18-mavzu. Kelishmovchilik, o’zgarish va stressni boshqarish.
Reja:
1.
Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari.
2.
Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar.
3.
Nizolarni boshqarshp va ularni bartaraf etish yo’llari.
4. O’zgarishlarni bоshqarish.
5.
Stress va uni boshqarshp.
6.
D. Karnega xotirjamlikka erishish to’g’risida.
7.
Donolar asabiylik haqida.
1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari
O’zbek tilining izohli lug’atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi:
“
Nizo
- bu o’zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida
tug’ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq”.
Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal haqida
o’ylaganlarida dushmanlik, qo’rqitash, bosqinchilik, tortishuv kabi noxo’shliklarni nazarda
tutishadi.
Boshqarish jarayonida nizo -
bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan
masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga
keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning ish qobiliyatini
pasaytiradi, jamoadagi “ruhiy iqlim”ni yomonlashtiradi, kadrlar qo’nimsizligini ko’paytiradi.
Shuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish, mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar
turg’unligini ta’minlovchi shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning
barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
Nizo qanday xarakterga ega bo’lmasin va u qay darajada katta bo’lmasin, barcha hollarda
nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi lozim. Rahbar
har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va ob’ektivlik bilan yetishi, tegishli xulosalar chiqarishi
kerak.
Sotsiologlar tadqiqotlarining ko’rsatishicha, “ruhiy iqlim” yaxshi bo’lgan hamda intizom
ancha yuqori bo’lgan joyda faqat iqtisodiy ko’rsatkichlar yuksak emas, balki nizolar ham anchagina
kam, xodimlarning o’z mehnatidan katta qoniqish olayotgani ko’zga tashlanib turadi. Xodimlar
noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning ba’zi jihatlarini yaxshilash, bu bilan mehnat
unumdorligini oshirish istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo’lishi mumkin.
Jamoa a’zolarining printsipialligi hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi
jamoaning yuksak faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:
• mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklarni;
• haq to’lashning takomillashtirilmagani;
• yomon mehnat sharoitlarini;
• mehnat haqidagi qonunlarni buzishni;
• rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;
• o’zaro munosabatdar madaniyatining past saviyasini va hokazolarni ko’rsatish mumkin.
Jamoa a’zolari orasida nizolarning ko’pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo’ladi (39-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |