Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
52
Ibn Jubayrning shahodati qimmatli. Chunki u rostgo‘y va omonatdorligi bilan tanilgan 
sayyoh. Ibn Jubayr madrasa va vaqflarning ko‘pligi xususida bekorga Damashqni 
xoslagani yo‘q. Haqiqatda ham uzoq tarix mobaynida talabalarni o‘ziga jazb etgan 
ma’mur Damashqda to‘rt yuzdan ziyod madrasa bor edi. Hatto, g‘arib bir talaba har 
madrasada bir kechadan tunasa, bemalol bir yilini o‘tkazardi.
Endi madrasalar uchun ajratilgan vaqflarning ko‘pligiga misollar bilan tanishing. 
Damashqdagi «Nuriyatul-kubro» madrasasiga ajratilgan vaqflar, madrasa eshigiga 
yozilishicha, quyidagilar: Bug‘doy bozoridagi mavjud barcha hammomlar, Salomat 
darvozasidan tashqaridagi ikki hammom, ularga qo‘shni hovlilar, Avniyatul-humodagi 
daraxtzor, vazirning bog‘i, Al-Arzadagi yong‘oqzorning to‘rtdan uch qismi, Al-Jobiya 
darvozasidan tashqaridagi o‘n bitta do‘kon, ularga sharqdan yondosh bo‘lgan maydon va 
Doriyodagi to‘qqizta shudgor maydon. 
Damashqdagi madrasa va masjidlar vaqflarining ko‘pligiga quyidagi misol yetarlidir. 
676 hijriy yilda vafot etgan Imom an-Navaviy hayotlarining oxirigacha Damashq 
mevalaridan yemaganlar. Chunki undagi aksar vaqf maydon va bog‘-rog‘lar zolimlar 
tomonidan tortib, o‘zlashtirib olingandi.
Movarounnahr o‘lkasida ham madrasalar nihoyatda ko‘p bo‘lgan, Ular asosan 
diyorning qadimiy mashhur shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Marv, Qo‘qon kabi 
shaharlariga joylashgan. O’sha paytlarda 150 ming aholi yashagan Samarqandda 250 
masjid va 40 madrasa bo‘lgan. Buxoroda esa 200 ming aholiga 400 masjid va 30 
madrasa to‘g‘ri kelgan. Madrasalarni boshqarish, o‘qitish jarayoni va xo‘jalik ishlariga 
shayxulislom va qozilar rahbarlik qilishgan. Har bir madrasada xo‘jalik ishlarini 
yurituvchi alohida mutavalli bo‘lgan. U vaqf yerlardan kelgan daromadlarni, ushr, sadaqa 
va ehsonlarni madrasa ehtiyojlariga taqsimlab sarflagan. 
Madrasalar xonlik va amirliklardagi davlat idoralari, boshqaruv mahkamalari, qoziyot, 
diniy muassasalar uchun turli xodimlar, maktab-madrasalar uchun muallim-mudarrislar, 
ijtimoiy-siyosiy tuzum va uning mafkurasiga xizmat qiluvchi mutaxassislarni tayyorlab 
bergan. Talabalar imtihon yoki tanlov asosida o‘qishga qabul qilingan. Mudarrislar ham 
imtihon qilingach, xon yoki beklar tomonidan tayinlangan. Mudarrislar darsdan bo‘sh 
paytlarida qozilik, muftiylik kabi davlat ishlari bilan ham shug‘ullanib turishgan. 
Bitiruvchilar olgan bilimiga yoki imtihon natijalariga qarab, mudarris, masjid imomi yoki 
qozi, muftiy, a’lam, mirzo sifatida davlat mahkamalariga yuborilgan. 
Madrasalarda uxroviy (diniy) bilimlar berishga asosiy e’tibor qaratilgan. Barcha 
mashg‘ulotlar Qur’oni karim va Sunnati nabaviyya asosida olib borilgan, arab tilining sarf 
va nahvi (grammatika va sintaksis) mukammal o‘rgatilgan. Fiqh va aqoid asosiy 
darslardan bo‘lgan. 
O’quv yurtlarida mantiq, falsafa, jug‘rofiya, aljabr va handasa, ilmi nujum kabi 
dunyoviy ilmlardan ham saboq berilgan. Talabalar yurt tarixini mustaqil o‘rganishgan. 
Fizika, tabiiyot, kimyo fanlari o‘qitilmagan, ammo o‘quvchilarga bulardan mustaqil tahsil 
olish taqiqlanmagan.


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish