Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com
kutubxonasi
46
ummatiga ilk namuna ko‘rsatgan ham Rasululloh (s.a.v.) edilar. U zot ayrim jangchilar
vafot etar chog‘larida tasarrufini Rasulullohning ixtiyorlarida bo‘lishini
vasiyat qilgan
yettita bo‘stonni vaqf qilib qo‘ydilar. Ularni Rasululloh faqir, miskinlarga, hojatmandlarga
atab vaqf qildilar. So‘ng bundan keyin Umar ibn Xattob (r.a.) Haybardagi yerlarini vaqf
qildilar. U kishiga sahobalar ergashdilar. Va
Abu Bakr, Usmon, Ali, Zubayr, Muoz va
boshqalar ham vaqf qildilar. Hatto, molining ma’lum bir qismini vaqf qilmagan sahobiy
qolmadi. Bu insoniy ish Umarning xalifalik davrlarida yana bir bor yangilandi. U zot xalifa
ekanliklarida Alloh yo‘liga bir yerni vaqf qildilar va muhojir hamda ansorlardan bir
nechasini chorlab, ularni bu ishlariga guvoh qildilar. Jobir ibn Abdulloh aytadilar:
«Muhojir va ansorlardan Rasulullohning (s.a.v.) qodir bo‘lgan
har bir ashoblari molidan
bir qismini sotib olinmaydigan, meros qilinmaydigan va hadya etilmaydigan qilib vaqf
etib qo‘ydi».
So‘ng musulmonlar bu ishni avloddan-avlodga davom ettirdilar. Yerlar, bog‘-rog‘lar,
hovlilar va hosillarni vaqf etib qo‘ydilarki, bundan islomiy jamiyat sanab, adog‘iga yetish
qiyin bo‘lgan darajada muassasalarga to‘lib-toshdi.
Bu muassasalar ikkiga bo‘lindi. Ularning bir
qismini davlat tashkil qilib, uning uchun
ulkan vaqflarni ajratib qo‘ygan. Boshqa bir qismini esa amir, sarkarda, boy va erkag-u
ayol, yakka shaxslar tashkil etgan. Bu o‘rinda barcha xayriya
muassasalarining turlarini
sanashga imkon yo‘q. Lekin ularning muhim va asosiylarga ko‘z tashlab o‘tish lozim.
Xayriya muassasalarining birinchilari masjidlar bo‘lib, odamlar Allohning roziligini
istab, ularni qurishda musobaqalashardilar. Podshohlar ham o‘zlari asos solgan
masjidlarning katta va ulug‘vorligi borasida kim o‘zarga bahslashishardi. Bu o‘rinda Valid
ibn Abdumalikning Umaviy jomesini qurishga sarflagan ulkan mablag‘ini zikr qilish
kifoyadir. Bu jomeni
qurishga sarflangan molning, ishlatilgan odamlarning ko‘pligiga aql
bovar qilmaydi.
Xayriya muassasalarining muhimlaridan yana biri madrasa va shifoxonalar bo‘lib,
ularga alohida to‘xtalamiz, inshaalloh.
Xayriya muassasalari orasida musofir hamda boshqa muhtoj kishilarga qo‘nalg‘a va
mehmonxonalar ham mavjud bo‘lgan. Yana Allohning ibodatida odamlardan uzlat etish
uchun takya va ibodatxonalar bo‘lgan. Shuningdek, uy sotib yoki ijara olishga kuchi
yetmagan kishilarga maxsus uylar qurilgan, umumning yo‘liga suvlar oqizib qo‘yiladigan
ariqlar barpo qilingan. Non, go‘sht, sho‘rva va halvo kabi yeguliklar ulashiladigan
oshxonalar bo‘lgan. Yaqin vaqtlargacha Sulton
Salim takyasi, Damashqdagi shayx
Muhiddin takyasi kabi xayriya muassasalari mavjud edi.
Yana shunday muassasalardan biri Makkada hojilar qo‘nim topadigan uylar bo‘lganki,
bunday uylar juda ham ko‘payib, Makkaning hamma yerini qamrab olgan. Ayrim
fuqaholar Makka uylarini ijaraga berish botilligiga fatvo qilishgan. Chunki ularning
barchasi vaqf qilib qo‘yilgan edi. Yana cho‘l-sahrolarda quduqlar qazib qo‘yilgandiki,
ulardan hayvonlar, ekinlar va musofirlar suv ichishardi. Bunday quduqlar Bag‘dod
bilan
Makka o‘rtasida, Damashq bilan Madina o‘rtasida va boshqa katta musulmon shaharlari
o‘rtasida juda ko‘p edi. O’sha paytda biror musofir tashnalik xatariga yo‘liqmasdi.
Shuningdek, mamlakatga tashqi hujum xavfini bartaraf etish uchun chegaralarda