Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
55
Faqat bir-biridan alohida ikki qism: erkaklar va ayollar bo‘limiga ajratilgandi. Har 
bo‘limda bir necha zal bo‘lib, har birida kasallikning alohida turi ko‘rilardi. Masalan, ichki 
kasalliklarga alohida, ko‘zga, jarohatga, singan-chiqqanga, aqliy kasalliklarga alohida 
xonalar ajratilgandi. Yana ichki kasalliklar bo‘limi ham bir necha xonalarga bo‘lingandi. 
Masalan, isitma-bezgakka bir xona, ichburug‘ga bir xona va hokazo. Har bir qismning 
tabiblari va boshlig‘i bo‘lardi. Masalan, ichki kasalliklar boshlig‘i, jarrohlar boshlig‘i, ko‘z 
kasalliklari boshlig‘i kabi. Hamma bo‘limning «so’ur» deb nomlangan umumiy boshlig‘i 
bo‘lardi. Bu shifoxona tabiblari raisining laqabidir. 
Tabiblar shifoxonada navbat bilan ishlardilar. Har bir tabibga muayyan vaqt 
tayinlangan bo‘lib, tabib ana shu vaqtda kasallarni ko‘radigan xonasida hozir turishi 
kerak edi. Har bir kasalxonada erkak va ayollardan farroshlar, hamshira va yordamchilar 
bo‘lardi. Ularga yetarli miqdorda maosh belgilangandi. Yana hamma shifoxonalarda 
«sharobxona» deb nomlangan dorixonalar bo‘lardi. Ularda turli ichimliklar, nafis 
ma’junlar, totli murabbolar, xilma-xil dori-darmonlar, boshqa yerda topilmaydigan 
qimmat atirlar mavjud edi. Yana ularda jarrohlik asboblari, shisha idishlar, sut 
mahsulotlari va faqat podshohlarning xazinalaridan topiladigan boshqa narsalar ham 
bo‘lardi. 
Shifoxonalarning o‘zida tibbiy ma’hadlar (institutlar) joylashgandi. Har bir shifoxonada 
muhozaralar qilish uchun katta ayvon bo‘lar, unda katta tabib (bosh vrach) bilan birga 
tabib va talabalar dars o‘tkazishardi. Yonlarida turli asbob va kitoblar bo‘lardi. Kasallarni 
tekshirib, muolajalarini qilib bo‘lgandan keyin shogirdlar muallimlarining huzuriga kelib, 
ustoz va shogird o‘rtasida tibbiy mubohasa va munoqashalar boshlanardi. Kitoblar 
o‘qilardi. Ko‘pincha talabalarga amaliy dars kasallarning huzurida o‘tkazilardi. Hozirgi 
kunda shifoxonalar yonida joylashgan tibbiyot kulliyalarida shunga o‘xshash holat 
bo‘lyapti. Damashqdagi Bemoristoni-Nuriyda ta’lim olgan Ibn Abu Usayba’a shunday 
deydi: «
Hakim Muhazzabiddin va hakim Imron Bemoristondagi kasallar muolajasidan 
forig‘ bo‘lishguncha birga bo‘ldim. Shundan keyin shayx Roziyyuddin ar-Rahbiy bilan
o‘tiraman va kasallarga qanday tashxis qo‘yishini, kasallarning umumiy holatini 
tavsiflashini va ularga yozadigan muolaja usullarini ko‘raman hamda u bilan kasallar va 
ularni davolash usullari haqida mubohasa etaman».
Tabibning o‘z holicha muolaja etishiga ruxsat berilmasdi. Bungacha u mamlakatning 
katta tabiblari oldida imtihondan o‘tadi, shahodatnoma olishni ko‘zlagan fani bo‘yicha 
risola taqdim etadi (bu risolada o‘zi yozgan asar yoki katta tib olimlari yozgan narsalarga 
sharh va izohlar bo‘lishi kerak). Va bular to‘g‘risida imtihon bo‘lib, fanga taalluqli hamma 
narsa so‘raladi. Ularga yaxshi javob bersagina, katta tabiblar tomonidan tabobat bilan 
shug‘ullanishga ruxsat beriladi. 
931 milodiy (319 hijriy) yilda Xalifa Muqtadir zamonida ayrim tabiblarning xatosi 
tufayli bir odam vafot etadi. Shunda xalifa Bag‘dodning hamma tabiblarini qaytadan 
imtihon qilishga buyruq beradi. Ularni Bag‘dodning bosh tabibi Sinon ibn Sobit imtihon 
qiladi. Bag‘dodning o‘zida imtihon qilingan tabiblarning soni sakkiz yuz oltmish to‘rttaga 
yetadi. Bunga imtihon qilinmagan mashhur tabiblar, xalifa, vuzaro va umaroning 
tabiblari kirmaydi. 
Shuni aytishni ham unutmaslik kerakki, hamma shifoxonalarda tibbiyotga oid va tabib 
hamda talabalarga kerakli boshqa kitoblar bilan to‘la kutubxonalar mavjud edi. 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish