Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
ittifoqlari bo‘lgan. Naqib, ya’ni uyushma boshlig‘ini o‘zlariga mudarrislar saylardilar. 
Faqat uyushma a’zolari o‘rtasida ixtilof kelib chiqqandagina, bu ishga sulton aralashardi. 
Abu Shoma o‘zlarining «Ar-Ravzatayn» kitoblarida Muqallad Ad-Davla’iydan quyidagini 
rivoyat qiladilar: «Hofiz al-Murodiy vafot etganlarida, fuqaholar jamoasi ikkiga: arab va 
kurdlarga bo‘lingandi. Ichimizda mazhabga moyil kishilar shayx Sharofiddin ibn Abu 
Asrunni chaqirishni xohlagan bo‘lsa, nazar va xilof ilmiga moyil bo‘lganlar Al-Qutub an-
Nisoburiyni chaqirmoqchi edilar. Shu sabab bo‘lib, fuqaholar o‘rtasida fitna chiqdi. Sulton 
Nuriddin bundan xabar topib, fuqaholar jamoasini huzuriga chorladi. Ular kelishganda, 
Sultondan noib bo‘lib Majiduddin ibn Ad-Doya shunday dedi: «Madrasalarni bino 
qilishdan biz faqat ilmni yoyish va bid’atni yo‘q qilishni ko‘zlaganmiz. O’rtangizda bo‘lib 
o‘tgan hodisalar yaxshi ham emas, sizlarga yarashmaydi ham. Mavlomiz (ya’ni, 
Nuriddin): «Ikki toifaga ham rozimiz va ikki shayxni ham chaqiramiz», dedilar. Shundan 
so‘ng ikki shayx ham chaqirildi. Shamsiddin o‘zining nomidagi madrasaga bosh bo‘lgan 
bo‘lsa, Qutbiddinni An-Nafariy madrasasiga rais tayin etildi».
Shunday madrasalar, xususan, oliy ma’hadlar Islom olami shaharlarining u chetidan 
bu chetigacha to‘lib ketgandi. Tarix turli shaharlarda madrasalar insho etilishida asosiy 
rolni musulmon amirlari o‘ynaganliklarini hayratga tushib so‘zlaydi. Masalan, ulardan biri 
Salohiddin al-Ayyubiy qo‘l ostidagi Misr, Damashq, Musil, Baytul Muqaddas kabi 
shaharlarning barchasida madrasalar qurdirgan. Yana bir amir Nuriddin ash-Shahid esa 
bitta Suriyaning o‘zida o‘n to‘rtta ma’had barpo etgan. Ularning oltitasi Damashqda, 
to‘rttasi Halabda, ikkitasi Hamohda, yana ikkitasi Humsda va bittasi Ba’labakkada 
bo‘lgan. Buyuk saljuqiy vazir Nizomulmulk Iroq va Xuroson mamlakatlarini madrasalar 
bilan to‘ldirib yuborgan. Hatto, Iroq bilan Xurosonning har bir shahrida bittadan madrasa 
qurilgani zikr qilinadi. Madrasalar, hatto, uzoq, chekka yerlarda ham barpo etildi. 
Masalan, Ibn Amr jazirasida ulkan va go‘zal madrasa qurilgandi. Qaysi bir shaharda 
ko‘zga ko‘ringan va chuqur ilmli olim bo‘lsa, unga madrasa qurib berilar, vaqf ajratilar va 
kutubxona taqdim etilardi. 
Bag‘doddagi Nizomiyya madrasasi shunday madrasalarning eng muhimi bo‘lib, unda 
beshinchi va to‘qqizinchi asrlar oralig‘idagi eng mashhur ulamolar dars berishgan. Unda 
olti ming atrofida talaba ta’lim olardi. Bu madrasa mamlakat ulug‘ kishilarining o‘g‘lidan 
tortib, eng kambag‘al kosibining farzandigacha bag‘riga olgan bo‘lib, hammalari bepul 
o‘qishardi. Kambag‘al tolib bundan tashqari o‘zi uchun xoslangan vaqf foydasidan 
ma’lum miqdor maosh ham olgan.
Mazkur sulton va amirlar qatori boy va tojirlar ham madrasalar qurish va ularga 
vaqflar ajratish borasida musobaqalashishardiki, bu hol ushbu madrasalarning 
bardavomligi va unga talabalarning iqbol etishiga bois bo‘lardi. Juda ko‘pchilik o‘z 
uylarini madrasa qilib qo‘yishar va undagi kitoblar hamda yondosh binolarni tolibi 
ilmlarga vaqf etib ajratishgandi. Shu sababdan madrasalar, xususan Mashriqda lol 
qoladigan darajada ko‘paygandi. Hatto andalusiy sayyoh Ibn Jubayr Mashriqdagi 
madrasalarning va ular vaqfidagi g‘allaning ko‘pligidan hayratlanib, mag‘ribliklarni 
Mashriqqa borib ilm olishga da’vat qilgandi. U, jumladan, shunday deydi: 
«Mashriqning 
barcha shaharlarida, xususan, Damashqda tolibi ilmlar uchun vaqflar juda ko‘p. 
Mag‘ribimiz farzandlaridan kimda-kim najot istasa, ushbu mamlakatlarga borsin. Talabi 
ilmga yordam beradigan juda ko‘p ishlarni, avvalo maishat xususida xotirjamlikni 
ulardan topadi».


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish