«Undagi
narsani olib qo‘yib, o‘zini holi qo‘yinglar, chunki u mal’undir»,
dedilar. Tuyadan
ustidagi narsalar olindi va unga hech kim tegmay, odamlar orasida yurib ketdi.
Umar (r.a.) qo‘yini so‘yish uchun oyog‘idan sudrab ketayotgan kishining oldidan o‘tib
unga: «Holingga voy, uni o‘limga chiroyli olib borgin», dedilar.
Islom hazorasida hayvonga mehribonlik, davlat va ijtimoiy muassasalar tomonidan
unga bo‘lgan e’tibor ko‘rinishlari mana shunday edi. Xalifalar hayvonlarga mehribonlik
qilish, ularga ozor va zarar bermaslik haqidagi tavsiyalarini xalqqa e’lon qilishardi. Umar
ibn Abdulaziz voliylariga yozgan xatlaridan birida odamlarni bekordan-bekorga otlarini
choptirishlikdan ma’n etganlar. Yo‘l ishlari mas’uliga esa, kishilarga ulovlarini og‘ir
yuganlar bilan yuganlashga yoki uchi temirli qamchi bilan haydashga ruxsat bermaslikka
buyurib xat yozganlar.
Muhtasib (ba’zi tomonlari zamonamizdagi mirshablikka o‘xshab ketadigan vazifa)ning
burchlaridan biri odamlarni ulovga toqatidan ortiq narsa yuklamoqdan, yurish asnosida
urish va azoblashdan ma’n etish bo‘lgan. Kim ulov egasining ushbu ishlarni qilayotganini
ko‘rsa, unga odob bergan va jazolagan. «Foydasi borligi uchun muhtasib ularni shunga
majburlaydi. Ulov egalari ulovlariga toqatidan ortiq narsani yuklamaydilar. Og‘ir yuk
yuklagan holda tez yurishga zo‘rlamaydilar. Ularni qattiq qamchilamaydilar. Ustida yuk
bo‘lgani holda ularni umumiy maydonlarda to‘xtatmaydilar. Chunki bu ishlarning baridan
pok shariat qaytargandir. Hayvonning yeyish, ichishi to‘g‘risida egasi doim Alloh azza va
jallaning nazorat qilib turganini his etishi lozim. Ulovning yemishi oz va sifatsiz emas,
balki to‘yadigan darajada yetarli bo‘lishi kerak».
Ijtimoiy muassasalarga kelsak, ulardan hayvonlar uchun katta foydalar bo‘lgan.
Qadimiy vaqflar ro‘yxatida xasta hayvonlarni davolash, qari, ojiz hayvonlarning rioyasini
qilish uchun maxsus vaqflar ajratilganini ko‘ramiz. Bu so‘zimizga misol qilib, Marajul-
axzar yerini olib ko‘rishimiz mumkin. (Hozir bu yerda Damashq shahar o‘yingohi barpo
qilingan.) Foydasi yo‘qligidan xo‘jayinlari boqishdan bosh tortgan kuchsiz otlar uchun bu
yer vaqf qilingan. Ular bunda ajallari bilan o‘lgunlaricha boqilardi. Damashq vaqflaridan
yana biri mushuklar uchun bo‘lib, ular bu vaqf yerda ovqatlanishar, parvarish ko‘rishar
va uxlashardi. Hatto, ular uchun ajratilgan bir hovlida har kun to‘yib ovqatlanib, sayrdan
bo‘lak harakat qilmagan yuzlarcha mushuk yashardi.
Bularning barchasi hayvonlarga rahmdillik borasida tengi yo‘q darajaga yetgan
xalqning ruhiyatini ravshan ko‘rsatadi. Islomiy hazora soyasidagi ruhiyatni tasdiqlovchi
eng yorqin misollardan biri sifatida ulug‘ sahobiy Abu Dardoning holatlariga boqing. Bu
zotning tuyalari bo‘lardi. Tuyaning vafot paytida: «Ey tuya, Rabbingga mendan da’vo
qilma, chunki men senga toqatingdan ortiq narsa yuklamaganman», degandi.
Adiy ibn Hotamdek sahoba chumolilarga nonni maydalab bera turib: «Albatta, ular
bizning qo‘shnilarimiz, bizning ustimizda ularning haqlari bor», derdi.
Ulug‘ imom Abu Ishoq ash-Sheroziy hamrohlari bilan yo‘lda ketayotgandilar. Shunda
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |