www.ziyouz.com
kutubxonasi
47
posbonlar uchun xos makonlar qurilgandi. U yerlarda Alloh uchun qo‘riqchilik
qiladiganlarga maxsus muassasalar bor ediki, posbonlar bu yerda qurol-yarog‘, zaxira,
yemish va ichimliklar kabi o‘zlariga kerakli barcha narsani topishardi. Abbosiylar davrida
Rumning hujumlarini to‘sishda, salb urushlaridagi g‘arbliklarning Shom va Misr
mamlakatlariga yurishlarini qaytarishda bunday muassasalarning ta’siri katta bo‘lgan.
Bundan tashqari otlar, qilichlar, kamonlar va Alloh azza va jalla yo‘lida urushadigan
jangchiga kerakli qurol-yarog‘lar barchasi vaqf qilib qo‘yilgandi. Bu vaqflar esa Islom
mamlakatlarida harbiy sanoat rivojlanishida va ulkan sanoat korxonalari qurilishida
chuqur iz qoldirgan. Hatto, g‘arbliklar salb urushlaridagi vaqtinchalik sulh kunlarida
qurol-yarog‘ sotib olish uchun shu diyorlarga kelishardi. Holat qanchalik o‘zgarganiga
qarang. Hozir musulmonlar qurol-yarog‘ masalasida g‘arbliklarga qaram bo‘lib qolgan.
Ular esa qurol-yarog‘ni hurmat va istiqlolga barham beradigan shartlar bilan sotishadi.
Yana xususiy vaqflar ham bo‘lganki, ulardan bo‘lgan kirimlar davlat ojiz bo‘lib
qolganda muhorib qo‘shinga sarf qilinardi.
Ijtimoiy muassasalardan biri – yo‘llar, to‘g‘onlar va ko‘priklarni isloh etish uchun
tuzilgan vaqflardir. Vaqflardan yana shundayi bor ediki, kishi kattagina yerini hammani
ko‘mish mumkin bo‘lgan umum qabristoni uchun atab qo‘yardi. Yana vafot etgan
kambag‘allarni kafanlash, ko‘mishga hozirlash va dafn etish uchun ham alohida vaqflar
bor edi.
Ijtimoiy birdamlikni yuzaga keltirish uchun tuzilgan xayriya muassasalari eng
hayratlanarli muassasalardan edi. Bu yo‘nalishda tashlandiq bolalarni, yetimlarni xatna
va tarbiya qilish uchun kafil muassasalardan tortib, nogiron, ko‘r va mayiblar rioyasi
uchun tashkil etilgan g‘aribxonalargacha topish mumkin edi. Bu muassasalarda ularga
kerakli bo‘lgan hamma narsa, hurmat-e’tibordan tortib oziq-ovqat, kiyim-kechak,
ta’limgacha mavjud bo‘lgan.
Yana mahbuslarning ahvolini yaxshilash, yashash sharoitlarini o‘nglash va
salomatliklarini saqlash, kerakli yeguliklar bilan ta’minlash uchun ham muassasalar
mavjud bo‘lgan. Ko‘r va nogironlarni yetaklab, xizmatini qiladiganlarga madad ko‘rsatish
uchun alohida muassasalar bor edi.
O’zining yoki valiylarining qo‘li kaltalik qilib, uylanish va mahr berish xarajatlarini
ko‘tarolmaydigan bo‘ydoq yigit va qizlarning sarfiyotini bo‘yniga olib, nikoh
marosimlarini o‘tkazib beradigan alohida muassasalar ham bo‘lgan. Bu – mehribonlik va
rahm-shafqatning go‘zal ko‘rinishlaridan bo‘lib, bunday munosabatga bugun yanada
muhtojmiz!
Shuningdek, onalarga sut va shakar bilan yordam beradigan muassasalar bo‘lganki,
ular hozirda mavjud sut berish nuqtalaridan xolis Alloh azza va jalla yo‘lida yaxshilik
qilishi bilan ajrab turgan. Salohiddinning qilgan ezgu ishlaridan biri – Damashqdagi qal’a
eshiklaridan birida (bu eshiklar hozir ham bor!) sut oqadigan nov qilib qo‘ygan. Boshqa
bir tarnovda esa shakarli suv oqqan. Onalar bu yerga haftada ikki bor kelib, go‘daklariga
kerakli sut va shakarli suvni olib ketganlar...
Xayriya muassasalarining eng g‘aroyibi uylariga olib ketayotgan qatiqlarini qo‘llaridan
tushirib, idishini sindirib qo‘ygan bolalar uchun ochilgan qatiq vaqflaridir. Bolalar ushbu
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |