Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc


bermaguningizcha, hargiz yaxshilikka



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

bermaguningizcha, hargiz yaxshilikka
(jannatga) 
yetmagaysiz»
qavli (Oli Imron 
surasi, 92-oyat) nozil bo‘lganda, Abu Talha al-Ansoriy: «Ey Rasululloh, o‘zimga eng 
mahbub molim – Bayrho (suvi shirin bir quduq)dir. U Alloh uchun sadaqadir. Uning 
yaxshiligini, ko‘lamini Alloh taboraka va taolo huzurida umid qilaman. Ey Rasululloh, uni 
Alloh sizga ko‘rsatgan shaklda tasarruf eting», dedilar. Shunda Payg‘ambar (a.s.):
 
«Balli, barakalla! Bu serdaromad mol ekan, foydali mol ekan. Aslini olib qolib
foydasini ehson qil»,
dedilar.
Mana shu sadaqa Islomdagi ilk vaqf edi. Shundan vaqf paydo bo‘ldi. Barcha ijtimoiy 
muassasalar o‘zining go‘zal insoniy risolatini ado etishda yordam beradigan moliyaviy 
manbalarini ana shu vaqflar hisobiga to‘ldirardilar. Islom hazorasi tarixida barpo bo‘lgan 
barcha xayriya muassasalarining asosini tashkil qilgan ham vaqf edi. Bu to‘g‘rida 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
ummatiga ilk namuna ko‘rsatgan ham Rasululloh (s.a.v.) edilar. U zot ayrim jangchilar 
vafot etar chog‘larida tasarrufini Rasulullohning ixtiyorlarida bo‘lishini vasiyat qilgan 
yettita bo‘stonni vaqf qilib qo‘ydilar. Ularni Rasululloh faqir, miskinlarga, hojatmandlarga 
atab vaqf qildilar. So‘ng bundan keyin Umar ibn Xattob (r.a.) Haybardagi yerlarini vaqf 
qildilar. U kishiga sahobalar ergashdilar. Va Abu Bakr, Usmon, Ali, Zubayr, Muoz va 
boshqalar ham vaqf qildilar. Hatto, molining ma’lum bir qismini vaqf qilmagan sahobiy 
qolmadi. Bu insoniy ish Umarning xalifalik davrlarida yana bir bor yangilandi. U zot xalifa 
ekanliklarida Alloh yo‘liga bir yerni vaqf qildilar va muhojir hamda ansorlardan bir 
nechasini chorlab, ularni bu ishlariga guvoh qildilar. Jobir ibn Abdulloh aytadilar: 
«Muhojir va ansorlardan Rasulullohning (s.a.v.) qodir bo‘lgan har bir ashoblari molidan 
bir qismini sotib olinmaydigan, meros qilinmaydigan va hadya etilmaydigan qilib vaqf 
etib qo‘ydi». 
So‘ng musulmonlar bu ishni avloddan-avlodga davom ettirdilar. Yerlar, bog‘-rog‘lar, 
hovlilar va hosillarni vaqf etib qo‘ydilarki, bundan islomiy jamiyat sanab, adog‘iga yetish 
qiyin bo‘lgan darajada muassasalarga to‘lib-toshdi. 
Bu muassasalar ikkiga bo‘lindi. Ularning bir qismini davlat tashkil qilib, uning uchun 
ulkan vaqflarni ajratib qo‘ygan. Boshqa bir qismini esa amir, sarkarda, boy va erkag-u 
ayol, yakka shaxslar tashkil etgan. Bu o‘rinda barcha xayriya muassasalarining turlarini 
sanashga imkon yo‘q. Lekin ularning muhim va asosiylarga ko‘z tashlab o‘tish lozim. 
Xayriya muassasalarining birinchilari masjidlar bo‘lib, odamlar Allohning roziligini 
istab, ularni qurishda musobaqalashardilar. Podshohlar ham o‘zlari asos solgan 
masjidlarning katta va ulug‘vorligi borasida kim o‘zarga bahslashishardi. Bu o‘rinda Valid 
ibn Abdumalikning Umaviy jomesini qurishga sarflagan ulkan mablag‘ini zikr qilish 
kifoyadir. Bu jomeni qurishga sarflangan molning, ishlatilgan odamlarning ko‘pligiga aql 
bovar qilmaydi. 
Xayriya muassasalarining muhimlaridan yana biri madrasa va shifoxonalar bo‘lib, 
ularga alohida to‘xtalamiz, inshaalloh. 
Xayriya muassasalari orasida musofir hamda boshqa muhtoj kishilarga qo‘nalg‘a va 
mehmonxonalar ham mavjud bo‘lgan. Yana Allohning ibodatida odamlardan uzlat etish 
uchun takya va ibodatxonalar bo‘lgan. Shuningdek, uy sotib yoki ijara olishga kuchi 
yetmagan kishilarga maxsus uylar qurilgan, umumning yo‘liga suvlar oqizib qo‘yiladigan 
ariqlar barpo qilingan. Non, go‘sht, sho‘rva va halvo kabi yeguliklar ulashiladigan 
oshxonalar bo‘lgan. Yaqin vaqtlargacha Sulton Salim takyasi, Damashqdagi shayx 
Muhiddin takyasi kabi xayriya muassasalari mavjud edi.
Yana shunday muassasalardan biri Makkada hojilar qo‘nim topadigan uylar bo‘lganki, 
bunday uylar juda ham ko‘payib, Makkaning hamma yerini qamrab olgan. Ayrim 
fuqaholar Makka uylarini ijaraga berish botilligiga fatvo qilishgan. Chunki ularning 
barchasi vaqf qilib qo‘yilgan edi. Yana cho‘l-sahrolarda quduqlar qazib qo‘yilgandiki, 
ulardan hayvonlar, ekinlar va musofirlar suv ichishardi. Bunday quduqlar Bag‘dod bilan 
Makka o‘rtasida, Damashq bilan Madina o‘rtasida va boshqa katta musulmon shaharlari 
o‘rtasida juda ko‘p edi. O’sha paytda biror musofir tashnalik xatariga yo‘liqmasdi. 
Shuningdek, mamlakatga tashqi hujum xavfini bartaraf etish uchun chegaralarda 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish