www.ziyouz.com
kutubxonasi
62
Ahmad al-Farg‘oniyning asosiy falakshunoslik asari “Samoviy harakatlar va umumiy
ilmi nujum kitobi” XII asrda boshqa Ovro‘pa tillariga tarjima qilinib, “Alfraganus” degan
lotincha nom bilan g‘arb universitetlarida bir necha asr mobaynida astronomiyadan
asosiy darslik sifatida o‘qitilgan. Yana bir olim Abu Nasr Forobiy g‘arbda “Sharq Arastusi”
nomi bilan mashhur bo‘lgan va uni Arastu (Aristotel)dan keyingi “Ikkinchi muallim” deb
atashgan.
O’rta asr Islom hazorasining ulug‘ namoyondasi, mashhur o‘zbek qomusiy olimi Abu
Rayhon Beruniyning ilm-fan sohasidagi xizmatlarini sanab tugatish qiyin. Bejizga o‘zbek
shoiri “Kolumbda bor alamim manim” deb yozmagan, Beruniy Xristofor Kolumbdan
ancha avval ummon ortida noma’lum qit’a borligini aytgan. Alloma Galileydan 600 yil
avval Yerning aylanishini isbotlab va izohlab bergan, birinchi globusni yasagan, Yer bilan
Oy orasidagi masofani o‘lchagan. Kosinuslar teoremasini ham frantsuz allomasi Ventdan
besh yuz yil avval u kashf etgan. Uning “Geodeziya”, “Hindiston” “Ma’danshunoslik”,
“Saydona” asarlari o‘sha vaqtlardayoq Sharqu g‘arbda mashhur bo‘lgan. Akademik V.
Rozen: “Sharq va g‘arbning qadimgi va o‘rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida
“Hindiston”ga teng keladigan asar yo‘q”, deb yozgan bo‘lsa, o‘sha asr olimlaridan
O’qutning qayd etishicha, “Beruniyning “Ma’sud qonuni” asari matematika va
falakshunoslik bo‘yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o‘chirib yuborgan”.
Darvoqe, Beruniy sanskrit, fors, arab, ivrit, yunon kabi tillarni mukammal bilgan.
Musulmon olamining buyuk allomalaridan Abu Yusuf O’qub ibn Ishoh al-Kindiy (801-
873)ning nomi tarixning eng yorqin sahifalaridan o‘rin olgan. U Eynshteyndan bir necha
asr ilgari borliq va undagi fizik hodisalarning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surgan. U optika
sohasida birinchilardan bo‘lib asar yozgan va uning lotincha tarjimasi “La Aspectus” nomi
bilan g‘arbda bu sohaning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning sonlar nazariyasiga doir
sakkizta, proporsiya va vaqt o‘lchoviga doir uchta, jami o‘n bitta asari zamonaviy
arifmetikaga asos bo‘lgan, u geometriyaning asoschisi sifatida yettita asar yozgan. Al-
Kindiy psixo-fiziologiyaning asoschisi hamdir, g‘arbda shu sohaning ilk olimlari, deb,
e’tirof etilgan Veber va Fexnerdan bir necha asr oldin ana shu fanning ilmiy asoslarini
ishlab chiqqan. Uning ma’danshunoslik va geologiyaga doir asarlari ham bor. Al-
Kindiyning xushbo‘y dorilar va kosmetikaga oid bir asarini Karl Garbers nemischaga
tarjima qilib chop ettirgan. Allomaning ilmning turli sohalarini qamragan jami 270 asari
ma’lum. g‘arb olimlaridan Jerar de Kremano, Rojer Bekon, Viteldo va yahudiy Ishoqal-
Isroiliy uni ustozlari deb bilishgan.
Dastlabki falakshunos va matematiklardan Abul Vafo nomi bilan mashhur Muhammad
ibn Yahyo al-Bo‘zjoniyning (940-998) xizmatlari ham tahsinga loyiq. U trigonometriya
faniga tangens, kotangens, sekans, kosekans istilohlarini olib kirgan, ta’rif, teorema,
formula kabi tushunchalarni qo‘llagan. Uning kashfiyotlarini Ovro‘pa yuz yillar kutishga
majbur bo‘ldi. U Ovro‘pada Batlamiusning Oy nazariyasi ustida birinchi marta tadqiqot
olib borgan Tujho Braxadan (1546-1601) naq 600 yil oldin Batlamius nazariyasini
tanqidiy o‘rganib chiqib, uning nuqsonlarini bayon qilib bergandi.
960-1039 yillarda yashab o‘tgan yana bir musulmon olimi Qutbiddin Ibnul Haysam
fizika sohasidagi ulkan kashfiyotlari bilan dunyoga tanilgan. Uning optika haqidagi bir
qancha ilmiy asarlarini jamlagan “Kitobul-manozir” (Tasvirlar kitobi) kitobi 1270 yildayoq
lotinchaga o‘girilgan, keyinchalik Olmoniya, Portugaliya, Fransada chop etildi hamda
Kopernik va Nyutonning optikaga oid asarlariga manba bo‘ldi. Olimning lotincha nomi
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |