“Tishlaringizni misvok bilan tozalab yuringlar va
tozalikka odat qilinglar”, “Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmaganida edi, har
namozdan oldin misvok qilishga
(ya’ni, tish tozalishga)
buyurar edim”
,
deb ta’lim
berganlar. Janobi Rasulullohning (s.a.v.) bu ko‘rsatmalari bejizga bo‘lmagan. Misvok
tekshirib ko‘rilganda, unda ko‘plab foydali va xushbo‘y moddalar borligi aniqlandi.
Vaholanki, hozirgi zamonaviy tish cho‘tkalari g‘arbda 1806 yildan urfga kira boshlagan.
Musulmonlar kuniga bir necha marta yuvinib, tozalanadilar. Haftasiga albatta
hammomda yoki uylarida g‘usl qiladilar. Kiyimlarini, hovli-joylarini, ibodat o‘rinlarini toza
tutadilar. Chunki bu – Islomning talabi. Islom esa – tozalik dini, nazofat dini, pokizalik
esa – dinning yarmidir.
Musulmonlar tozalik haqida ana shunday bosh qotirib yurishganida, Ovro‘pada kishilar
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com
kutubxonasi
60
yuvinmasdan, yiliga bir marta paxtani ho‘llab artinishgan, cho‘qintirish paytidagi maxsus
“vaftiz” suvining ta’siri ketib qolmasin, deb suvdan seskanishgan. Hattoki, mashhur
Versal saroyida umuman hojatxona bo‘lmagan. O’rta asrlar Frantssiyasida saroy va
teatrlarning birortasida hojatxona bo‘lmagan bir paytda Istanbulda 1400 ga yaqin
shunday joy bo‘lgan.
O’sha paytlarda Ovro‘pada oqar suvda, hammomlarda yuvinish nimaligini bilishmasdi.
Ammo shu davrda Markaziy Osiyoga safar qilgan sayyohlardan biri Samarqand shahriga
shunday ta’rif bergandi:
“Shaharda karvonsaroylar ikkita, mashhur hammomlar uchta
bo‘lgan. Ulardan ikkitasi “Xo‘ja Ahror hammomlari”, uchinchisi esa Hammomi Miriy, deb
atalgan”
. 1558 yili Buxoroga safar qilgan ingliz sayyohi va tarixchisi Antokiy Jenkinson
o‘z xotiralarida shunday deb yozgan:
“23 dekabrda Baqtriya yeridagi Buxoro shahriga
keldik. Shahar juda katta, uylarning ko‘pi loydan qilingan, ammo shaharda tosh uylar,
shohona qurilgan va oltin suvi bilan naqshlangan masjid-madrasalar hamda minoralar
ham ko‘p. Ayniqsa, hammomlar shunaqangi ko‘rkam qurilganki, dunyoda bunaqasini
uchratmagandim. Ularni ta’riflashga ancha vaqt ketadi”.
O’n oltinchi asrda Xollandiya elchisi Baron de Busbek Usmoniylar mamlakatiga
safaridan so‘ng shunday degan ekan: “E, bu odamlarning kasal bo‘lishi aniq. Baliqlar
kabi suvda “shalop-shulup” qilib yuvinishadi. Shunchalar ham ko‘p yuvinish mumkinmi?”
Hammomlarni qo‘yaturaylik, Usmonli saltanat shaharlarida bizdagi sardobalarga
o‘xshash, har biri san’at darajasiga ko‘tarilgan yuzlab chashmalar (zamonaviy
tahoratxonalar) bo‘lgan.
Ibrohim Rafiqning “Tarix shuuri” kitobida yozilishicha, Valiy laqabli Boyazid ikkinchi
hukmronligi davrida Istanbulga Maskov knyazining Mixail Plachnet ismli elchisi tashrif
buyurgan. Undan yoqimsiz hid anqib turgani sababli uni yuvintirish uchun hammomga
olib borishgan. Umrida hammomni ko‘rmagan elchi yuvinishga, ich kiyimlarini
almashtirishga ko‘nikolmay, hammomdan qochib chiqqan va tezda Istanbulni tark etgan.
1600 yillarda Ispaniya inkvizitsiyasi musulmonlarni ommaviy qirg‘in qilgani tarixdan
ma’lum. g‘arb tadqiqotchilarining kundaliklarida yozilishicha, johil hukmdorlar musulmon
ispanlarni tozaligiga, qo‘ltiq osti mo‘ylarining olinganiga qarab, nasroniylardan ajratib
qatl qilgan ekan.
Musulmonlar nafaqat tozalikda, kiyinish, ovqatlanish madaniyati sohasida ham
ovro‘paliklarga o‘rnak bo‘lishgan. Birgina ovqatlanish xususida Payg‘ambarimiz sollallohu
alayhi vasallamdan o‘nlab hadislar vorid bo‘lgan. U zoti bobarakot ummatni ko‘p taom
yeyishdan qaytarganlar. Buning zararlari va oqibatlarini bugungi kunda hozirgi tibbiyot
fani ham, odamlar ham yaxshi tushunib qolishdi.
Payg‘ambar alayhissalom kechqurun yotishdan oldin suv va taom solingan idishlar
ustini yopishni, siniq, darz, labi uchgan idishlarni ishlatmaslikni buyurganlar. O’sha
joylarda turli zararli narsalar (mikroblar) bo‘lishini hali zarrabin (mikroskop) kashf
etilmasdan o‘n to‘rt asr avvaldan ko‘ra bilganlar. U zot ovqat oldidan va keyin qo‘l
yuvish, ovqatga puflamaslik, xotirjam, o‘tirib ovqatlanish, taomni issig‘icha iste’mol
qilmaslikka ham targ‘ib qilganlarki, bularning hammasida ham hikmat bor.
Vaholanki, g‘arbda ovqatlanish sohasidagi madaniyat juda orqada edi. Birgina misol
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |