar.




    1. rasm. Britaniya ko’prigini umumiy (a) ko’rinishi va oraliq qurilmasining ko’ndalang kesimi (б) (1850y)

XIX asrning 60- yillarida Rossiyaga Moskva daryosiga qurilgan Borodino ko’prigining oraliq qurilmasi uzunligi 42,7 m, Varshavadagi Vislu daryosiga qurilgan ko’prikning oraliq qurilmalari soni 6 ta har biri 74,68 m 2 oraliqli uzluksiz fermadan iborat bo’lgan.



  1. asr oxiri XX asr boshlarida Rossiyada ko’prik qurilishi avj oldi. Bu vaqtda Volga daryosiga oraliq qurilma uzunligi 158,4m li ko’prik qurildi. To’sin tizimdagi ko’priklar qurish kamchiliklari oraliq tayanchlarni cho’kishi va harorat o’zgarishi hisobiga siljishini hisobga olindi. XIX asrning ikinchi yarmida dunyo miqyosidagi ko’prik qurilishida oraliq qurilmalarga oshiq-moshiq qo’shish haqida mulohazalar yuzaga keldi. Uzluksiz tizimlarni kengaytirishni tayanchga osish statik jihatdan aniq usuli, yangi uzlukli to’sin konsulli oraliq qurilma yaratildi.

Birinchi to’sun konsolli temir yo’l ko’prigi 1888- yilda Sulu daryosiga professor L.D.Proskuryakov loyihasiga asosan qurildi. Keyinchalik Dnepr daryosiga 1894-1908 yilda qurilgan ko’priklarning oraliq qurilmalari uzunligi 102-
190 m gacha bo’lgan. Ko’zga ko’ringan ko’priklardan Budapeshtda Dunay daryosiga 1879- qurilgan to’sin konsolli ko’prik oraliq qurilmasi 175 m bo’lgan.
Keyinchalik ikki tomoni ochiq metall fermalar bilan birga, ko’prik quruvchilari ferma kataklarini oddiylashtirishga intilib ishonchli tarmoq
birikishlari yaratildi. Yangi izlanishlar natijasida ko’prik fermalarini yaratish XIX asrning ikkinchi yarmida rus va chet el olimlari shug’ullandilar. Nazariy izlanishlar natijasida ko’plab ko’priklar parobolik, giperbolik, yarim parobolik va boshqa egri chiziqli fermalar ko’rinishidagi ko’priklar qurildi. Undan tashqari oddiy katokli fermalar, oshiq-moshiq sterjenli hisoblangan sxemaga o’xshagan fermalar ishlab chiqildi.
Ko’prik qurilishiga katta ulish qo’shgan ilmiy tadqiqot va amaliy jihatdan taniqli olim va professor N.A.Belelyubskiy tomonidan XIX asrning 70-yillarida metall ko’prik loyihasini taqdim etdildi. Yogo’ch ko’prikni temir ko’prikka almashtirish loyihasi Oktabr temir yo’l bo’limida amalga oshirildi.
1880-1890-yilda Rossiya yo’llarida oddiy yoki uchburchak fermali ko’priklar qurila boshlandi. Bu tizimdagi birinchi ko’prik professor L.D.Proskuryakov tomonidan Yenisey daryosiga 1896- yilda temir yo’l ko’prigi loyihalandi.
Fortskiy (Shotlandiya) ko’prik 1890- yilda qurilgan qurilma uzunligi 521 m (7.4.rasm) 1917- yilda Amerikada qurilgan Kvebekskiy ko’prigini oraliq qurilma uzunligi 549 metrga yetgan. Rus olimi Belelyubskiy (1848-1922) birinchi bo’lib temir ko’priklar qurilishida cho’yanni quyma temirga almashtirish loyihasini ishlab chiqdi.





    1. rasm. Fortskiy ko’prigi oraliq qurilmasining uzunligi 521 m (1890 y.)

Rossiyada ko’prik qurilish maktabi XIX asrda rivojlandi. Ko’prik qurilishining rivojiga olim va muhandislardan S.V.Kerbedz, D.I.Jurovskiy, N.A.Belelyubskiylar katta hissa qo’shgan. Jurovskiy ko’p panjarali ferma hisobini ishlab chiqdi. Belelyubskiy ikki tomonlamali ochiq fermani ishlatishni keyinchalik ko’priklarni loyihalashda ishlatilgan.
Keyinchalik yo’llarda temir to’sinli oraliq qurilmalar katta mustahkamlikka ega bo’lgan oraliq qurilmalarning uzunligi (Kanada) 548 metrli to’sinli ko’prik 1917- yilda qurilgan.Yaxshi holatlarda ravoqli ko’priklar qurilishi ularni oraliq qurilmalari uzunligi 500 m gacha yetkazildi. Oraliq qurilmasining uzunligi 550 m bo’lgan ravoqli ko’prik 2004 yilda Xitoyda qurilgan.
Rossiyada ko’prik qurilishining rivojlanishiga prof. N.S.Streletskiy tomonidan loyihalangan Eski Dnepr ravoqli ko’prikni oraliq qurilmasi 224 m bo’lgan. Ko’prik qurilishi rivoji uchun hissa qo’shgan A.Ilyasevich, V.M.Vaxurkin, G.K.Yevgerafov, E.E.Gibshman, P.Ya.Kalmikov va boshqalar bo’lgan.
Oxirgi yillarda Rossiyada va butun dunyoda qutisimon quyma oraliq qurilma va vaqtli ko’priklar qurib oraliq qurilmani uzunligini juda katta masofalarga yetkazildi. Va daryo bo’g’ozlari kop suvli daryolar ustiga ko’priklar qurildi. Italiya va Sitsiliyada oraliq qurilmasi 3300 m li osma koprik qurilgan.

  1. asrning oxirida Yaponiyada eng uzun oraliq qurilmaga yani 1990 m li ko’prikning umumiy uzunligi 3910 m li ikkita orolni bog’lab turuvchi osma ko’prik qurilgan 2000- yilda Rossiyaning Surgut shahrida 1 dev ustunli vantli ko’prik qurilgan. Bir tomoni ko’tarmada turadigan 408 m li oraliq qurilmaga ega bikir to’sinli uzunligi 588 m bo’lgan ko’prik qurilgan.



Metall ko’prik materiallari

Ko’priklarda qo’llaniladigan po’latlar juda qattiq puxta, pishiq bo’lishi, ilashimli va egiluvchan, va bu bilan birga payvandlash talablariga mos bo’lishi kerak. Bu talablarga kam uglerodli va kam ligerlangan po’latlar javob beradi. Kam uglerodli po’latlarda uglerod miqdori 0,1 dan 0,3 gacha bo’ladi. Ugleroddan
tashqari po’latlar tarkibida ularni mustahkamligini oshirish uchun Marganes(G), Kremniy(C), Nikel(N), Xrom(X), Med(M), Molibden(M), Vanadiy(V), Titan(T) va boshqalar qo’shiladi.
Hozirgi vaqtda ko’prik qurilishi uchun quyidagi markasi 16D kam uglerodli va past ligerlangan 15XSND, 10XSND, 15G2AFDps, 14G2AFD markali po’latlar ishlatiladi.
Yozuvda ko’rsatilgan boshidagi 2 ta son uglerodning miqdorini yuzdan bir foizi qolgan harflar va sonlar po’latni ligerlashda qo’llanilgan elementlarni bildiradi. Agar harflardan so’ng son qo’yilmagan bo’lsa ularning miqdori 1 % dan oshmasligini anglatadi. Agar harflardan keyin 1 va 2 sonlari qo’yilgan bo’lsa demak o’sha elementning miqdori 1-2 % ligini bildiradi.
Qurilish metallari o’zining mustahkamlik ko’rsatkichlariga ko’ra quyidagi sinflarga bo’linadi. Sinfni C harfi va kasr chizig’i bilan belgilanib, mahraji mustahkamlik chegarasini ko’rsatadi,кгс/мм2, surati esa-fizik yoki shartli oquvchanlik chegarasini ko’rsatadi o’sha birlikdagi. Po’latning me’yoriy qarshiligi uchun uning fizik yoki shartli oquvchanlik chegarasi qabul qilinadi. Shartli oquvchanlik chegarasi uchun 0,2% uzaytirilgan qoldiqqa mos metall namunasi qabul qilinadi. Shartli oquvchanlik chegarasini po’latlar uchun, oquvchanlik yuzasini ifodalovchisi bo’lmagan cho’zilish diagrammasi bilan aniqlanadi.
Metall ko’prik qurilayotgan joyning iqlim sharoiti po’lat markasi va materialini tanlashda muhim rol o’ynaydi. Agar qurilayotgan joydagi eng kichik harorat -400Cdan past bo’lsa, unda metallga sovuqqa chidamlilik bo’yicha maxsus talablar qo’yilmaydi (0 toifasi). O’ta past haroratlarda -40 yoki -500Cda material o’rnatilgan me’yoriy sovuqbardoshlikka ega bo’lishi kerak (1,2 yoki 3-toifa) va bir qancha qo’shimcha talablarga javob berishi kerak.
Metall ko’priklar elementlarini tayyorlash uchun asosan standart sortimentdagi metall prokat xizmat qiladi. Po’lat taxtacha ko’prik konstruksiyalarini tayyorlashda metall turining asosiysi bo’lib xizmat qiladi. U qalin taxtachali va universal (kengtasmali ) po’lat ko’rinishida chiqariladi. Metall taxtacha ikkita rolik orasidadan o’tkaziladi shuning uchun uning chekkalari notekis
va qirqishni talab qiladi. Universal staloprokat to’rtta rolik orasidan o’tkaziladi shuning uchun uning chekkalari tekis bo’ladi va qirqishni talab qilmaydi. Burchakli stal bir xil tomonli (teng tomonli burchak) yoki har xil (teng tomonli bo’lmagan) kenglikka ega bo’lgan. Ikki tavrli to’sinlar quyidagicha farqlanadi: oddiy baland devorli va qisqa yonlari bilan va kengyonli qo’shtavrlar, ko’ndalang katta bikirlikka ega bo’lgan. Tog’arasimon shaklga ega bo’lgan shveler metallar zamonaviy ko’priklarda kichik hajmda qo’llaniladi. Bu shaklli metallardan tashqari ko’priklarda boshqa turlari ham – issiq o’qlangan metall quvurlar rifellangan po’latlar (qovurg’asimon yuzali), to’lqinsimon po’latlatlar va boshqalar ishlatiladi. Osma va bantli ko’priklar uchun metall o’rilgan similar va parallel similar to’plamlari qo’llaniladi.
Metallarning eng katta kamchiligi – korroziya (ob-havo ta’siridagi yemirilishi), bu korroziyani yo’qotish uchun bo’yashga ketadigan chiqimlarni talab qiladi. Lekin hozirgi vaqtda mis qo’shilgan po’latlar («korten» turdagi po’lat), korroziyadan himoyalashni talab qilmaydigan. Nam va boshqa ta’sirlardan bu metallarning yuzasida okislanishning yupqa qatlami hosil bo’ladi va keyinchalik u metallni korroziyadan asraydi.
Download 210,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish