1Билет
Вояга етмаганлар ва ёшлар жиноятчилигининг содир этилишига имконият яратувчи сабаблар ва омиллари нималардан иборат?
2 Уюшган жиноятчиликда жиноятчи шахсларнинг криминологик тавсифи ва уларни таснифлаш ҳақида маълумот беринг?
Kazus . A.ismli shaxs B.ismli shaxsning shaxsiyatiga teguvchi turli uydurma gaplarni tarqatishi natijasida A. Ismli shaxsning obro'yiga zarar yetadi va buning natijasida A. Ismli shaxsning bu qilmishlaridan norozi bo'lgan B. A.ismli shaxsni urib hayoti uchun xavfli bo'lgan og'ir tan jarohati yetkazadi.
Topshiriq.. 1.Ushbu hodisada kriminalogiya fani o'rganishi nazarda tutilgan prinsiplarini aniq asoslab bering
Билет
1 Уюшган жиноятчиликнинг сабаблари ва уни вужудга келтирувчи шарт-шароитлар ва бу борадаги таълимотлар.
2 13.Жиноятчиликнинг олдини олиш тушунчаси ва унинг чоралари ҳақида тушунтиринг.
Kazus. Voyaga yetmagan A.ismli shaxs 22-sonli o'rta ta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi o'z sinfdoshi B.ismli o'quvchining sumkasidan 1.5 millionni tashkil etuvchi uyali telefonini yashirin ravishda o'g'irlaydi. Ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar u o'z ota-onasiga uyali telefon sotib olib berishini so'ragan, lekin ulardan rad javobini eshitgan.
Topshiriq. 1. Ushbu hodisada A.ismli shaxsga ushbu jinoyatni sodir etishga asos bo'lgan sabab va shart-sharoitlarni yoritib bering. 2. Yuqoridagi jinoyatda kriminalogiya predmetini belgilang.
Билет 1.Жиноятчилиликнинг якка тартибдаги олдини олиш чоралари ҳақида ?
2.Детерминация тушунчаси ва унинг турларини айтиб беринг?
Kazus. Namangan shahar Boburshox ko'chasi 3-uyda yashovchi fuqaro A. 2000yil 10-yanvar kuni Namangan viloyati JIB sudi tomonidan o'ta xavfli retsidivist deb topilgan va sodir etgan odam o'ldirish jinoyati uchun 21 yilga ozodlik mahrum qilish jazosiga hukm qilingan. Jazoni o'tab chiqqandan so'ng A. Ismli shaxs yashash joyiga keladi va ma'lum muddatda u takroran insonlarning hayotiga tajovuzni amalga oshiradi.
Topshiriq. 1. Ushbu vaziyatda keltirilgan kriminalogiya fani o'rganadigan predmetlarini muhokama qiling. 2. A.ismli shaxsning jinoyatni sodir etishi uchun sabab bo'gan shart-sharoitlarni muhokama qiling.
4 Билет
1.Жиноятчилик сабаблари ва уни вужудга келтирувчи шарт-шароитлар нимлардан иборат?
2 Жиноятчиликнинг олдини олиш тушунчаси ва унинг чоралари ҳақида тушунтиринг.
kazus. 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab direktori A.ismli shaxs xo'jalik ishlari bo'yicha direktor yordamchisi bo'lgan B.ismli shaxs bilan oldindan jinoiy til biriktirib maktab fondiga kelib tushgan 50 tonna( har bir tonnasining chakana narxi 860 ming so'.mni tashkil etuvchi) ko'mirning 30 tonnasini o'lashtirish yo'li bilan talon taroj qilishgan.
Topshiriq. 1. Ushbu jinoyatni sodir etishga sabab bo'lgan shart-sharoitlarni aniqlang. 2. Shunday turdagi jinoyatlarni oldini olish uchun qanday chora tadbirlar ko'rilishi lozim.?
5 Билет 1 Жиноятчилик сабаблари ва уни вужудга келтирувчи шарт-шароитлар нимлардан иборат
2.Детерминация тушунчаси ва унинг турларини айтиб беринг?
kazus. Muqaddam o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etgan va sud tomonidan o'ta xavfli retsidivist deb topilgan A.ismli shaxs kechki soat 22:00 lar chamasida yashash hududini tark etib Namangan shahar Navoiy ko'chasi piyoda yo'lakchasidan harakatlanib borayotgan fuqaro B.ning qo'lidagi chakana narxi 500 ming so'mni tashkil qiluvchi sumkasi ichida bo'lgan 2 mln so'm pulni unga zorlik ishlatish yo'li bilan uni ochiqdan ochiq talon taroj qiladi. Ko'rilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida A ismli shaxs aniqlanadi va u egallab olgan jinoyat predmeti ashyoviy dalil sifatida olib qo'yiladi.
Topshiriq.1. Ushbu jinoyatning determinantini aniqlang. 2. A.ismli shaxsning jinoyatini oldini olish mumkin bo'lgan usul va vositalar haqida tushuncha bering.
6 Билет
1 Вояга етмаган ва ёшлар жиноятчилигида жиноятчи шахси ва унинг тавсифини таҳлил этинг.
2 Уюшган жиноятчиликнинг сабаблари ва уни вужудга келтирувчи шарт-шароитлар ва бу борадаги таълимотлар.
kazus. A.ismli shaxs bir nechta jinoiy guruhdan tashkil topgan jinoiy uyushma tuzib fuqarolarning mulkini tovlamachilik yo'li bilan egallash haqida ular bilan o'zaro kelishuvga ega bo'ladi. A.ning jinoiy toshirig'iga binoan 1-gyryh a'zolari bevosita jinoyatni sodir etish rejalarini tuzish va faoliyatini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. 2-guruh a'zolari tovlamachilik jinoyatini bajarish vazifasini amalga oshiradi 3-guruhga esa jinoiy daromadlarni legallashtirish maqsadida birjalardan arzon narxlarda ko'chmas mulklarni sotib olish vazifasi yuklatiladi.
Topshiriq. 1. Ushbu jinoyat hodisasining determinantini aniqlang. 2. Jinoi uyushma tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni oldini olishning usullarini yoritib bering.
7 Билет
1Жиноятчиликнинг умумий ва махсус олдини олиш чоралари ҳақида тўхталинг.
2.Жиноятчи шахси тушунчаси ва белгилари нималардан иборат?
kazus.B. ismli shaxs ichki ishlar organlariga murojat qilib 1 hafta oldin opasi uning uyida o'g'il farzand dunyoga keltirgani va farzandini salafan haltaga o'rab xojatxona uchun kovlangan o'raga tashlaganligi to'g'risida murojat qiladi. B ismli shaxsning IIB ga murojatidan so'ng u ta'kidlab o'tgan joydan chaqaloq jasadi topilgan.
Topshiriq. 1. Ushbu jarayonda kriminalogiya predmetini aniqlang. 2. Ushbu jinoyatning kriminalogik determinantini aniqlang. 3. Jinoyatni sodir etgan shaxsning hususiyatini aniqlang.
8 Билет
1.Коррупция жиноятчилигининг сабабларини таҳлил қилинг
2 Вояга етмаганлар ва ёшлар жиноятчилиги тушунчаси турлари ҳақида маълумот беринг?
kazus. Namangan shaxridagi 20-maktabning A.ismli 8-sinf o'quvchisi B.ismli sinfdoshini qattiq haqorat qilishi natijasida B.ismli shaxs o'zining cho'ntagida doimiy olib yuradigan kaslet bilan A.ismli shaxsni orqa miya qismiga hayot uchun xavfli bo'lgan ochiq tan jaroxati yetkazadi.
Topshiriq. 1. Ushbu jinoyatning kriminologik determinantini aniqlang. 2. B.ismli shaxsning shaxsiyatini yoritib bering. 3.Jabirlanuvchi A.ismi shaxsning holatini muhokama qiling.
9 Билет
1.Коррупция жиноятчилигининг криминологик тавсифи, унинг динамикасини таҳлил қилинг.
2.Ўзбекистон Республикасида жиноятчиликнинг олдини олишдаги қонун ҳужжатлари ҳақида баён этинг.
kazus. Tibbiy reabilitatsiya markazi direktori A.ismli shaxs
moddiy javobgar shaxslar : B.ismli ta'minotchi va V.ismli ombor mudiri, shuningdek bugalter G.ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib audit tekshiruvining vaqtida o'tkazilganidan foydalangan holda ularning tasarrufi va hisobotida bo'lgan moddiy qimmatliklarni doimiy ravishda talon-taroj qilib kelishgan. Natijada, ombor mudiri V.ismli shaxsning hisobotida 175 mln so'mlik kamomat yuzaga keladi.
Topshiriq.1. Ushbu jinoiy hodisaning kriminologik determinantini aniqlang.2. Jinoyat subyektlarining shaxsiyati haqida ma'lumot bering.
10 Билет
1 Криминология фани тушунчаси ва унинг предметига доир масалалар нималардан иборат?
2 Латент жиноятчилик тушунчаси ва унинг турлари ҳақида маълумот беринг?
kazus. Ruxiy kasalliklar shifoxonasida sanitar lavozimida ishlagan A.ismli shaxs aqli noraso deb topilgan shizofreniya hastaligi yuzasidan davolanayotgan ayol jinsiga mansub bo'lgab B.ismli shaxsni u bilan jinsiy munosabatda bo'ladi.
Topshiriq.1 Ushbu jinoyat hodisasini kriminalogik jixatdan tasniflang. 2. Ro'y bergan hodisada A.ismli shaxs hatti harakatlarida zo'ravonlik belgilari mavjudmi. 3. Ushbu jinoiy hodisa subyektining shaxsiyatini tushuntiring.
11Билет
1 .Жиноятчиликнинг олдини олишни махсус ва умумий субъектлар фаолиятини таҳлил қилинг
2. Криминология фани тизими ва вазифалари ҳақида маълумот беринг?
kazus. Fargʻona azot ishlab chiqarish birlashmasining 6 chi sexida payvandlash ishlarini olib borish jarayonida u yerda mavjud boʻlgan kimyoviy moddalarni oʻzaro reaksiyaga kirish jarayonida portlash yuzaga kelgan. Natijada havoga zaharli moddalar tarqalgan. Undan zaharlangan ishchilardan 17 nafari hodisa joyida halok boʻlgan.
Topshiriq: Ushbu hodisani roʻy berish sabablari va sodir etilishiga imkoniyat bergan shart-sharoitlarni aniqlang.
12 Билет
1Жиноячиликнинг олдини олиш субъектлари фаолияти нималардан иборат
2Турдош фанлар тизимида криминологиянинг ўрни қандай
kazus. Namangan shaxrida joylashgan 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi A. Ismli shaxs Namangan shahar Boburshox ko'chasining piyodalar yo'lakchasida ketayotgan B.ismli shaxsni turtib ketishi natijasida ular o'rtasida nizo kelib chiqadi. Natijada B.ismli voyaga yetmagan shaxs A. ismli shaxsning yuziga 1 musht tushiradi. B.ismli shaxsdan o'ch olish maqsadida A.ismli shaxs ushbu vaziyat haqida sinfdoshlariga xabar beradi. Shunda sinfdoshlar o'rtasida obro'ga ega bo'lgan V.ismli shaxs qolgan sinfdoshlarga B.ismli shaxsni topishni undan o'ch olishni buyuradi va sinfdoshlar B.ismli shaxsni topib guruh bo'lib unga hayoti uchun xavfli bo'lgan tan jarohati yetkazishadi.
Topshiriq.1. Ushbu jinoyatning kriminogen determinantini aniqlang. 2. Jinoyatchilarning shaxsiyatiga baxo bering.
13 Билет
1Жиноятчилиликнинг якка тартибдаги олдини олиш чоралари ҳақида тўхталинг.
2 Криминологик фанлар методологиясини назарий жиҳатларини таҳлил этинг.
kazus. Namangan shaxar Boburshox ko'chasida yashovchi A.ismi shaxsning turmush o'rtog'i bo'lmish B.ismli shaxs surunkasiga eriga hech qayerda ishlamasligini va moddiy jihatdan ta'minlay olmayotganini ro'kach qilib keladi. Natijada, A.ismli shaxs turmush o'rtog'i B.ning kamsitishlariga chiday olmasdan stol ustida turgan oshxona pichog'i bilan uning qorin qismiga uradi va hayot uchun xavfli bo'lgan tan jarohati yetkazadi.
Topshiriq. 1.Yuqorida A.ismli shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatning determinantini aniqlang.2. Jinoyatning sodir etilishi uchun sabab bo'lgan shart-sharoitlarni belgilang.
14 Билет
1.Жиноятчиликнинг умумий ва махсус олдини олиш чоралари ҳақида тўхталинг.
2 .Жиноятчилик ва унинг белгиларини таҳлил қилинг
kazus. Andijon shahar, O'zbegim ko'chasi 10-uyda yashovchi A.ismli shaxs, surunkali ravishda spirtli ichimlik ichishga moyil bo'lib qolishi natijasida har kuni turmush o'rtog'i bo'lmish B.ismli shaxsni mutassil ravishda kaltaklaydi. Uning bu azoblaridan qutulish maqsadida B.ismli shaxs o'z erining hayotiga tajovuz qiladi.
Topshiriq.1. Ushbu jinoyatning sodir etilishiga sabab bo'luvchi shart-sharoitlarni muhokama qiling. 2. Oilada sodir etilayotgan jinoyatlar turlariga qaysilarni misol qilib olsak bo'ladi.3. Oilada sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirish zarur.
15 Билет
1 Жиноятчиликнинг олдини олиш тушунчаси ва унинг чоралари ҳақида тушунтиринг.
2 Оилада содир этиладиган жиноятларда жиноятчи шахснинг криминологик тавсифи ҳақида нималарни биласиз?
kazus. Namangan shahri, Boburshox ko'chasida yashovchi A.ismli shaxs surunkali ravishda narkotik vositalarini iste'mol qilib keladi. Narkotik vositalarini sotib olish uchun onasidan pul talab qiladi va onasidan tegishli pulni olaolmagandan keyin uning o'ng yuziga musht tushiradi. Bu hodisani ko'rgan A.ismli shaxsning ukasi V.ismi shaxs oshxonada turgan osh pichog'i bilan akasi bo'lmish A.ismli shaxsning orqa kurak qismiga uradi va tan jarohati yetkazadi. O'tkazilgan sudga oid ekspertiza xulosasiga binoan o'z onasiga zo'ravonlik ishlatgan A.ismli shaxs hayoti uchun xavfli tan jarohati olgan deb topiladi.
Topshiriq. 1. Ushbu jinoyat hodisasining sababini aniqlang. 2. Sodir etilgan jinoyatning shart sharoitlarini tushuntiring. 3. Bugungi kunda oilada sodir etilayotgan jinoyatlarning eng ko'pini qanday turdagi jinoyatlar tashkil qiladi?
16 Билет
1.Жиноятчи шахсининг ҳуқуқбузар шахсдан фарқи? Жиноятчиларни таснифланг.
2 Зўрлик ишлатиб содир этиладиган жиноятчилик тушунчаси ва турлари ҳақида маълумот беринг?
kazus. A va B ismli shaxslar birgalikda tadbirkorlik faoliyati yuritish haqida oldindan kelishib olishgan. Ushbu tadbirlorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida A.ismli shaxs Tadbirkorlik bankidan 520 mln so'm kredit olgan va sherigi bo'lmish B.ismli shaxsning uchastkasini garovga qo'yishgan. Ushbu shaxslar tadbirkorlik faoliyatini boshlagandan so'ng ma'lum muddatdan keyin A.ismli shaxs B.ismli shaxsga tovarla Qozog'istonda musodara qilinganligini aytganda A.va B ismli shaxslar o'rtasida nizo kelib chiqadi. Olingan kredit vaqtida qaytarilmaganligi uchun garovga qo'yilgan B.ismli shaxsning uchastkasi ijroga qaratiladi. Bundan norozi bo'lgan B.ismi shhaxs sherigi bo'lmish A.ismli shaxsga moddiy zararni to'lashini talab qilganda A.ismli shaxs uning hozirgi paytda qarzni to'lash uchun hech qanday moddiy imkoni yo'qligini vaj qilib ko'rsatadi. Moddiy zarar qoplanmagach B.ismli shaxs A.ismli shaxsni o'ldiradi.
Topshiriq. 1. Ushbu jinoiy hodisaning determinantini aniqlang. 2. Ushbu jinoyatni sodir etish subyektlari qanday kriminalogik belgilarga ega ekanligini muhokama qiling.
17Билет
1.Жиноятчилик сабаблари ва уни вужудга келтирувчи шарт-шароитлар нимлардан иборат?
2 Криминологик фанлар методологиясини назарий жиҳатларини таҳлил этинг.
kazus. ''Yulduz'' fermer xo'jaligi raxbari bo'lmish A.ismli shaxs o'ziga qarashli bo'lgan yerning ma'lum qismini o'z tanishi bo'lmish B.ismli shaxsga piyoz maxsulotini yetishtirish uchun og'zaki shartmoma asosida taqdim qiladi. B.ismli shaxs piyoz yetishtirish jarayonida unga tushgan zararkunandalarni bartaraf etush maqsadida o'ta zararli bo'lgan ''FUZULA'' kimyoviy moddasini sepishi natijasida shu hududda o'tlab yurgan G.ismli shaxsning chorva moli halok bo'ladi.
Topshiriq. 1.Ushbu jinoiy hodisaning ro'y berish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlang. 2. Ekologiya sohasida sodir etilayotgan qanday turdagi jinoyatlarni bilasiz. 3. Ekologiya sohasida sodir etilayoygan jinoyatlarni oldini olish uchun qanday chora tadbirlar amalga oshirilishi zarur?
18 Билет
1Криминология фани тизими ва вазифалари ҳақида маълумот беринг?
2 .Жиноятчиликнинг олдини олишни махсус ва умумий субъектлар фаолиятини таҳлил қилинг.
kazus. Kimyo sanoatida faoliyat yurituvchi Farg'ona azot korxonasi da o'tkazilgan tekshiruv natijalariga ko'ra ushbu korxonadan havoga chiqariladigan zaharli moddalar natijasida ushbu korxonaning atrofidagi 5 km lik masofada joylashgan axolining barchasi bo'g'ma kasalligiga chalinganligi aniqlandi.
Topshiriq. 1. Ushbu hodisaga kriminalogik jihatdan tavsif bering.2. Ushbu hodisaning sababi va unga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlang.
19 Билет
Вояга етмаганлар ва ёшлар жиноятчилигининг содир этилишига имконият яратувчи сабаблар ва омиллари нималардан иборат?
2 Уюшган жиноятчиликда жиноятчи шахсларнинг криминологик тавсифи ва уларни таснифлаш ҳақида маълумот беринг?
Kazus . A.ismli shaxs B.ismli shaxsning shaxsiyatiga teguvchi turli uydurma gaplarni tarqatishi natijasida A. Ismli shaxsning obro'yiga zarar yetadi va buning natijasida A. Ismli shaxsning bu qilmishlaridan norozi bo'lgan B. A.ismli shaxsni urib hayoti uchun xavfli bo'lgan og'ir tan jarohati yetkazadi.
Topshiriq.. 1.Ushbu hodisada kriminalogiya fani o'rganishi nazarda tutilgan prinsiplarini aniq asoslab bering
Билет
Do'stlaringiz bilan baham: |