Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
57
tavsiflaydi. Yana u yerda ruhiy xastalar uchun alohida bo‘lim bo‘lib, unda jinnilar bog‘lab 
qo‘yilishiga qaramay, e’tibor bilan muolaja qilinar va yaxshi ovqatlantirilardi. 
Tarixchilardan birining zikr qilishicha, 831 hijriy yilda fazilat, zavq va latofat ahlidan 
bo‘lgan bir ajamiy kishi Damashqni ziyorat qilibdi. U An-Nuriy shifoxonasiga kirib, 
tabiblarining ko‘pligi, kasallarga yaxshi e’tiborni va undagi oziq-ovqat, ko‘rpa-to‘shak 
hamda hisobi yo‘q latifliklarni ko‘rgan paytda tabiblarning bilimini sinamoqchi bo‘libdi. U 
o‘zini kasalga solibdi va shifoxonada uch kun qolibdi. Tabibboshi uning kasalini aniqlash 
uchun bir necha marotaba kelibdi. Uning tomirini ushlab ko‘rgach, kasal emasligini, 
faqat tabiblarning bilimini sinash uchun kelganini bilibdi va unga totli taomlar, semiz 
tovuqlar, shirinliklar, ichimliklar va turli mevalar berishni buyuribdi. So‘ng uch kundan 
keyin unga quyidagi so‘zlar yozilgan qog‘ozni tutqazishibdi: «Bizda mehmondorchilik uch 
kundir». Ajamiy bundan o‘zining maqsadini sezib qolishganini va bu muddat ichida 
shifoxonada faqat mehmon qilishganini tushunibdi. 
Bu shifoxona o‘zining ulug‘ ishlarini 1317 hijriy yilgacha davom ettirdi. So‘ng Al-
o‘urabo shifoxonasi bino qilindi. Ushbu shifoxonaga hozir Suriya jomesining tib qulliyoti 
egalik qiladi. An-Nuriy shifoxonasi bo‘lsa, keyinchalik madrasaga aylantirildi. 
Uchinchisi – Al-Mansuriy al-Kabir shifoxonasi.
U Qolovun bemoristoni nomi bilan 
mashhur bo‘lib, oldin amirlardan birining hovlisi edi. Sulton Al-Mansur Sayfuddin 
Qolovun uni 683 hijriy (1284 melodiy) yilda shifoxonaga aylantirdi. Unga yiliga ming 
dirham foyda beradigan vaqf ajratib qo‘ydi. Shifoxonaning yoniga masjid, madrasa va 
yetimlar uchun kutubxona qurdirdi. Aytishlaricha, bularni bino qilinishining sababi, 
Sulton Al-Mansur Qolovun Az-Zohir Bibris zamonida 1275 yili Rum g‘azotiga amir 
sifatida ketayotgan paytda Damashqda kasal bo‘lib qoldi. An-Nuriy al-Kabir 
shifoxonasidan olingan dori-darmonlar bilan tabiblar uni muolaja qilishdi va u sog‘aydi. 
Otiga minib, u shifoxonani shaxsan o‘zi tomosha qildi. Undan ajab va hayratga tushib, 
agar Alloh saltanatni nasib etsa, shunga o‘xshash shifoxona qurdirishni nazr qildi. 
Vaqtiki, u sulton bo‘lganda, bu hovlini tanlab sotib oldi va uni shifoxonaga aylantirdi. Bu 
shifoxona tanzim va tartibda tillarda doston bo‘ldi. Unga kirish va naf olish erkag-u ayol, 
huru qul, boyu kambag‘al – barchaga barobar bepul edi. Undan tuzalib chiqqan 
kasallarga kiyim berildi. Vafot etganlarni shifoxona hisobidan tajhiz va takfin qilib dafn 
etildi. Unga tibbiyotning turli sohalariga qarab tabiblar tayinlandi. Shuningdek, kasallar 
xizmati uchun, ularning joylarini tozalash, kiyimlarini yuvish va hammomda 
yordamlashish uchun farrosh va xodimlar ishga olindi. Bu ish shu darajada tashkil 
qilindiki, har bir kasalning xizmatiga ikki kishi hoziru nozir edi. Har bir kasal uchun bitta 
karavot va to‘liq jihoz ajratilgandi. Kasallikning har bir turiga alohida joy belgilangandi. 
Yana tabibboshi talabalarga ta’lim berishi uchun alohida o‘rin hozirlangandi. Bundagi eng 
ajib hol shifoxonadan istifoda etish faqatgina u yerda yotganlargagina xos bo‘lmay, balki 
uyida turib muolaja istagan kishilarga ham kerakli ichimlik, taom va dori-darmonni 
berish yo‘lga qo‘yilgandi. 
Bu shifoxona o‘zining insoniy vazifasini shu darajada komil ado etdiki, unda ishlagan 
ko‘z tabiblaridan birining aytishicha, shifoxonaga kasal bo‘lib kirib, sog‘ayib chiqib 
ketganlarning har kungi soni to‘rt mingdan ziyoda edi. Undan sog‘ayib chiqqan har bir 
xastaga kiyim-kechak va shifoxonadan chiqa solib og‘ir ishlarni qilishga majbur 
bo‘lmasin, deya nafaqasi uchun bir miqdor mablag‘ berilardi. 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish