www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
uni kechiktirib turishlarini so‘ragan. Zero, ularning ichida emizikli, xasta va keksalari bor.
Agar kechiktirilgan fursat keladigan bo‘lsa, mahkama oldida javob berishga ular o‘zlarida
kuch topadilar. Mahkama muhokamani muayyan bir vaqtgacha kechiktirib turishga rozi
bo‘lgan. Lekin sichqonlar yana kelmaydi. Himoyachi advokat mahkamaga yana shunday
bahona qildi: «Sichqonlar, albatta, sizning viqorli amrlaringizga itoat qiladi va
huzuringizga kelishni xohlaydilar. Lekin, ey qozi hazratlari, ular bu yerga keladigan
bo‘lsalar, mushuklar tomonidan yetadigan ozordan qo‘rqyaptilar». Bunga mahkama
raisi: «Ularning hayotlarini muttahamlardan himoya qilish bizning burchimiz», deya
javob qaytardi. Shundan keyin advokat sichqonlar karvoni ko‘chalardan o‘tishidan oldin,
hayotlari ta’min etilganiga ishonch hosil qilishlari uchun mahkamadan shahar
mushuklarining hammasini qamab turishga amr etishini so‘radi. Mahkama bu talabga
ham adolat yuzasidan rozi bo‘ldi va sichqonlarning mahkama zaliga kelish asnosida
xotirjamligini ta’min etish uchun it va mushuklarning ko‘chada yurishini ma’n etadigan
farmoyish chiqardi. Lekin shaharcha aholisi bu farmoyishni bajarishdan bosh tortdi.
Shundan keyin mahkama sichqonlarni oqlab hukm chiqarishga majbur bo‘ldi. Negaki,
sichqonlar qonuniy himoya vositalaridan mahrum bo‘lgandi-da!.. Bu ish sababidan
advokatning shuhrati atrofga taraldi. U sichqonlardan o‘ziga muxlis, izdosh orttirdimi-
yo‘qmi, bilmaymiz. Balki tobe’lari bo‘lmish sichqonlar uning kitob va qog‘ozlarini
kemirmaslikka va’da qilishgandir...
O’rta asrda hayvonlarga nisbatan olib borilgan mahkama ishlarining g‘aroyiblaridan
yana biri tuxum qilgan xo‘roz mahkamasi bo‘lgan. 1474 yil Shveytsariyaning Bali
shahrida bir xo‘rozga qarshi tuxum qilganlik ayblovi mahkamaga oshirildi. Bu ish o‘sha
paytda ovro‘paliklar urfida juda qabih jinoyat sanalardi. Chunki ularga ma’lum
bo‘lishicha, sehrgarlar o‘zlarining shaytoniy maqsadlarida ishlatish uchun xo‘roz tuxumini
izlab yurishardi. Shunday qilib, xo‘roz mahkamaga topshirildi. Advokat uni: «Uning bu
ishga aloqasi bo‘lmagan, qanday qilib, xo‘roz voqeaga mas’ul bo‘lsin?» deya himoya
qildi. Lekin mahkama advokatning himoyadagi fikrini inobatga olmadi. Balki xo‘rozni
o‘limga xukm qildi va o‘z hukmini: «Bundan boshqa xo‘rozlarga ham ibrat bo‘lsin!» deya
izohladi.
1495 yili Fransada boshqa masala ham ko‘rib chiqildi. Bu ham eng g‘aroyib hayvonlar
muhokamasi sirasiga kiradi. San-Goleon viloyati polizlarining egalari qurtlar ekinlariga
talofat yetkazayotgani, daraxtlari, sanoatlari va tijoratlariga zarar berayotgani haqida
da’vo ko‘tarib chiqishdi. Bu qurtlarning himoyasini qonun kishilaridan ikki kishi olib
bordi. Jarayon qirq yil davom etib, poliz egalari charchashdi va qurtlar xohlaganlaricha
ekin va mevalarni yeyishlari uchun o‘zlariga alohida bir bo‘lak yer ajratib berishga
kelishishdi!
Mana shu g‘alati solishtiruvdan keyin Islom hazorasi bilan boshqa millatlarning
hayvonlarga munosabati o‘rtasidagi farq ma’lum bo‘ladi. Demak, Islomiy hazora qadim
millatlar va hozirgi ayrim elatlardan misli yo‘q ikki ish bilan ajralib turadi: Birinchisi –
hayvonni parvarishlash, davolash va kuchsizlik, xastalik va keksalikda maishatini ta’min
etish uchun ijtimoiy muassasalar barpo qilish. Ikkinchisi – hayvonlarning
muhokamasidan xoli bo‘lish. Chunki u yangi hazoradan o‘n uch asr oldin hayvonlardan
jinoiy mas’uliyatni soqit qilishga chaqirgan. Shuningdek, islomiy hazora hayvonlar
o‘rtasidagi shafqatsizlik va urushish uchun olkishlash ko‘rinishlaridan ham xoli. Bu
ko‘rinishlar Yunon va Rumda rasman e’tirof etilgandi. Ispaniyada ho‘kizlar olishuvi uchun
katta tantanalar uyushtirilib, bu janglar haligacha tan olinib kelinmoqda. Bu shubhasiz,
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |